Tilimiz Davlat tili


Download 49.5 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi49.5 Kb.
#135863
Bog'liq
tilimiz davlat tili


Mavzu: “Tilimiz – Davlat tili” sevib o’rgnamiz biz uni.

Aziz o’quvchilar va hurmatli ustozlar, til maillatning katta boyligi, bebaho mulki va qadr qimmatidir. Shuni hisobga olib O’zbekiston hukumati 1989-yil 21-oktabrda O’zbek tili haqida qonun qabul qilingan edi. Bu yil ana shu qonun qabul qilingan kunga 30 yil bo’ldi. 30 yil ichida ona tilimiz to’liq tiklandi. 1995-yilda qayta ko’rib chiqildi. 1-dekabrda 24 moddadan iborat bo’lib, Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi.

Tilimiz davlat tili, sevib o’rganamiz biz uni mavzusida 2-“A” – sinf o’quvchilarim o’zlarining bu sohadagi bilim va ko’nikmalarini namoyish etadilar.

1-boshlovchi: Assalom, ustozlar, qalbi quyoshlar. Assalom mehmonlar, quvnoq, sho’x yoshlar! Til bayramin, tinglar yurtim jamoli sizga yosh tilshunoslar qizg’in salomi.

2-boshlovchi: Davrani keng oling do’stlar

Shirin so’zli, qora ko’zlar

Jaranglasin tillar bazmi

Hofizlarning o’tli nazmi

O’zbek tili so’zlaydi.

Oppoq harir libosda kiradi.

Tadbir o’tkaziladigan xona Til bayramiga mos qilib bezatilgan bo’lsin.turli davralarda yashab o’tgan allomalar, shoir – yozuvchilar, arboblarning o’zbek tili haqidagi faylusofona, dono fikrlari, xalq maqollari, devor “sahnidan” joy olsin. Oppoq harir libosda ulug’vorlik kasb etib “Ona tili” siymosida boshlang’ich sinf muallimasi asta - sekin yurib, sahna o’rtasiga keladi va o’zi haqida ma’lumot beradi:

- oliy martabaga erishdim, shukr, Yigirma yil bo’ldi. Muhrim bor!..uzr, men, kim, Ona tili – o’zbek tiliman, ilm istovchiga koni bilimman.

Onangizning aytgan allasi menman,

Quvnoq davralarning yallasi menman.

Salom alik bo’lar so’zim orqali,

Odobi borning-chi, so’zi – chiroyli.

Sizga saboq berar men-la muallim,

Qanday tutmoq kerak savod qalamin.

Bag’rimdan harflar qo’shib o’qiysiz,

Hijjalab, tutilib, jo’shib o’qiysiz.

Matematik amal qay ifodasin

Tushunib ko’ringchi, mensiz donasi.

Ruschayu xorijiy so’zlarni hatto,

Tarjimamda sizga aylayman ravo,

Yashash joylaringiz xaritasini,

Akangizning yozgan o’z arizasini,

Vaqtni, faslni, tikish, to’qishni,

“Alifbe” dan tortib roman o’qishni.

Faqat men tufayli bilib olasiz,

Gaolarimga quloq tuting, hali bolasiz.

Hazrat Navoiydan to’kilgan durlar

Biram go’zal, biram o’qishli derlar.

Shunday darajaga sizlarlar ham yeting,

Barchani, nemi ham cho’ng xursand eting!

O’tgan mavzuni so’rash.

1-boshlovchi: 1989 yil 21 –oktabrda o’zbek tili haqida qonun qabul qilindi. Mana shu yilga 30 yil to’ldi.

2-boshlovchi: Biz davramiz qatnashchilarini ushbu ajoyib kun bilan chin dildan qutlaymiz. Tilimizgaberilgan maqomning umri abadiy bo’lsin!

1-boshlovchi: Davlat maqomini olibsan tilim

Kamolot sari yo’l olbsan tilim

O’zbek xalqimning tarixi juda uzoq

Tili ham qadimiy.

2-boshlovchi: Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon o’zbegim

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tiyanshon O’zbegim

1-boshlovchi: Endi davlat tili haqida qonunning ayrim moddalariga quloq tutaylik.

1-modda: O’zbekiston Respublikasi Davlat tili o’zbek tilidir.

6-modda: O’zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olishi tilini erkin tanlash huquqi beriladi.

Ozoda: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-moddasidan O’zbekiston Respublikasi Davlat tili O’zbek tilidir

Nigina: Chindan ham til bebaho xazina. Ona tili har insonning g’ururi va iftixorodir. Keeling, azizlar, bugun shu bebaho ona tilimizning xazinalaridan bahramand bo’laylik.

1-o’quvchi. So’z san’atin o’rganib bo’lib savodxon.

Tilimiz qadriga yetgaymiz har on

2-o’quvchi. Tilimiz bebaho merosdir bizga

Onaday ardoqli har o’g’il – qizga

3-o’quvchi. Qilichdan ham o’tkir, olmosdan keskir

Daryodan qudratli buyuk kuchdir til

4-o’quvchi. O’z tilin qadriga yetgan har odam

Izzatu, hurmatda yashaydi har dam

5-o’quvchi. Til tufayli ko’zlarga taralar ziyo

Shuning uchun tilni qadrlar dunyo

6-o’quvchi. Ona tili – inson qalbidagi nur

Ona tili also so’lmaydigan gul

Ona tili dengiz tubidagi dir

Ona tili qalblar go’zalligidir

7-o’quvchi. Ona tilivafo sadoqat

Ona tili mehri muhabbat

Ona tili odobi axloq

Ona tili ko’z ochgan buloq

8-o’quvchi. Yurakdagi quvnoq tuyg’ular

Tub – tubida ona tili bor

Kecha kunduz biz bilan birga

Ona tili doimiy hamroh

9-o’quvchi. Shuning uchun ona tiliga

Qattiq mehr qo’yaylik, do’stlar

Ona tili gulshanlarida

Kezmoqlikni so’raylik, do’stlar

1-boshlovchi: Til bebaho xazina. Til millatning qalbi

2-boshlovchi: Til tuganmas boylik. Til umr bo’yi o’rganiladigan fan.



O’qituvchi:

Do’stlarim so’zlarning ko’rkidir maqol.

Maqollar kattayu kichikka yoqar

Odobu axloqni o’rgatur bizga

Maqollar aytingiz, taklifim sizga.

1-o’quvchi. So’z qadrini bilmagan – o’z qadrini bilmas.

2-o’quvchi. Oshni ta’mi tua bilan- odam qadri so’z bilan

3-o’quvchi. Suv o’z yo’lin topar – so’z o’z egasin.

4-o’quvchi. Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz

5-o’quvchi. Tili shirinning do’sti ko’p bo’lur

6-o’quvchi. Do’sting ham til – dushmaning ham til
1-o’quvchi. O’zbek tili ona tili

Urug’ momom tili

Yashab turgan bobom tili

Hamma: Davlat tili, bo’ldi tilim

Quvonchlarga to’ldi dilim

2-o’quvchi. Ona tilim millatimning tayanchi

Ona tilin unutganlar ayanchdir

Ona tilim sen iftixor chashmasi

Yuragimning sira tuganmas ganji

Sanjar:


Yasha, ey, o’zbek tilim – yaqin sening bayraming

Olam bo’ylab tashlagan – odimlarning qadaming

O’zbekiston nomini dunyoga tanit tilim

O’zbegim kalomini bilsin har el, har iqlim

Rushana:

O’zbek tili urib turgan yuragi

O’zbek tili yurtimning tarixi kelajagi

Buyuk Mahmud Qoshg’ariy ardoqlagan buyuk til

Shoir bobom Alisher “Xamsa” bitgan suyuk til

1-boshlovchi:

Jahonda 3000 dan ortiq til bo’lib biz uchun eng suyuklisi o’zbek tilidir.

Kuy chalinadi. Ona tili chiqib O’zbek tili milliy kiyimda boshida ezbek tili deb yozilgan kiradi.



O’zbek tili. Men o’zbek tiliman!

Ming jafolardan, qirg’inlardan talofotlardan omon chiqqan o’zbek xalqiga vafodor o’zbek tiliman. Buyuk Alisher bobom meni o’z g’azallaru, dostonu asarlari bilan hurmatga, e’zozga sazovor etdi.

Kelinglar o’zbek tilini hurmat qilaylik uning boyishiga hissa qo’shaylik. Ana o’shanda men rivojlamanam , obro’yga ega bo’laman, muomalada faol ishtirok etaman.

1-boshlovchi:

Yurtimizda bir qancha millat vakillari yashaydi, har biri o’z madaniyatiga urf- odatiga ega.

2-boshlovchi:

Xoh katta, xoh kichik bo’lsin bizga hamma tillar qadrlanadi.

(Sahnaga har xil millat vakillari musiqa sadolari ostida chiqadilar)



1. O’zbek tili.

Men o’zbek tiliman. O’zbek tilida 19 milliondan ziyod odam gaplashadi. Hozirda men kundan – kunga rivojlanib, chiroy ochib borayotgan tilman. Agar meni bilsangiz, inson dilidagini bilgan bo’lasiz. Meni asrang avaylang!



2. Rus tili

Men rus tiliman. Men millatlararo aloqa vositasi hisoblanaman. Meni faqat mamlakatlarimizdagi emas. Balki chet ellarda ham o’rganadilar. Rus tilida 150 milliondan ortiq odam gaplashadi.



3. Tojik tili

Men tijik tiliman. O’zbek tili bilan oilamiz boshqa – boshqa bo’lsa ham qon – qarindoshimiz o’zbening o’zida 1 milliondan ortiq odam meni o’z ona tilim deb hisoblaydi. Tijok tilida 4 milliondan ortiq odam gaplashadi.



4. Qirg’iz tili

Men qirg’iz tiliman. Men ulug’ Chingiz Aytmatovni yetishtirgan xalq tili bo’laman. Qirg’iz tilida 7 milliondan ziyod odam gaplashadi.



5. Tatar tili

Men Tatar tiliman. Mening huquqim mavqeim barcha tillar kabi qadrlidir. Tatar tilida 6 million odam gaplashadi.

So’ngra qo’l ushlashib chiqib ketadilar.

Z: ha biz uchun har bir til e’zozli, hurmatli, lekin ona tili ona vujudidan, ona sutidan bizning jon –jonimizga , qon – qonimizgasingib ketgan.

B: Ona tilim onajomin tili bu

Beshikdan singan jonu quloqqa

Elu yurtim, jonu tanim dilim bu

Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa.

Parvina:

Bobolargan bizga meros ezgu til

Avlodlar xazinasi bebaho

Qalbimizga, ruhimizga ezgu til

Bu dunyoda bag’ishlamish ne daho!

Z: A. Navoiy ona tilimizning asoschilaridan himoyachilaridan.

A: U nafaqat o’zbek tilini madh etdi, balki dilbar go’zallari teran asarlari ajoyib dostonlari bilan bu tilning qanchalar qudratga ega ekanigini isbot qiladi.

Alisher Navoiy g’azallaridan aytiladi.

Z: Bobur Mirzo garchi ona diyoridan yiroqlarda yurgan bo’lsada, ona tiliga bo’lgan hurmat va muhabbatini yoddan chiqarmadi.

Bobur g’azallaridan aytiladi.

Z: tilga hurmat elga hurmat deydilar. Kimki tilni e’zoz etmasa, o’sha xalqni e’zoz etmagan bo’ladi.

A: Lekin ichimizda shunday kimsalar borki, ular o’z ona tilida to’g’ri gapira olmaydilar.

Z: keraksiz so’zlarni o’zlashmagn kalimlarni oq’shib tilimizning sofligiga putur yetkazadilar.

Endi navbat “Kulturniy deb nomlangan” intermediya.

Abdulla Oripovning To’ti haqidagi she’ri bilan yakunlanadi.

V: Onam suti bilan kindik yurakka

Har bandi oshino duo – tilakka

Ona tilim dovrug’in yoying yuksakka

Jo’sh ursine she’rimda ilhomimda u,

Tilimda – u, dilimda-u, qonimda-u.

A: Muammolarim alla aytgan sen bilan

Navoiy ham ijod etgan sen bilan

Istiqlol ham birga qaytgan sen bilan

O’zbek tilim, singib ketding qonimga

Ko’rk berasan she’rlarim u borimda.

O: Ona tilim, sen borsan shaksiz

Bulbul kuyin she’rga solurman

Sen yoqolgan kuning shubhasiz

Men ham to’ti bo’lib qolaman

A: Ona tilim omon bo’ling bo’l doim

Ongimga nur sochgan sen

Quyosh bo’lib ko’zimsen

Quyosh bo’lib ko’zim o’ngida

Yangi dunyo ochgan sen



Avlodlarim rihuda o’zing

Yasha Vatan tig’ida o’zing.
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling