18-noyabr Bugun o’zbekiston respublikasi bayrog’I qabul qilinganga 31 yil bo’ldi. Bayrog’imiz-g’ururimiz,orimiz Nega aynan movi,qizil,oq va yashil Chunki ko’k rang bu tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrogʻining rangi ham moviy rangda edi. Qizil rang vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. Oq rang esa muqaddas tinchlik ramzi boʻlib, u kun charogʻonligi va koinot yoritqichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq rang – poklik, begʻuborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki goʻzallikka intilishning timsoli. Yashil rang tabiatning yangilanish ramzi. U koʻpgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Bunday narsalarga yetishimizga albatta islom karimov bobomizni o’rni katta. Chunki biz mustaqil bo’lganizdan so’ng o’z bayrog’imiz o’z davlat tilimiz,o’z konsititutsiyamiz.o’z fikr qarashimizga ega bo’dik.buning uchun albatta o’zbekiston respublikasi birinchi prezidenti marhum islom Abdug’aniyevich karimovga mingdan ming rahmat deyishimiz kerak Islom Abdug’aniyev Karimov (1938-2016)
Do'stlaringiz bilan baham: |