18-мавзу: Шахсларни вақтинча сақлаш хибсхоналарига жойлаштириш, озод этиш, бошқа жойга ўтказиш асослари


VSХda saqlanayotgan shaxslarni ozod qilish


Download 21.13 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2023
Hajmi21.13 Kb.
#1290556
1   2
Bog'liq
18-мавзу-я

VSХda saqlanayotgan shaxslarni ozod qilish.

Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning qarori, shuningdek ushlab turish yoki qamovda saqlashning JPKda nazarda tutilgan muddati tugashi VSХda saqlanayotgan shaxslarni qamoqdan ozod qilishga asos bo`ladi.


VSХda saqlanayotgan shaxslarni qamoqdan ozod qilish VSHda saqlanayotgan shaxsni qamoqdan ozod qilish to`g`risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yohud sudning qarori kelib tushgach, VSH boshlig`i tomonidan darhol amalga oshiriladi.
VSХ boshlig`i ushlab turish muddati tugashidan 12 (o`n ikki) soat oldin bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsni yoki organni, shuningdek prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Agar ushlab turishning JPKda belgilangan muddatlari tugaganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning VSХda saqlanayotgan shaxsni ozod qilish to`g`risidagi qarori, sudning ushlab turish muddatini uzaytirish yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash yohud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to`g`risida ajrimi kelib tushmagan bo`lsa, VSХ boshlig`i VSХda saqlanayotgan shaxsni o`z qarori bilan darhol ozod qiladi. Qarorning ko`chirma nushasi kechiktirmasdan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga, shuningdek prokurorga yuboriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxsni VSХdan ozod etishdan oldin VSХ boshlig`i ozod etilayotgan shaxsning shaxsiy hujjatlari bilan ushlab turish uchun asos bo`lgan hujjatlarni solishtiradi va mos kelishiga ishonch hosil qilgandan so`ng shaxsni ozod etadi.
VSХdan ozod qilinayotgan shaxsga uning shaxsiy hujjatlari, ashyolari, pullari, shuningdek qimmatli qog`ozlari va boshqa qimmatliklari qaytarib beriladi va o`ziga tegishli bo`lgan shaxsiy hujjatlari, ashyolari, pullari, shuningdek qimmatli qog`ozlari va boshqa qimmatliklarini qaytarib olganligi to`g`risida tilxat olinadi.

Фан ўқитувчиси Нурбобоев Ш
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling