184 – guruh talabasi
O’zbekiston toponimlarining o’rganilish tarixi
Download 32.2 Kb.
|
Abdullayeva Dinora - копия
O’zbekiston toponimlarining o’rganilish tarixi.
O'zbekistonning tarixiy geografiyasini, jumladan toponimiyasini o'rganishda inqilobdan oldin va sovet davrida ijod qilgan tarixchilar orasida V.L.Vyatkin alohida o'rin tutadi. Olimning Samarqand va Toshkent viloyatlariga bag'ishlangan va vaqf hujjatlari asosida yozilgan tarixiy-geografik asarlarida ko'pgina toponimlarning kelib chiqishi haqida so'z boradi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ijod qilgan rus sharqshunoslari orasida O'rta Osiyoning, jumladan O'zbekistonning tarixiy geografiyasini va toponimikasini o'rganishda akademik V.V.Bartold ijodi alohida o'rin tutadi. Bartold asarlarida O'zbekistondagi yuzlab tarixiy geografik nomlar tilga olingan, bir qancha toponimlarning etimologiyasi keltirilgan, olim, masalan, Bagdod shahri (Iroq) nomini «Xudo in'omi» deb izohlagan. Chunki qadimgi eroniy tillarda, jumladan sug'd tilida bog (fag-bag) «xudo», «yaratuvchi» degan ma'noni ham bildirgan. Birgina shu misol vaqt o'tishi bilan atamalarning ma'nosi o'zgarib turishini ko'rsatadi. Yana bir misol. Ilk o'rta asrlarda dehqon (dehigon) deganda «zamindor», «katta yer-mulkka ega bo'lgan boy» tushunilgan. V.V.Bartold 9 jildli asarlarining har birida (Moskva, 1963-1977) vaqf, qarshi, rabod, robot, to'rtko'l, chorsu, shohriston, hisor, o'rchin kabi yuzlab qadimiy geografik, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy atamalar tilga olingan va imkon qadar izohlangan. O'zbekiston toponimiyasini tadqiq qilish bilan shug'ullanadigan har bir mutaxassis M.S.Andreev, S.P.Tolstov, Ya.G'.G'ulomov, B.A.Ahmedov, A.R.Muxammadjonov, M.Masson, O.D.Chexovich, A.A.Semenov, O.A.Suxareva kabi olimlarning tarixiy-geografik asarlaridan O'zbekiston toponimlarining ma'nosi, kelib chiqishi haqida talay materiallar topadi. O'zbekistonda toponimika fanining va geografik atamashunoslikning rivojlanishida professor H.H.Hasanovning xizmatlari katta. Olimning «Geografik nomlari imlosi» (1962) «O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan» (1965), ―Geografik nomlar siri‖ (1985), «Yer tili» (1977), «Geografiya atamalari lug'ati» (1966), «O'rta Osiyolik geograf va sayyohlar» (1964), «Sayyoh olimlar» (1981) kabi asarlarida, ko'plab risolalari va maqolalarida O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda joy nomlarini o'rganishga qadimdan ahamiyat berib kelinganni qayd qilingan. Ayrim toponimlarning etimologiyasi aniqlangan. Olim tarixiy, geografik nomlarni izohladi, dunyodagi ko'plab nomlarning hozirgi o'zbek tilida yozilishi (transkripsiyasi) qonuniyatlarini ishlab chiqdi, eski o'zbek geografik terminologiyasini zamonaviy, ilmiy terminologiya asosida qayta ishladi: Masalan, uqiyonus – okean, ota – orol, yonartog' – vulkan, ko'rfaz – qo'ltiq, jug'rofiya – geografiya kabi. Tilshunos toponimistlardan professorlar T.Nafasov, Z.Do'simov, dotsent N.Oxunov O'zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga, toponimlarning nominatsion (nomlanish) qonunlarini ochib berishga salmoqli hissa qo'shdi va ko'plab joy nomlarining etimologiyasini aniqlab berdilar. O'zbekistonda toponimika fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan olimlardan biri T.Nafasov O'zbekistonda birinchi bo'lib toponimikadan nomzodlik dissertatsiyasinl yoqladi. Keyinchalik sohaga oid bir qancha risola, maqolalar chop etdi. Uning «O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati» da (1988) asosan Janubiy O'zbekistondagi mikrotoponimlar etimologiyasi yoritilgan. Shu bilan birga mintaqadagi Boysun, Kesh, Chag'onyon, Qarsihi kabi ba'zi tarixini toponimlarga ham etimologik izoh berilgan. Z.Do'simov Xorazm toponimiyasini o'rganib joy nomlarining tarixi va etimologiyasi, ularning lingvistik xususiyatlari, modellari va tiplarini aniqlash sohasida ishladi. «Xorazm toponimlari» monografiyasida (1985) Xorazm toponimlarining shakllanishi va ularning taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qildi. Download 32.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling