18-mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularga tas’ir qiluvchi omillar
-jadval Qimmatli qog‘ozlar daromadliligi solishtirmasi
Download 0.57 Mb.
|
MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI
6-jadval Qimmatli qog‘ozlar daromadliligi solishtirmasi (%)
Foiz stavkalari qimmatli qog‘ozlar egasi oldida emitentning shartno-maviy javobgarligi hisoblanib, belgilangan daromadli instrument (vosi-ta)lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Biroq, hamma aktivlarga ham ma’lum bir daromadlilik stavkasi xos emas. Misol uchun, agar Siz ko‘chmas mulkka, aksiyalar va san’at asarlariga kapitalni investitsiya qilayotgan bo‘lsangiz, kelajakda Sizga hech qanday to‘lovlar kafolatlanmaydi. Endi, keling, shu turdagi riskli aktivlar bo‘yicha daro-madlilik stavkasi qanday o‘lchanishini ko‘rib chiqaylik. Agar Siz qandaydir ulushbay qimmatli qog‘ozlarga, misol uchun oddiy aksiyalarga mablag‘ingizni investitsiya qilgan bo‘lsangiz, Sizning qo‘ygan kapitalingizga daromad ikki manbadan tushadi. Birinchisi - mazkur qimmatli qog‘ozlar emitent-firmasi aksionerlarga pul ko‘rinishida to‘laydigan dividendlar. Mazkur dividend to‘lovlari shartnomada kelti-rilmaydi va shunga ko‘ra, ularni foizli to‘lovlar deb bo‘lmaydi. Divi-dendlar firma direktorlar kengashining ixtiyoriga ko‘ra to‘lanadi. Aksiyador aksiyalarga egalik qilgan vaqt mobaynida aksiya bozor kur-sining o‘sishi aksiya egasi tomonidan kiritilgan kapitalning ikkinchi daromad manbai hisoblanadi. Mazkur turdagi daromadni kapitalning o‘sishi deb . Agar aksiya egasi kursning tushishi tufayli zarar ko‘rayotgan bo‘lsa, bu narsa kapitalning yo‘qotilishi deyiladi. Qo‘yilgan kapital daromadini aniqlash uchun aksiyalarga egalik qilish davomiyligi bir kundan bir necha o‘n yillikkacha bo‘lishi mumkin. Misol. Investitsiya qilingan kapitalning daromadlilik darajasini hisoblab ko‘rish uchun, faraz qilaylik, Siz aksiyalarni bir donasini 10,0 ming so‘mdan sotib oldingiz. Bir kundan keyin mazkur aksiyalarning kursi 10,1 ming so‘mga o‘sdi va Siz ularni sotdingiz. Bir kunda Sizning qo‘yilgan kapital daromadlilik stavkangiz 1% ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich bir dona aksiyaga kapitalning o‘sish ko‘rsatkichi 100 so‘mning sotib olingan aksiya narxiga 10,0 ming so‘m nisbati orqali aniqlanadi. Endi tasavvur qiling, Siz sotib olingan aksiyalarga bir yil davomida egalik qilmoqdasiz. Yil oxirida aksiyalar bo‘yicha bir aksiyaga 500 so‘m miqdoridagi dividend to‘landi va aksiyaning bahosi 10,5 ming so‘m bo‘ldi. Shunday qilib, bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi (Kd), quyidagini tashkil etdi: Kd = (ABdo - ABb + PD) : AbbDownload 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling