18-mavzu: Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja
Download 495.06 Kb. Pdf ko'rish
|
18-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- mutlaqo mumkin emas!
fikrni
jamlash. Muammo – konflikt, ya’ni kelishmovchilikning yuzaga kelishi uchun sabab bo‘lgan vaziyat, hodisa, voqea hisoblanadi. Mana shu vaziyat, hodisa, voqea o‘z-o‘zidan kelib chiqmaydi. Uning sabablari mavjud. Sizlarni to‘qnashtirgan narsa xuddi shu vaziyat, hodisa va voqeadagi maqsadlaringiz, manfaatlarning to‘qnashuvi hisoblanadi. Muammoni yuzaga keltirishda rol o‘ynagan siz va opponentingizning maqsadlarini bir-biriga solishtirish orqali, ulardagi umumiy va qarama-qarshi tomonlarni belgilang. Ammo bu jarayonda, shu bilan birga umuman konflikt yechimida, qo‘llash mumkin bo‘lmagan qoidalar mavjud. Ular: • ziddiyat bahonasida opponentingiz bilan umr bo‘yi bo‘lib o‘tgan barcha nizolarni sanab chiqish, ularni ular kelib chiqqan paytda emas, aynan yangitdan vujudga kelgan ziddiyatli vaziyatga qo‘llash, esga olish va opponentingizni avvalgi ayblari uchun jazolashga intilish – mumkin emas! Shuningdek, “u sizni qachon behurmat qilgan-u, qachon sizga boshqacha ko‘z bilan qaragan”, ya’ni barcha nizolar tarixini doston qilish, hissiyotlarga berilib ketish, butun hayotingiz davomida opponentingiz bilan bo‘lib o‘tgan barcha nizolarni qayta tahlil qilishga urinish – mumkin emas! Konflikt jarayonida “Sen har doim menga shunday munosabatda bo‘lgansan, bir yil avval bu qilgansan, ikki yil avval boshqa narsa qilgansan...” qabilida nizolar tarixiga mukkasidan ketish, ularni doimiy yodda saqlashga urinish, har gal nizo chiqqanida ularni ataylab esga solish - mutlaqo mumkin emas!. Opponentingizga doimiy ta’na qilish, muhokama etilgan va avvallari kechirimlar bilan tugallangan konflikt vaziyatlarni ham esdan chiqarmasdan, ularni o‘z psixologik-ruhiy holatining muhim “yuki” sifatida asrab- avaylab yurish – bu ham mutlaqo mumkin emas! Shu bilan birga, e’tiborni muammoga emas, balki o‘z hissiyotlari va ulardan qolgan hafagarchilikka qaratish - mutlaqo mumkin emas! Konfliktdan chiqib ketish avvalo inson o‘zining emotsional-psixologik holatini pokiza tutishi va ozoda qilishdan boshlanishi lozim. Agar siz o‘zingizning konfliktga bo‘lgan munosabatingizni tarixiy hodisalar va ziddiyatlar girdobida boshlasangiz va ularga suyansangiz hech vaqt ziddiyatni muvaffaqiyatli yecha olmaysiz. O‘ziga va o‘zgalarga kechirimli, haqiqiy kechirimli bo‘la olish – ziddiyatlar yechimiga qaratilgan qadamlardan biri hisoblanadi. Demak, birinchidan, aniq konflikt davrida avvalgi konfliktlarni yangi konfliktga qo‘shib bo‘lmaydi, ikkinchidan, ziddiyatlar tarixini qo‘zg‘ab bo‘lmaydi. Chunki opponentingiz ham xuddi shu yo‘ldan ketishi mumkin. Oldin o‘tgan ziddiyatlarni eslash yo‘lidan emas, balki muammoni aniqlash yo‘lidan ketgan ma’qul. Konflikt sharoitida, uning kelib chiqishida, umuman uning rivojida kim ko‘proq aybdor ekanligiga bor kuchni berish mumkin emas. Umuman konflikt vaziyatda kim haq, kim nohaq ekanligini aniqlash – konfliktni tupikka kiritish usuli hisoblanadi. Chunki har bir odamning o‘z haqiqati mavjud bo‘ladi. Shu bois, Download 495.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling