19-mavzu. Induktorli sinxron mashina


Download 352.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi352.86 Kb.
#1518755
  1   2   3
Bog'liq
19-mavzu



19-mavzu. Induktorli sinxron mashina 
Induktorli generatorlar sinxron generatorning ko‘rinishlaridanbirihisoblanib, 
juda katta chastotali EYK ga ega bo‘ladi. YUqori chastota (1000

10000 Hz) 
xo‘jalik turlarining ko‘pgina sohalarida, shuningdek, induksion qizdirishda
metallarni elektr yoyi bilan eritishda, elektr payvandlashda, detallarni yuqori 
chastotali elektr energiya bilan qizdirib ishlov berishda, yuqori tezlikli elektr 
yuritmalarida va boshqalarda ishlatiladi.
An’anaviy sinxron generatorning yakor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYK 
ning chastotasi f =pn/60 bilan aniqlanadi. Chastota f ni, aylanish chastota n ni 
oshirish hisobiga ko‘paytirish mumkin, lekin uni rotorning mexanik mustahkamligi 
cheklab qo‘yadi. Juft qutblar sonini ko‘paytirib, chastotani oshirishda esa qutb 
bo‘linmasining o‘lchamlari o‘zgaradi. Shuning uchun an’anaviy konstruksiyali 
sinxron generatorlar f

400 Hz bo‘lgan chas-totalarda ishlab chiqariladi. Yuqori 
(f

400 Hz) chastotalarni olish uchun esa induktorli generatorlar ishlatiladi.
Induktorli 
generatorlar 
katta 
quvvatli 
sinxron 
generatorlar 
uchunqo‘zg‘atgichbo‘lib ham xizmat qiladi. Masalan, quvvati 2700 kV

A bo‘lgan
uch fazali kontaktsiz induktorli generator (3.8, a-rasm) katta quvvatli TВВ seriyali 
turbogeneratorlarning qo‘zg‘atgichi sifatida qo‘llaniladi. Bugenerator ishlab 
chiqargan katta chastotali EYK to‘g‘rilagich orqalio‘zgarmasgaaylantirilib 
turbogeneratorning qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi.
3.8-rasm. Katta quvvatli TВВ seriyali turbogeneratorning qo‘zg‘atgichi sifatida ishlatiladigan 
quvvati 2700 kV

A bo‘lgan uch fazali kontaktsiz yuqori chastotali induktorli generator (a
a
b


(bunda: 1 – stator; 2 – rotor; 3 – gaz sovitgich) va uning elektromagnit sxemasi (b) (bunda: 1 - 

Download 352.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling