Dishanqala – “tashqi shahar”, Xiva shahrining tashqi qismi; qarang
Davdon, Devdon – Amudaryo etagidagi qadimgi daryo tarmoqlari. Dev
(div, dov) va don – “joy, manzil, makon” suzlaridan, “devlar makoni”, “devxona”
demakdir. Amudaryo qadimgi suv xudosi (malak) vaxsh deb atalgan. Vaxshning
makoni bulganidan daryo tarmoqlari Devdon deb atlgan.
Jalayil – qishloq, Yangiariq tumani. Jaloyir (qishloq) etnonimining dialectal
shakli.
Ichanqala – Xiva shahrining qadimiy markaziy qismi; Ichanqala – “ichki
shahar” degani. Dishanqala esa 17-18-asrlarda ichanqala atrofida bunyod etilgan
“tashqi shahar”dir. Xorazmdan boshqa yerlarda shaharning ichki qismi arabcha
madina yoki shohriston yoinki darun (“ichki shahar”), tashqi qismi esa rabod,
berun (“tashqi qunoq”) deb atlib kelgan.
Qatqala – Beruniy tumanidagi joy. Qadimgi Xorazm poytaxti Kot
shahrining xarobasi; qaran Kot.
Kot (Kos) – Xorazmning qadimgi poytaxti. Bu shahar tug`risida Istaxriy,
Ibn Havqal, Muqaddasiy, shuningdek, Beruniy asarlarida mukammal ma`lumot
berilgan. Yoqut Hamaviy yozishich, kot xorazmliklar tilida “chuldagi devor”,
“choldevor” degani. Shaharning markaziy qismi – shahriston Fil yoki Fir deb
atalgan. Qadimgi Kot shahari harobasi hozirgi Beruniy shahri yaqinidadir (qarang
Do'stlaringiz bilan baham: |