18-Mavzu: Oraliq birikma va kardan uzatmalari konstruksiyasi Reja


Download 324.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi324.89 Kb.
#1335939
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-mavzu

121-rasm. Kardanli uzatma. 
 
Kardanli uzatmaning tuzilishi. ZIL-130 avtomobilining kardanli uzatmasi (123-rasm.) 
bir-biri bilan biriktirilgan oraliq (1) va asosiy (6) kardanli vallardan iborat. Oraliq val, metall 
kronshteyni (4) bo'lgan rezina halqa (10) bilan hamrab turiladigan zoldirli podshipnikdan (11) 
tashkil topgan oraliq tayanchga (3) tayanib turadi. Oraliq valning oldingi uchiga kardanli 
sharairning ayrisi payvandlangan, uning ikkinchi uchi esa shlitsali vtulka (2) ko'rinishida 
tayyorlangan bo'lib, unga asosiy val ulangan kardanli sharnir ayrisining (9) shlitsali uchi 
kiritilgan. Oraliq va asosiy kardanli vallarni o'zaro sirpanadigan qilib biriktirilganligi tufayli 
ularning umumiy uzunligi, yetaklovchi ko'priklarni notekis yo'llardagi vertikal ko'chishlarida 
bemalol o'zgarishi mumkin. 
Kardan sharnirlari - quloqchalarida turumi va ninali podshipnigi (5) bo'lgan krestovina 
(8) o'rnatilgan ikkita ayridan (9) iborat. Har bir podshipnik ichida po'lat ninalari bo'lgan po'lat 
stakandan tashkil topgan bo'lib, ular ayrini quloqchalariga qopqoq, to'xtatkich plastina va ikkita 
bolt yordamida mahkamlangan. Ninali podshipniklar krestovinadagi kanallar bo'yicha zich-
moydon (7) orqali moy yuborib moylanadi. Ayrilardagi tores zichlagichlar va o'zi 
harakatlanuvchi rezina salniklar podshipnik ichidagi moyning chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. 
Kardan vallar yupqa devorli po'lat quvurlardan tayyorlanadi va ularning uchlariga 
ayrilarning quyruqlari zichlab kiritiladi hamda payvandlab qo'yiladi. Yig'ilgandan so'ng kardan 


vallari kardanli uzatma ishlaganda hosil bo'ladigan titrashlarni kamaytirish maqsadida 
balansirlanadi (muvozanatlanadi). 
 
Kardanli uzatmaning konstruktsiyasi. 
 
Avtomobillarda uzatmalar qutisidan yetakchi ko‘prikning asosiy uzatmasiga burovchi 
momentni uzatish uchun burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardani sharnirlarga ega bo‘lgan bir 
yoki ikki vali kardani uzatmalardan foydalaniladi. Bunday kardani uzatmalar konstruksiyasi 
bo‘yicha bir – biriga o‘xshash bo‘lib, eng katta burchak tezliklarda harakatlanganda ham uncha 
katta bo‘lmagan burama tabranishkarsiz ravon aylaish lozim.
Agar avtomobilda bitta kardanli uzatma o‘rnatilsa kardanning old tomoniga biriktirilgan 
vilka (1 va 2) kardanli sharnirning bitta vilka uzatmalar qutisining ikklamchi vilkasi shlitsli 
uchlik (5)ga payvandlangan. Shlitsli uchlik kardarning shlitsli vtulksi (4)ga kiritib, o‘q bo‘ylab 
siljuvchi birikma hosil qiladi. Shlitsli vtulka kardan vali (8)ning old qismiga, valning orqa uchi 
esa kardan valning old qismiga va valning orqa uchi esa shu kardan sharnirning vilkasi (9)ga 
payvandlangan. Rezinadan tayyorlangan g‘ilop (7) shlitsli birikmani tashqi muhitdan kiradigan 
iflos zarrachalardan saqlaydi. 

Download 324.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling