19-mavzu. Buxgalteriya hisobida raqamlashtirish texnologiyalari Reja


“АКТ Сверки” – malumki har bir korxona tarihida ko’zda tutilmagan sabablarga ko’ra moliyaning noto’g’ri o’tib ketishi kuzatiladi. Shu Hatoni tuzatish uchun bu oyna orqali ochiladigan hujjat asqotadi


Download 0.98 Mb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1501455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-mavzu p (2)

“АКТ Сверки” – malumki har bir korxona tarihida ko’zda tutilmagan sabablarga ko’ra moliyaning noto’g’ri o’tib ketishi kuzatiladi. Shu Hatoni tuzatish uchun bu oyna orqali ochiladigan hujjat asqotadi

Cервис- ma’lum bir hizmatlarni taklif qiluvchi bo’lim. Ya’ni Kalkulator, kalendar va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv makazi tomonidan tuzilgan "UzASBO" dasturida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Dastur WEB texnologiyaga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar markazlashgan holda saqlanadi va dasturdan foydalanish internet tarmog‘i korporativ tizim asosida amalga oshiriladi. Moliya xodimlarida birlamchi va natijaviy xujjatlarni avtomatlashtirilgan tarzda tayyorlash mumkin bo‘ladi. "UzASBO" dasturi har kuni g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlar almashinish imkoniyatiga egadir.

Dastur afzalliklari:

  • • Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan buxgalteriya hisobotlari va metodik ko‘rsatmalar hamda 2169-sonli yo‘riqnomaga kiritiladigano‘zgartirish va qo‘shimchalar dasturda namoyon bo‘ladi;
  • • Dastur WEB texnologiyaga asoslangan bo‘lib, axborotlar bazasi markazlashgan holda saqlanadi;
  • • Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
  • • "UzASBO" dasturi g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlaralmashinish imkoniyatiga ega;
  • • Barcha foydalanuvchilar dasturning oxirgi versiyasidan foydalanishadi;
  • • Ma’lumotlar bazasi maxsus serverlarda saqlanib har kunlik ma’lumotlar arxivatsiya qilib turiladi;
  • • Foydalanuvchining kompyuteri nosoz holga kelganida ma’lumotlar yo‘qolmaydi va foydalanuvchi boshqa kompyuterdan dasturda ishlashni davom ettirish imkoniyatiga ega;
  • • Dastur internet brauzeri orqali amalga oshirilib, foydalanuvchi kompyuteridan ortiqcha joy egallamaydi.

UzASBO ning ichqi hujjarlar bilan ishlash oynasi

Hisob raqamlari bilan ishlash oynasi

“UzASBO” dasturiy ta’minotini korporativ tarmoq orqali mehnat va vaqtni tejash shaklida samara keltiradi. Chunki, dasturning hisobotlar menyusi aktivlashtirilganda quyidagilar namoyon bo‘ladi:

  • 1. Barcha memorial orderlar;
  • 2. Bosh jurnal kitobi;
  • 3. Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar va aylanma qaydnoma;
  • 4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash;
  • 5. Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma va miqdor qiymat hisob daftari;
  • 6. Joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (292 forma);
  • 7. Kassa va xaqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari (294 forma);
  • 8. Balans va balansga ilovalar;
  • 9. Shakl-2; 10.Oylik hisoboti 1-OX;
  • 11.Debitor va kreditorlar qaydnomasi;
  • 12.Hamda boshqa hisobotlarni o‘zida qamrab olgan;

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling