18-mavzu. Xisobotlarni tuzish va taqdim etish reja: Xisobotning moxiyati axamiyati va tarkibi
Download 77.68 Kb.
|
20-22-mavzu.Ma\'ruza matni Хисоботларлотин (10)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Pul oqimlari to‘g‘risida xisobot 7.Xususiy kapital to‘g‘risida xisobot 1.Xisobotning moxiyati axamiyati va tarkibi
18-MAVZU .XISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH REJA: 1.Xisobotning moxiyati axamiyati va tarkibi 2.Moliyaviy xisobot davri va uni topshirish muddatlari 3.Buxgalteriya balansi va konsolidallashgan balans 4.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 5.Asosiy vositalarning xarakati to‘g‘risida xisobot 6.Pul oqimlari to‘g‘risida xisobot 7.Xususiy kapital to‘g‘risida xisobot 1.Xisobotning moxiyati axamiyati va tarkibi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan erishiladi. Demak, hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lish manbaalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, «Nou - Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini o‘sish va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va borozda barqarorligini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Hisobot ma’lumotlari bo‘yicha rahbar mulkdorlar va ta’sislchilar va boshqa boshqaruv va nazorat tizimi (banklar, moliyaviy organlar) yuqori va hukumat rasmiy va boshqaruv orgnalari oldida hisobot beradi. Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar, ta’sischilar); davlat soliq inspeksiyasiga (bir nusxa); O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan: 1. Barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 2. YAngi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo‘lib, ular yuridik huquqga ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil etilganlardan tashqari korxonlara uchun ularning yuridik huquqga ega bo‘lgan sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili davri hisoblashga ro‘xsat beriladi. 3. Korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshirishdilar. Hisobot rahbar, bosh buxgalter, bashorati korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma asosida ihtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi. SHuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan taritbda ko‘rib chiqildai va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respubilkasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun (16 - modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1 - «Korxona balansi»; 2 - «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»; 3 - «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot»; 4 - «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot»; 5 - «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot». YUqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob - kitoblar va tushintirishlar ilova qilinadi. Balans chorak va yillik hisobot tarkidiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot beradi. CHunki mumkin qiymati jami ko‘rsatkigga quyidagi moddlar bo‘yicha eskirishni chiqarib tashlab ko‘rsatiladi. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida tasdiqlanmagan foyda hajmigina qo‘shiladi. Lekin xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda. SHo‘‘ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi. SHo‘‘ba korxonalarga qo‘yilgan qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi. YUridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakillilari va boshqa strukturaviy bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsining konsollidatsiyalashgan hisobotiga albatta qo‘shiladi. Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti andozasiga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, iboralar va byudjet tashkilotlari bo‘yicha tuziladigan yig‘ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno. Moliyaviy hisobot yil boshidan yig‘ilib boruvchi jami bilan har chorakdan tekshiriladi. Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini yuqori organa O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliyaviy hisobot topshirish bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar. Birjalar, investorlar, kreditlorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug‘urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan so‘ng yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta nashr etishlari kerak. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi. Korxonani tugatish bo‘yicha muammolaning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobatini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo‘shiladi. Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqitaga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. 2.Moliyaviy xisobot davri va uni topshirish muddatlari Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘lik aks ettirilishi kerak: Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va sub’ektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar; Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va sub’ektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar; Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi; Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o‘z ichiga olishi; Topshirilgan hisobot ahborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim; Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi; Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k. Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi . Qonunnig 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 - oktyabrdan qat’iy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 - dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining oxirgi kuni hisoblanadi. CHunonchi, sub’ektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi bo‘lib 31 - dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to‘g‘risidagi yilik hisobot uchun hisobot davri bo‘lib 1 - yanvardan 31 - dekabrgacha hisoblanadi. Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshirladi: Sub’ekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilgan organlarga, ta’sischilarga, qatnashuvchilarga binoan); Davlat statistika organlariga; Qonunchilika binoan boshqa organlarga. Download 77.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling