18–MA‘ruza. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash, sinash va o‘lchash hamda begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash reja: 1


-rasm. Shtanganing egiluvchanligini sinash tartibi: 1-mahkamlash nuqtasi; 2-yukni osish nuqtasi; 3-yuk osilgan nuqtadagi shtanganing egiluvchanligi


Download 0.5 Mb.
bet8/8
Sana06.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1331064
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18–MA‘ruza. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositala (1)

57-rasm. Shtanganing egiluvchanligini sinash tartibi: 1-mahkamlash nuqtasi; 2-yukni osish nuqtasi; 3-yuk osilgan nuqtadagi shtanganing egiluvchanligi

500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga, yerga ulagich shtangalari, o‘lchov va universal operativ shtangalar ishchi qismi og‘irligiga ikki hissa katta bo‘lgan kuch bilan sinaladi. Operativ (oddiy) shtangalar egiluvchanligi o‘zining sof og‘irligi ta‘sirida sinaladi. Sinov muddatining davomiyligi 1 daqiqani tashkil etadi.


Egiluvchanlik, shtanganing yuk osilgan qismidagi egilish miqdoriga, uning izolyasiyalovchi qismining uzunligiga nisbatan foiz hisobida hisoblanganda, 220 kV kuchlanishgacha bo‘lgan shtangalar uchun 10 foizdan, ushbu kuchlanishdan yuqori bo‘lgan shtangalar uchun esa, 20 foizdan oshmasligi zarur. Egilish miqdorida, ushbu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan shtangalarni yaroqsizga chiqariladi. 220 kV kuch-lanishgacha bo‘lgan havo elektr uzatish tarmoqlari va taqsimlash uskunalarida yerga ulagich shtangalarini egiluvchanlikka sinalmaydi. Sinovdan so‘ng, shtangalar ko‘zdan kechirilib, qoldiq deformatsiyalar, yoriqlar yoki ulangan joylar bo‘shashgan-ligi aniqlansa, ushbu shtanga yaroqsizga chiqariladi.


8. Sinov savollari
1. Begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash tadbirlarini sharhlab bering.
2. Sinov o‘tkazish ishlariga ijozat, kimga beriladi?
3. Sinov ishlarini bajaruvchi brigada tarkibi necha a‘zodan iborat?
4. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida himoya vositalari hamda boshqa buyumlarda, birdaniga ommaviy sinovdan o‘tkazish ishlarini kim tomonidan va qanday amalga oshiriladi?
5. Elektr o‘lchov ombirlari va o‘lchov shtangalari bilan bajariladigan ishlarni gapirib bering.
6. Havo elektr uzatish tarmog‘ida, impuls o‘lchov asbobi bilan bajariladigan ishlar tadbirini tushuntiring.
7. Ish joyiga, kim tomonidan to‘siq o‘rnatiladi?
8. Ishboshi tomonidan sinalayotgan uskunaga, sinov uskunasida kuchlanish berishdan oldin qanday tadbirlarni bajarish kerak?
9. Megaommetr va elektr o‘lchov asboblari bilan bajariladigan ishlar to‘g‘risida gapirib bering.
10. Himoya vositasi nima?
11. Asosiy himoya vositalariga, qaysi himoya vositalari kiradi?
12. Qo‘shimcha himoya vositalari qaysilar?
13. Saqlovchi himoya vositalarini tushuntirib bering.
14. Elektr himoya vositalari nima uchun sinaladi?
15. Necha xil sinash mavjud?
16. Kuchlanish ko‘rsatkichlarini sinash tadbirini izohlang.
17. Izolyasiyalovchi shtangalarni sinash yo‘llarini tushuntiring.
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling