19- ma’ruza mavzu: konsentrlar (10, 100, 1000 va ko’p xonali sonlar) bo’yicha masalalar yechish ustida ishlash. Masala yechishga o’rgatishning umumiy usullari
Ayirmаli tаqqоslаshgа dоir mаsаlаlаr
Download 182.5 Kb.
|
19MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Yuzlikdan o‘tib qo‘shish va ayirishga oid masalalar yechish metodikasi.
Ayirmаli tаqqоslаshgа dоir mаsаlаlаr. Bu хil mаsаlаlаr bilаn tаnishtirish ishini аvvаl sаnоq mаtеriаllаridаn fоydаlаnib аmаlgа оshirish tаvsiya qilinаdi. O‘quvchilаr ishni mustаqil bаjаrsаlаr ishning nаtijаsini tеkshirish qulаy bo‘lаdi. Мustаqil ishlаrni sаmаrаli tаshkil qilishgа аmаliy ishlаr o‘tkаzishgа yordаm bеrаdi. Маsаlаn, o‘qituvchi o‘quvchilаrgа 6 tа kаtаkli bir sаtr (yoki ustun) chizishni vа uning yonigа bоshqа 4 kаtаkli sаtr (yoki ustun) chizishni tаklif qilаdi.
Маsаlаni yеchishdа ( shuningdеk, didаktik mаtеriаllаr vа rasmlаr bilаn ishlаshdа) o‘quvchilаr аyirmаni ( qоldiqni) to‘g‘ridаn-to‘g‘ri prеdmеtlаrni sаnаsh yo‘li bilаn tоpаdilаr., chunki rаsm prеdmеtlаr sоnini аkslаntirish bilаn аmаldа yechimni chiqаrib qo‘yadi. Quyidаgi mаsаlа bеrilgаn bo‘lsin. ”Bir qutidа 10 tа, ikkichi qutidа 6 tа qаlаm bоr. Birinchi qutidа ikkinchi qutigа qаrаgаndа qаnchа оrtiq qаlаm bоr?”. I – 10 tа q. II – 6 tа q. Birinchi qutidа ikkinchi qutidаgidаn qаnchа оrtiq qаlаm bоr?. Yechish: 10 – 6 = 4 Amаl tаnlаshdа yo‘l qo‘yilаdigаn хаtоlаrning оldini оlish uchun, shunungdеk, hаr хil mаsаlаlаrni bir-biridаn fаrq qildirish mаqsаdidа аyirmаli tаqqоslаshgа dоir mаsаlаlаr sоnni bir nеchа birlik оrttirish (kаmаytirish)gа dоir mаsаlаlаr bilаn tаqqоslаngаn bo‘lishi kеrаk. 2.Yuzlikdan o‘tib qo‘shish va ayirishga oid masalalar yechish metodikasi. "Yuzlik" mavzusi ikkinchi sinfdan boshlab o‘qitiladi. Shundan boshlab sodda masalalardan sekin murakkab masalalar yechishga o‘tish jarayoni boshlanadi. Bunda ham eng avvalo masala shartini tahlil qilishdan boshlamoq kerak. Masalan 1 -qutida 6 ta, 2-qutida undan 2 ta qalam kam, ikkala qutida qancha qalam bor. Masalaning shartini ko‘rgazmali tahlildan boshlash kerak. 1-kutidagi 6 ta qalamni ko‘rsatadi. 2-kutida undan 2 ta kam qalam bor, deb yopiq holda ko‘rsatiladi. Ikkala qutini bir-biriga yaqinlashtirib, jami qancha qalam borligini topishni aytadi. Uning chizmalarini doskada tasvirlaydi. Savol: a) ikkinchi kutida qancha qalam borq 6-2=4 ta; b) ikkala kutida qancha qalam borq 6+4=10 Shundan keyin masalalarning umumiy yechimini ifodalovchi ifoda tuzamiz. 6+(6-2)=10 Qo‘shish va ayirishga doir murakkab masalalardan tashqari yana kuyidagi mazmunlarda ham masalalarni yechish tavsiya qilingan: ko‘paytirish va bo‘lishga doir; sonni bir necha marta orttirish va kamaytirishga doir; sonlari karrali taqqoslashga doir. Masalan, katakli taxtachaga uchta kvadrat qo‘yiladi va undan 2 marta ko‘p uchburchak olishni taklif qiladi. Sodda masalalarni yechayotganda ba’zilari uchun masala mazmunining qisqacha yozuvini doskada yozish mumkin, chunki o‘kuvchilar doskadagi yozuvga qarab masalaning mazmunini esdan chiqarmaydi. Murakkab masalalarning deyarli hammasi uchun qisqacha yozuv zarur bo‘ladi. Bu yozuvdan masalani takrorlashda, qayta-qayta eslashda foydalaniladi. Yozuvda asosan masala sharti va savol qismi orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilishi kerak. Masalaga doir qisqacha yozuvda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: qisqacha yozuv masala mazmuni bilan tanishilgandan keyin tuzildi va yechish yo‘llarini izlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda masalani tahlil qilish mumkin. qisqacha yozuv ixcham, aniq bo‘lishi va miqdorlar orasidagi bog‘lanishlarni har xil shaklda (jadval, chizma, rasm, sxema) tasvirlash mumkin. qisqacha yozuvning har bir bosqichini bajarishda o‘qituvchi rahbarlik qiladi; darsning maqsadlari va masalaning qiyinlik darajasiga qarab, o‘quvchi yoki o‘qituvchi doskaga yozishi mumkin. Masalan, bolalar bog‘chasiga ikki bidonda sut keltirishdi. Bir bidonda 32 l, ikkinchi bidonda esa 30 l sut bor. Tushlik uchun 40 l sut ishlatiladi. Necha l sut qoldiq Masalaning qisqacha yozuvi quyidagicha bo‘ladi: Keltirishdi - 32l va 30 l Ishlatishdi - 40 l Qoldi - ? Masala: o‘quvchilar 80 kg uzum uzishdi. Shundan 20 kg ni maktab uchun qoldirib, qolgan uzumlarni yashiklarga joylab bog‘chaga jo‘natishdi. Har bir yashikka 10 kg dan uzum ketsa, bog‘chaga necha yashik uzum jo‘natishgan? Bu masalada ikkita har xil kattaliklar bor: uzum massasi va yashiklar soni. Buni quyidagi jadval bilan yozuv qilib yechamiz.
Ko‘pgina sodda masalalar bittagina kattalikni o‘z ichiga oladi, bu kattalikning qiymatlari bitta sonli tenglik bilan bog‘langan bo‘ladi.Masalan, "Bir kesmaning o‘zunligi 10 sm, ikkinchi kesmaning o‘zunligi esa birinchi kesma o‘zunligidan 3 sm o‘zun.Ikkinchi kesma o‘zunligi qancha masalasida bitta kattalik-o‘zunlik bo‘lib, ikkinchi kesma o‘zunligi birinchi kesma o‘zunligi bilan 3 sm ning yig‘indisiga teng. Bu xildagi masalalarni yechishda predmetli va sxematik ko‘rsatmalilikdan foydalanish ma'qul. Ba'zi tarkibli masalalar ham bitta kattalikni o‘z ichiga oladi, ammo uning son qiymatlari orasida bir qancha bog‘lanishlar borligi payqaladi. Masalan, ushbu masalani qaraymiz: "Bolalar bog‘chasiga ikki bidonda sut keltirishdi, bir bidonda 32 l, ikkinchi bidonda esa 30 l sut bor. Tushlik uchun 40 l sut ishlatishdi. Necha litr sut qoldi?. Bu yerda ikkita bog‘lanish o‘rnatiladi: birinchi bog‘lanish keltirilganhamma sut xajmini, tushlikka ishlatilgan va qolgan sut miqdorlarini bog‘laydi, ikkinchi bog‘lanish esa hamma sut xajmini har bir bidonning hajmi bilan bog‘laydi. Bu ikki bog‘lanishni aks ettirish uchun masalaga doir qisqa yozuvni bunday tuzish kerak.Odatda, birinchi bog‘lanish uchun bor edi, ishlatishdi, qoldi so‘zlaridan foydalanishadi, ikkinchi bog‘lanish uchun esa katta qavs yoki vertikal chiziqdan foydalaniladi. Ikkinchi bog‘lanishga mos keladigan qisqa yozuvni bunday bajarish ham mumkin edi: I. b. - 32 l II. b. - 30 l Ammo masala tarkibli ekanini hisobga olib, bu bog‘lanishni ixchamroq, ifodalash mumkin, u holdabutun masalani qisqa shaklda bunday ko‘rinishda yozish mumkin: Keltirishdi -32 l va 30 l Ishlatishdi - 40 l qoldi - ? Boshlang‘ich sinflar matematika kursiga bir necha kattalikni tavsiflovchi tarkibli masalalar kiritilgan.har xil bog‘lanishlar turli kattaliklarni bog‘laganliklari uchun bu xildagi masalalar kupincha o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling