18«10»2023 yil. 321-11-154-ob/2023-son


Download 72.04 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi72.04 Kb.
#1756427
  1   2
Bog'liq
Электронный документ

18«10»2023 yil. 321-11-154-OB/2023-son


MAHSULOT YETKAZIB BERISH SHARTNOMASI

Keyingi o'rinlarda tovar yetkazib beruvchi-sotuvchi deb ataladigan “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining raxbari O.Mahmudov orqali bir tomondan, keyingi o'rinlarda sotib oluvchi deb ataladigan Buvayda tumani Xokimligi Obodonlashtirish Boshqarmasi raxbar v.v.b M.G’ofurov ikkinchi tomondan quyidagilar to'g'risida ushbu shartnomani tuzdilar:





qiladi

  1. Shartnoma mazmuni.


    1. Sotuvchi xaridorga Pavloniya ko'chati yetkazib beradi.






    2. Tovarning nomi

      O’lchov birligi



      Miqdori


      Narxi


      Yetkazib berish qiymati

      QQS

      QQSni hisobga olgan holda yetkazib berish qiymati

      stavka

      summa




      Pavloniya ko'chati

      dona

      250

      45 000

      11 250 000

      12%

      1 350
      000

      12 600 000




      Jami:

      x

      x

      x

      11 250 000




      1 350
      000

      12 600 000



      Mazkur shartnomaning umumiy qiymati 12 600 000 (o’n ikki million olti yuz ming) so'mni tashkil 1.3.Maxsulotlar quyidagi turlarda yetkazib beriladi:




    1. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo'lib, ularning har biri bir xil kuchga ega.




  1. Tovarlarni yetkazib berish tartibi.

    1. Shartnoma bo'yicha tovarlarni yetkazib berish tovarlarni sotib oluvchiga jo'natish yo'li bilan jo'natish raznaryadkasi orqali amalga oshiriladi.

    2. Jo'natish raznaryadkasining jadvali shartnomaga ilova qilinadi.

    3. Tovarlar faqat “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi qarashli avtomashinada yetkazilishi kerak.

    4. Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni to'liq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi sotuvchi yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda yoki davrlarda to'ldirishi lozim. Shartnomadagi belgilangan maxsulotlarni yetkazib berilgandan so'ng yetkazib berilgan maxsulotlarning to'lovini amalga oshirish muddati 2023 yil 31 dekabrgacha.

    5. Sotib oluvchi yetkazib berish muddati o'tkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli

emas.

    1. Sotib oluvchi shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta'minlaydigan

barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi sotib olgan tovarlarni tovarlar yetkazib berilganidan keyin darhol ko'zdan kechirishi, agarda yetkazib berish bilan bog'liq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tovar yetkazib beruvchi zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilishi lozim.



  1. Shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari.

    1. Sotuvchining huquqlari:

      • sotilgan tovar haqini to'lashni;

      • tovarni o'z vaqtida qabul qilib olishni;

      • shartnoma shartlariga to'liq rioya etishni;

      • sotib oluvchi tomonidan o'ziga yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilish. Sotib oluvchi qonun xujjatlarida belgilangan asoslarsiz maxsulot yetkazib beruvchi-sotuvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan xollarda maxsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi sotib oluvchidan tovar xaqini to'lashni talab qilishga xaqli. Xaridor tovar uchun oldindan yetkazib berilayotgan tovarning 30% miqdorida pul o'tkazish yuli bilan to'lovni amalga oshiradi qolgan 70%ni maxsulot yetkazib berilgandan so'ng o'tkazib beradi.

    1. Sotuvchining majburiyatlari:- tovarni sotib oluvchiga mulk qilib topshirish;

      • shartnomada nazarda tutilgan tovarni topshirish;

      • shartnomada ko'rsatilgan miqdordagi tovarni topshirish;

      • shartnomada ko'rsatilgan sifatdagi tovarni topshirish;

      • uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan holi bo'lgan tovarni topshirish;

      • shartnomada nazarda tutilgan tovarni sotib oluvchiga idishda yoki o'ralgan holda topshirish;

      • tovarni sotib oluvchiga topshirgunga qadar saqlash.

    1. Sotib oluvchining huquqlari:

      • sotib olayotgan tovarni o'ziga mulk sifatida qabul qilib olish;

      • shartnomada ko'rsatilgan miqdordagi tovarni qabul qilib olish;

      • shartnomada ko'rsatilgan sifatdagi tovarni qabul qilib olish;

      • uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi bo'lgan tovarni topshirishni talab qilish.

    1. Sotib oluvchining majburiyatlari:

      • sotib olgan tovar haqini o'z vaqtida to'lash;

      • tovarni o'z vaqtida qabul qilib olish;

      • shartnoma shartlariga to'liq rioya etish;

      • sotuvchiga yetkazilgan zararni qoplash.

Sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, sifati, idishi va o'ralishi to'g'risidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga o'n kun muddat ichida ma'lum qilishi shart.



  1. Shartnoma bo'yicha javobgarlik.

    1. Agar sotib oluvchiga uning talabiga ko'ra sotish joyida darhol tovar to'g'risidagi axborotni olish imkoni berilmagan yoxud uning tovarni ko'zdan kechirish, tovarning xossalarini tekshirish yoki tovardan foydalanishni ko'rsatishni talab qilish huquqi ta'minlanmagan bo'lsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o'zi ko'rgan zararni to'lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan bo'lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun to'langan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Sotib oluvchiga tovar to'g'risida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan so'ng tovarda paydo bo'lgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar o'zida bunday axborot bo'lmagani sababli paydo bo'lganini isbotlasa, javobgar bo'ladi.

    1. Agarda tovar sotib oluvchiga idishsiz va uramagan xolda yoki tegishli idishga joylamagan va tegishli darajada o'ramagan xolda topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi sotuvchidan tovarni idishga joylashtirish va o'rashni yoxud tegishli bo'lmagan idish va o'rashni almashtirishni talab qilish yoki bu talablarni ko'yish o'rniga ushbu shartnomaning 4.3-bandi birinchi qismidagi talablarni qo'yishga xaqli.

    2. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 434-moddasiga ko'ra sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo'lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma'lum qilinmagan bo'lsa, sotib oluvchi o'z xohishiga ko'ra;

      • xuddi shu turdagi sifati tegishli darajada bo'lgan tovarga almashtirishni;

      • xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa turdagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo'lgan tovarga almashtirishni;

      • tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;

      • xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;

      • ko'rilgan zarar o'rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Tovar uchun to'langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan to'liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko'rinishi yo'qolganligi yoki boshqa shunga o'xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo'lsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.

    1. Sotuvchi shartnoma bo'yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, zararni qoplash va neustoyka to'lash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.

    2. Agarda sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, sifati to'g'risidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga o'n kun muddat ichida ma'lum qilmasa, sotuvchi shartlar buzilganligi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgar bo'lmaydi.

    3. Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan

xizmatlar sifati, asortimenti va navi buyicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etallonlarga) qonunchilikda yoki xo'jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish xamda ularning xaqini to'lashni rad etib, yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, asortimenti va navi lozim darajada bulmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) kiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar) xaqi to'lab qo'yilgan
bo'lsa, to'langan summani belgilangan tartibda qayta talab qilishga xaqlidir. Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to'liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko'rsatilmagan xollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi ) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan xar bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0.5 foizi miqdorida peniya tulaydi, biroq bunda penyaning, umumiy summasi, yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko'rsatilmagan xizmatlar baxosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

    1. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama (to'liqm yoki qisman) bosh tortishga taraflardan biri shartnomani jidddiy buzgan taqdirda yo'l qo'yiladi. Shartnomani buzish quyidagi hollarda jiddiy deb topiladi:

      • tegishli darajada sifatli bo'lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo'lmaydigan kamchiliklarga ega bo'lgan tovarlarni yetkazib berish;

      • tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.

    1. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o'zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan bo'lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to'la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to'g'risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o'zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.




  1. Nizolarni xal qilish tartibi.

    1. Nizolar o’zaro kelishuv orqali xal qilinsa agar o’zaro kelishuv orqali amalga oshirilmagan taqdirda belgilangan tartibda Qo’qon tumanlararo Iqtisodiy sudi orqali xal qilinadi.

    2. Shartnomaning amal qilish muddati 2023 yilning 31-dekabrgacha amal qiladi.




  1. Taraflarning rekvizitlari:

“Yashil hudud” davlat unitar korxonasi BUVAYDA TUMANI XOKIMLIGI


OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI

Manzil: Toshkent.shM.Ulugbek tumani Manzil: Buvayda tumani Jaloer Durmonyuli ko’chasi ,Navnixol 2a uy qishlog'i


X/r: 20210000305526932001 X/r: 100022860302127011503084001


Tel: +99890 567-05-09 Tel: +998 99 636-06-44
Bank: TIF Milliy bank Bank: Toshkent sh. Markaziy
M.Ulugbek filial Bankning Toshkent sh.. XKKM MFO: 00895 MFO: 00014
INN: 309519778 INN: 200162506


Raxbar: N.Qodirov Raxbar v.v.b: M.G’ofurov M.O' M.O'






Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang.

Imzolovchi F.I.SH.

Maxammadjon G‘opurov Madaminjon o‘g‘li

Imzolangan sana

18.10.2023 10:22

Hujjat kodi

UP2751117850

Hulosa kodi

SD6671352771

- sonli shartnomaga
ILOVA

Korruptsiyaga qarshi qoidalarining ASOSIY SHARTLARI





  1. Tomonlar shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarayotganda O'zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan pora, ya'ni (davlat organi yoki tashkilotning nomi) xodimi o'z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko'zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yohud mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olish uchun quyidagi harakatlarni qilmaydi:

pora berishni taklif qilish yoki va'da berish; tovlamachilik qilish;
pora sifatida pul to'lash;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik berish.
Tomonlar ushbu harakatlarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha choralar ko'rilishiga kafolat beradi.

  1. Agar shartnoma bo'yicha bir Tomon (davlat organi yoki tashkilotining nomi) xodimining axloqqa to'g'ri kelmaydigan va ushbu shartnoma yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid keladigan xatti- harakatlariga, shu jumladan, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlashdan iborat bo'lgan faktlarga duch kelsa, bu haqda quyidagi aloqa kanallaridan biri orqali xabardor qilishi kerak:

korruptsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan ishonch telefoni; Telegram-kanali (“@xxxxxxxxxx”);
(davlat organi yoki tashkilotining nomi) rasmiy veb-saytida joylashtirilgan shakl yoki elektron pochta.

TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI:


“Yashil hudud” davlat unitar korxonasi BUVAYDA TUMANI XOKIMLIGI


OBODONLASHTIRISH BOSHKARMASI

Raxbar: O.Mahmudov Raxbar v.v.b: M.G’ofurov M.O' M.O'







Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.


Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang.

Imzolovchi F.I.SH.

Maxammadjon G‘opurov Madaminjon o‘g‘li

Imzolangan sana

18.10.2023 10:22

Hujjat kodi


Download 72.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling