18-mavzu. Radiatsion xavfli obyektlardagi avariyalar. Radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar


Download 16.4 Kb.
bet1/6
Sana19.10.2023
Hajmi16.4 Kb.
#1709376
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Radiatsion xavfli obyektlardagi avariyalar Radioaktiv moddalar va

Radiatsion xavfli obyektlardagi avariyalar. Radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar

Reja:

  • Reja:
  • 1 Radiatsion xavfli obyektlar;
  • 2.Radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar.

1.Radiatsion xavfli obyektlar.

  • 1.Radiatsion xavfli obyektlar.
  • Radioaktiv moddalar bilan ionli nurlanish manbalari hozirgi paytda ilm-fan va iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilmoqda. Atom texnikasining rivojlanishi o‘zida katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan birga insoniyatga katta xavf tug‘dirmoqda. Atom stansiyalaridagi avariyalar shundan dalolatdir. Atom qurilmalaridan muz yorar, suv osti kemalarda, kreyserlarda, va kosmik apparatlarda foydalanilmoqda.
  • Yadro materiallarini tashish, saqlash va qayta ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ishlarning bajarilishi atrof-muhitda, odamlar, hayvonlar, o‘simliklarda radioaktiv zaharlanish xavfini tug‘diradi.
  • Radiatsion avariyalar 3 turga bo‘linadi:
  • lokal – radiatsion xavfli obyektda ish faoliyatining buzilishi natijasida radioaktiv mahsulotlar tashqariga chiqmagan holda ionlovchi nurlanish jihozning belgilangan chegarasidan tashqariga chiqmaydi, texnologik tizim, bino va inshootlar zarar yetmagan bir meyorda foydalanishda belgilangan talablar asosida faoliyat ko‘rsatadi;

mahalliy – radiatsion xavfli obyekt ish faoliyati buzilishi natijsida, radioaktiv moddalarni ushbu korxonaga belgilangan meyordan sanitar – himoya zonasidan tashqariga chiqishi;

  • mahalliy – radiatsion xavfli obyekt ish faoliyati buzilishi natijsida, radioaktiv moddalarni ushbu korxonaga belgilangan meyordan sanitar – himoya zonasidan tashqariga chiqishi;
  • umumiy – radiatsion xavfli obyekt ish faoliyati buzilishi natijsida radioaktiv moddalarni sanitar himoya zonasidan tashqariga chiqishi atrofdagi hududni zaharlashi va istiqomat qilayotgan aholini belgilangan meyordagidan ortiq nurlanishiga olib kelishi.
  • Radiatsion xavfli obyektlarga quyidagilar kiradi:
  • atom elektrostansiyalari;
  • yadro yonilg‘ilarini ishlab chiqaruvchi korxonalar;
  • yoqilg‘ini qayta ishlash va radioaktiv chiqindilarni ko‘mish korxonalari;
  • yadro reaktorlariga ega bo‘lgan ilmiy izlanish va loyihalash tashkilotlari;
  • transportlardagi yadro energetik qurilmalari.

Download 16.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling