19 II bob. Vegetativ ko’payish va uning turlari
II BOB. Vegetativ ko’payish va uning turlari
Download 497.31 Kb.
|
mahlubax
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ildizpoyalar yordamida ko’payish
II BOB. Vegetativ ko’payish va uning turlari
1.1. Ildizpoya, tugunaklar va piyozboshlar yordamida ko’payish. Bu ko’payish tuban va yuksak o’simliklar uchun xosdir. Vegetativ ko‘payish (lot. “vegetativus” - o’sish) - o‘simlikning yo‘qolgan qismini yoki organini tiklashga, ya’ni regeneratsiya hodisasiga, shuningdek, ayrim tana qismlaridan bir butun o‘simlik paydo qila olish hususiyatiga asoslangan. O’sish, vegetativ ko’payish, ya’ni individlarning rivojlanishi uning vegetativ organlaridan (ildiz, poya, barg, piyozbosh, ildizpoya, tugunak, ildizbachki va boshqalar) va ularning bo‘laklaridan boshlanadi. Vegetativ ko‘payish ba’zi bir hujayrali suvo‘tlarni oddiy bo‘linish yo‘li bilan ikkita yosh hujayraga aylanishini misol qilish mumkin. Xlorella, xlorokokk va ko‘pchilik suvo‘tlar ana shunday ko‘payadilar. Ko‘p hujayrali suvo‘tlarda vegetativ ko‘payish tanasining bo‘laklarga ajralishi bilan boradi. Zamburug‘larda esa mitseliy ayrim bo‘laklarga ajralib ketishi yoki achitqi zamburug‘ida kurtaklanish yo‘li bilan boradi. Lishayniklar ixtisoslashgan sorediylar va shamol yoki yomg‘ir ta’sirida oson tarqaladigan o‘simtalar – izidiylar yordamida vegetativ ko‘payadi. Gulli o‘simliklarda vegetativ ko‘payish juda xilma-xil usullarda boradi. Ona o‘simlikdan vegetativ yo‘l bilan hosil bo‘lgan yangi individlar yig‘indisi klonlar deb ataladi. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklar va yarim butalarda poyaning pastki ildizga yaqin kaudeks qismi ajratiladi. O‘q ildizli o‘simlikning kaudeks bilan birga ayrim individlarga bo‘linib ketishi partikulyatsiya deyiladi. Vegetativ ko‘payish usuli tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa noqulay sharoitda yashovchi o‘simliklar urug‘ yordamida ko‘payish o‘rniga ko‘pincha vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Tabiiy sharoitda o‘simliklarda keng tarqalgan quyidagi vegetativ ko‘payish usullarini farq qilish mumkin: 1. Ildizpoyalar yordamida ko’payish. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning ildizpoya orqali tez ko‘payishi ma’lum. Masalan, yovvoyi o’simliklardan ajriq, g‘umay, qirqbo‘g‘im, qamish, qiyoq, salomalaykum, bambuk, shirinmiya kabi o‘simliklar shular jumlasidandir. Download 497.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling