18-mavzu: Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja


emotsiyalarini nazorat qilish – eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi


Download 495.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi495.06 Kb.
#1026833
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18-Маъруза

emotsiyalarini nazorat qilish – eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Ziddiyatning kelib 
chiqishida, agar siz uni biror bir yechimga keltirmoqchi bo‘lsangiz, shaxsga emas, 
balki muammoga hujum qilish kerak bo‘ladi. 
F. Laroshfukoning ta’kidlashicha, “Odamlar hech qachon mislsiz yaxshi 
yoki haddan tashqari yomon bo‘lmaydilar”. Ularning yaxshi va yomon fazilatlarini 
namoyon etuvchi vaziyatlar bo‘ladi xolos. Mana shunday vaziyatlarda odam o‘zini 
tutishi uning madaniylik belgisi bo‘ladi. I.Gyote esa, “Yaqin kishilarimizga 
o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga 
o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar deya yoshdoshsak, ularni biz yanada yaxshiroq 
bo‘lishga majbur etamiz”
2
, degan. 
Konflikt yechimining topilmasligi, yoki uni qanday to‘xtamga keltirishni 
bilmaslik aynan yaqin bo‘lgan odamlar orasini buzadi. Bu konfliktning mavjud katta 
vayron etuvchi kuchi natijasidir. Shu bois, konfliktda har doim uning yechimini topish 
yo‘llarini qidirish shart! Konflikt yechimini topish yaqin odamlar munosabatini 
mustahkamlash deganidir. Shu bois, konfliktli vaziyatda muammo haqidagi o‘z 
g‘oyalaringizni shakllantirish, ularni hayotga tatbiq eta olish muhim ahamiyat kasb 
etadi. G‘oyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Bu yo‘llar ichida ikkila 
tomon uchun ham eng maqbullarini aniqlash lozim bo‘ladi. Muhimi, shaxsga emas, 
muammoga hujum qilish zarurdir. Chunki ko‘pincha bu shaxs sizga yaqin inson 
bo‘lib, uning aybi isbotlanmagan bo‘ladi. 
4. Faol tinglash malakasi. Tinglashga tayyorlik. Konfliktli vaziyatning 
o‘ziga xosligi har ikkila tomon uchun ham his-tuyg‘ularning beqiyos darajada 
2
Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, –Б. 39. 


o‘sganligi bilan xarakterlanadi. Inson esa eng avalo o‘z his-tuyg‘ulariga quloq 
solishga odatlangan bo‘ladi. Inson uchun, uning ichki “meni” azizroq bo‘ladi. 
Ammo hamma ham o‘z hissiyotlarini to‘g‘ri anglaydimi? Ularni to‘g‘ri “talqin” 
(rasshifrovka) qiladimi? Bu – muhim savol. Ikkinchidan, konfliktdagi muammoni 
anglash uchun faqat o‘zingizning o‘ylaringiz, fikrlaringiz, emotsiyalaringiz, 
shuningdek mushohadalaringiz, ya’ni argumentlaringiz yetarli bo‘ladimi? Shu 
bois, konflikt yechimi har ikkala tomondan faol tinglash, o‘zgani eshitish, 

Download 495.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling