18-мавзу: Шахсларни вақтинча сақлаш хибсхоналарига жойлаштириш, озод этиш, бошқа жойга ўтказиш асослари


Download 21.13 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2023
Hajmi21.13 Kb.
#1290556
  1   2
Bog'liq
18-мавзу-я


18-мавзу: Шахсларни вақтинча сақлаш хибсхоналарига жойлаштириш, озод этиш, бошқа жойга ўтказиш асослари

VSХga qabul qilish va saqlash uchun quyidagi hujjatlardan birining mavjudligi asos bo`ladi:


-JPKning 225-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ushlab turish bayonnomasi;
-surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ushlab turish to`g`risidagi qarori;
-sudning JPKda nazarda tutilgan tartibda chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash to`g`risidagi ajrimi;
-ozodlikda yurgan shaxsga nisbatan uni ozodlikdan mahrum etish to`g`risidagi sudning hukmi.
-VSХga olib kelingan ayollarning yonida ikki yoshga to`lmagan bolasi mavjud bo`lgan hollarda (bundan buyon matnda bolali ayollar deb yuritiladi) qo`shimcha ravishda bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki bolaning aynan shu ayolga tegishliligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bunday hujjatlar bo`lmagan taqdirda, jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning (bundan buyon matnda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ deb yuritiladi) bolaning aynan shu ayolga tegishliligi to`g`risidagi ma’lumotnomasiga asosan qabul qilinadi.
Mazkur hujjatlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo`lishi shart.
VSХga olib kelingan shaxslar VSХ navbatchisi (VSХ navbatchisi shtat birligi bo`lmagan VSХda VSХ joylashgan ichki ishlar organi tezkor-navbatchisi) tomonidan sutka davomida qabul qilinadi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ushlab turish to`g`risidagi qarori asosida JPKning 227-moddasiga binoan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
JPKning 227-moddasiga binoan rasmiylashtirilgan bayonnomada ushlash asoslari, kuni, oyi, vaqti va joyi ko`rsatiladi, bayonnoma uni to`ldirgan xodim, ushlangan shaxs va xolislar tomonidan imzolangan bo`lishi shart.
Sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash to`g`risidagi ajrimi sudyaning imzosi bilan tasdiqlanib, gerbli muhr qo`yilgan bo`lishi shart.
VSХ navbatchisi tomonidan VSХga olib kelingan shaxslarni qabul qilish uchun asos bo`ladigan hujjatlar tekshirib ko`riladi, turli noaniqliklarning oldini olish maqsadida VSХga olib kelingan shaxslarga savollar berilib, ularning bergan javoblari VSХga qabul qilish uchun asos bo`ladigan hujjatlarda ko`rsatilgan ma’lumotlar hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (shaxsiy hujjatlar yig`ma jildida mavjud bo`lsa) bilan solishtiriladi va ushbu ma’lumotlar VSХda saqlanayotgan shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish jurnaliga qayd etiladi.
JPK talablari buzilgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida olib kelingan shaxslar VSХga qabul qilinmaydi.


Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar (hukm kuchga kirgunga qadar VSХda saqlanayotgan bo`lsa) hukmga asosan jazoni ijro etish muassasalariga yuborish uchun tergov hibsxonalariga o`tkaziladi.
Tergov xarakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda ko`rib chiqish zarur bo`lgan hollarda qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini o`tkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati bo`lmaganda tegishli tartibda tergov hibsxonasida qoldirilgan mahkum qamoqqa olingan shaxsni boshqa yerga ko`chirish to`g`risidagi tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan 1 (bir)oy mobaynida ko`pi bilan 10 (o`n) sutkagacha tergov hibsxonalaridan VSХga o`tkazilishi mumkin.
VSХga vaqtincha saqlash uchun olib kelinganlar (tranzit orqali olib o`tiluvchilar) shaxsiy hujjatlar yig`ma jildlarining ochiq varaqalari asosida va belgilangan shakldagi yo`lovchi ro`yxat asosida tuzilgan ma’lumotnomalar bo`yicha qabul qilinadi. VSХ navbatchisi tomonidan savollar berish jarayonida ularning bergan javoblari ochiq varaqalardagi ma’lumotlarga to`g`ri kelmagan taqdirda, ularning shaxsiy hujjatlar yig`ma jildlari ochilib, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
VSХga olib kelinganlarni kameralarga joylashtirish bo`yicha VSХ navbatchisi tomonidan reja tuziladi va ushbu reja asosida kameralarga joylashtiriladi.
Kameralarga joylashtirish bo`yicha reja ixtiyoriy formada tuziladi. Unga har bir saqlanayotganning familiyasi, sodir etilgan jinoyatning og`irligi bo`yicha kameralarga joylashish tarxi kiritiladi. Tarxda voyaga etmaganlar va o`ta xavfli retsidivistlarning familiyasi alohida belgi bilan ajratiladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar imkoni boricha chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslar quyidagi talablarga rioya etilgan holda bir-biridan alohida saqlanadi va kameralarga joylashtiriladi:
Erkaklar ayollardan alohida;
Voyaga etmaganlar katta yoshdagi shaxslardan alohida saqlanadi.
Alohida hollarda prokurorning roziligi bilan voyaga etmaganlar saqlanayotgan kameralarda ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlarni yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan, ijobiy tavsifga ega katta yoshlilarni saqlashga yo`l qo`yiladi;
Jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan shaxslar ilgari ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlangan shaxslardan alohida saqlanadi.
Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ko`rsatmasi bo`lganda, bitta jinoyat ishi bo`yicha yohud bir nechta o`zaro bog`liq jinoyat ishlari bo`yicha VSХda saqlanayotgan shaxslar ham alohida-alohida saqlanadi.
Quyidagilar VSХda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar;
sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat bo`lib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar;
o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar yoki ayblanayotganlar;
o`ta xavfli retsidivistlar;
maxkumlar;
hayoti va sog`ligiga VSХda saqlanayotgan boshqa shaxslar tomonidan xavf tug`ilganlar VSХ boshlig`ining yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning qaroriga ko`ra yohud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ko`rsatmasiga ko`ra;
yuqumli kasalliklarga chalingan yoki alohida tibbiy parvarish va kuzatuvga muhtoj bo`lgan bemorlar.
Voyaga etmaganlar yoshi, jismoniy rivojlanishiga qarab kameralarga joylashtiriladi. Xomilador ayollar va bolali ayollar boshqa shaxslardan ajratilgan, maxsus jihozlangan kameralarga joylashtiriladi.
O`ta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar bilan kasallangan shaxslar karantin uchun ajratilgan kameralarga joylashtiriladi. Karantin muddati tibbiy ko`rsatkichlarga muvofiq belgilanadi.
Ruhiy buzilishlari mavjud bo`lgan shaxslar, jumladan VSХ xodimlariga va VSХda saqlanayotgan boshqa shaxslarga tajovuz qilishga moyil bo`lgan shaxslar kameralarga tibbiyot xodimining tavsiyasiga ko`ra joylashtiriladi.
VSХda saqlanayotgan shaxslar umumiy kameralarda saqlanadi. Qamoqqa olinganlar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining to`rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo`lsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga ko`ra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga etmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan shaxslarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan og`ir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi.



Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling