19-mashg’ulot. Qushlar sinfi
Download 0.56 Mb.
|
19-амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni
19-mashg’ulot. Qushlar sinfi – Aves. Qushlarning uchishga moslanish belgilari, turli- tumanligi. Turning sistematik holati Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda Sinf. Qushlar-Aves Turkum. Kaptarsimonlar - Columbiformes Tur. Ko’k kaptar – Columba livia Jihozlar Har xil ekologik guruhga kiruvchi qushlarning (chuchelasi) tulumi va tushkasi. Kartonga joylashtirilgan har-xil qushlarning mulyajlari. Tablitsalar: Har-xil ekologik guruhdagi qushlarning tashqi tuzilishi; patlari, tumshuqlari, oyog’i. Mikroskoplar Ishning mazmuni Qushlar sudralib yuruvchilarning uchishiga moslashgan progressiv shajarasi hisoblanadi, lekin shunga qaramasdan qushlarda sudralib yuruvchilardan farq qiluvchi belgilari mavjud: Nerv sistemasining keyingi taraqqiyotida, oliy nerv faoliyatining murakkablashishi, shunga bog’liq holda sezgi organlarining takomillashishi, ayniqsa ko’ruv va eshitish organlari tuzilishi. Yuqori va doimiy tana haroratining mavjudligi. Uchish orqali havoda harakatlanish xususiyati bilan bir qatorda, qushlar yerda yurish xususiyatini ham saqlab qolgan. Ko’payish bilan bog’liq bo’lgan murakkab biologik xususiyatlarning shakllanganligi, ya’ni uya qurish, tuxum bosish, poloponlarini ovqatlantirish va himoya qilish, naslini yanada ko’proq yashab qolishi uchun sharoit yaratgan. Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar qushlarni yer sharida keng tarqalish imkonini bergan. Umurtqali hayvonlarda doimiy tana harorati yoki gomoyotermlilik evolyutsiya jarayonida dastlab qushlarda yuzaga kelgan. Bu o’z navbatida arterial va venoz qon oqimini to’liq ajralganligi bilan bog’liq holda (to’rt kamerali yurak va bitta aorta yoyi), to’qimalarni kislorod bilan intensiv ta’minlaydi. Shu asosida qushlar tanasida modda almashinuvi intensivligini oshiradi. Tana haroratining doimiyligini hamda qonning oqish tezligini ta’minlovchi katta hajmdagi yurakning mavjudligi; tana haroratini bir miyorda saqlovchi pat qoplamining hosil bo’lish; nafas olishning energiya sarfi bilan amalga oshishi; kislorod bilan ta’minlanish va karbonat angdridning hosil bo’lishi; havo xaltachalarining mavjudligi, uchish vaqtida nafas olishning intensivligini oshirish bilan birga tananing qizib ketishidan saqlaydi; ovqatning tez hazm bo’lishi modda almashinuvini energiya bilan ta’minlash imkonini beradi. Qushlarning tuzilishini o’rganish asosida shuni qayd qilish lozimki, birinchi belgisi qushlarning sudralib yuruvchilarga qarindoshligi bo’lsa, ikkinchi belgisi uchish bilan bog’liq xususiyatlari hisoblandi. Birinchi belgisiga xos xususiyatlar: Qushlar terisining yupqaligi, unda hech qanday suyak tuzilmalarning yo’qligi; Patlardan tashkil topgan o’ziga xos shox qoplag’ichning borligi va bezlar bo’lmasligi; Intertarzal bo’g’imlarning mavjudligi; Kloakaning mavjudligi va boshqalar Ikkinchi belgisiga xos xususiyatlar: 1) Oldingi oyoqlarning qanotga aylanganligi; 2) Pat qoplami tana yuzasini oshiradi va unga suyri shaklni beradi; 3) Pnevmatik suyaklar va og’ir jag’lar o’rnida shoxsimon, tishsiz tumshuqni hosil bo’lishi, tana zichligini kamayishiga sabab bo’lgan; 4) Ko’krak toj suyagini hosil bo’lishi, unga qanotni harakatga keltiruvchi muskullarning joylashishi; 5) Xilma-xil funktsiyani bajaruvchi havo xaltachalari shakllanishi, uchish vaqtida nafas olishni ta’minlaydi; 6) Skeletidagi bir qator xususiyatlar shular jumlasidandir. Shuningdek uchish bilan bog’liq holda o’pkaning tana bo’shlig’iga zich yopishganligi, siydik pufagining yo’qligi, urchog’ilarining jinsiy sistemasida (deyarli barcha qushlarda o’ng tuxumdon va o’ng tuxum yo’li murtak holatda bo’ladi) ko’rish mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling