19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


- masala. Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va Abu Ali Ibn Sinoning (980-1027) pedagogik qarashlari


Download 85.02 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1572938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
19-mavzu

3- masala. Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va Abu Ali Ibn Sinoning (980-1027) pedagogik qarashlari
Beruniy yashagan davrda O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma’naviy hayotida yirik voqealar sodir bo’layotgan bir davrda yashadi.
U Xorazmning qadimgi Kot (keyin Shobboz hozirgi Beruniy) shahrida tutiladi. Otadan yosh qoladi, uni astronom va matematik Abu Nasr ibn Iroq yoshligidan o’z tarbiyasiga oladi. Tezda o’zidan oldin o’tgan buyuk olimlarning merosini o’rganadi. Taxt uchun kurashlar chog’ida Beruniy sargardonchilikda kun kechiradi.
Ustozi ibn Iroqning yozishicha, Beruniy 21 yoshida astronomik asboblar yasagan, quyosh va oy tutilishi ustida kuzatishlar olib borgan. U 22 yoshida fan tarixida birinchi bo’lib er globusini yasagan. Bu haqida o’zi shunday deydi: «Men joy va shaharlar nomini ular orasidagi masofalarni shu joylarni kezgan va ko’rgan kishilar og’zidan eshitganlarimga asoslangan holda aniqlay boshladim. Dastlab turli kishilar ma’lumotini bir-biriga taqqoslab, qaysi biri ishonchli ekanini aniqladim, uzoqlik va kenglikni aniqlash uchun diametri 10 gazli (5 m) yarim kurra mujassami «globus» yasadim.
995 yilda Urganch hokimi Ma’mun I Xorazmni ikkala qismini birlashtiradi». 980 yilda 1004 yillar Jurjon shoxi Qobus ibn Vashmagur saroyida yashaydi. Bu erda: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli mashhur asarini yozadi. Akademik I.Yu. Krachkovskiy bu asarni «XI asr O’rta Osiyo fani uchun porloq bir davr boshlandi. Xuddi 1000 yilda juda yosh bo’lgan Beruniy o’zining «Yodgorliklar» kitobini yozib tamomladiki, hozirgi Yaqin Sharq adabiyotida bunga teng keladigan asar topilmaydi»-deb baho beradi.
1005 yili Beruniy Xorazmshoh Abul-Abbos Ma’mun II tomonidan Urganchga keltiriladi va unga ilmiy ishlarga keng imkoniyat yaratiladi. Beruniy mashhur olimlarni to’plab fanning ko’p sohalari bo’yicha ilmiy ishlarni olib boradi. U 152 kitob va ilmiy risolalardan iborat ilmiy meros qoldirgan. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Ma’danshunosnoma», «Munaj-jimlik» kabi asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan. U ham adabiyotchi, tilshunos sifatida ham mashhurdir. Beruniy ta’lim-tarbiya haqida qimmatli fikrlarni ilgari suradi. U avvalo ilmni kishi hayotidagi tutgan o’rnini alohida baholaydi. «Men g’avvosu, ilm bo’ldi ummonim» deb o’zi haqida gapiradi. «Donolarga ma’lumki, oltin kumush ketadi, lekin ilm abadiydir»-deb yozadi.
U bilim olish haqida: «Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir»... «Ilmlar ko’pdir, ular zamon o’tishi, iqboli rivoj tufayli turli fikr va xotiralar qo’shilishi ila ko’payadi»-degan mulohazalar bayon etgan. Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog’liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb ta’kidlaydi. «Inson hayotida zarurat, ehtiyojlar, ularni ilmlarga bo’lgan talablarni keltirib chiqaradi. Bu ehtiyojlarga ko’ra ilmlarni har xil tarmoqlarga bo’linadi». «Asosi bo’lmagan fandan voz kechsa ham bo’ladi» deb ilmiy tadqiqotning mohiyatini tahlil qiladi.
Beruniy insoniy fazilatlarida axloq, odobning o’rnini atroflicha tahlil qiladi. «Hakim va olimlar axloqidan ta’lim olish yaxshi xulqni turg’izadi, yomon xulqni o’ldiradi». «Rostgo’ylik shirinligini totmagan yoki shirinligini totishni istamaydigan kishi uni sevmaydi»-deb yozadi. Ilmiy ishning, bilim olishning oliyjanoblik asosida bo’lish, xudbinlikdan uzoq bo’lishni quyidagicha izohlaydi: «Ilmlarning foydasi ochko’zlik bilan oltin kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur bo’lgan narsalarga ega bo’lishdir».
To’g’ri so’zlikni ulug’lab: «Agar so’z to’g’ri va ta’sirlik bo’lsa, qamchi va qilich darkor emas»-deb yozadi.
Uning 1000 yillik yubileyini o’tkazish munosabati bilan tashkil etilgan simpozium Beruniy ilmini jahon tarixida tutgan o’rnini ko’rsatdi. Akademik I.Yu. Krachkovskiy ta’kidlaganidek, Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroq. S.P. Tolstov Beruniy ilmiy merosining ahamiyati haqida «Xorazmiy asarlarining Sharq va keyinroq esa Evropa riyoziy (matematika) ilmiga asos solganligi haqiqatga muholif bo’lmaganidek. Beruniyning qudratli ta’siri keyingi asrlarda ko’pdan-ko’p Sharq mamlakatlarida ilmning rivojlanishiga o’z ta’sirini qoldiradi».
Abu Ali ibn Sino (980, 8-1037-18,6) jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan mashhur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, muzikashunos, huquqshunos, axloqshunos, fiolog, yozuvchi va shoir, O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini, O’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Evropa Avetsena nomi bilan mashhur.
U 980 yil avgustda Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilib, asosiy bilimni Buxoroda oladi. Juda ziyrak, o’tkir qobiliyati bilan ajralib turadi. U yosh bo’lishiga qaramay, falsafa, tabiat ilmini tezda o’rganadi. U yoshligidan tabib, hakim bo’lib tanildi. 999 yil qaroxoniylar Buxoroni egallaganidan keyin 1000 yilda Buxorodan chiqib ketdi. Xorazmda ko’p olimlarni birlashtirgan «akademiya» ga bordi. Beruniy bilan hamkorlikda ishladi. Bu davr uning ilmiy kamolotiga yanada ta’sir ko’rsatdi. 1019-21 yillarda Hamodonda vazir lavozimida ishlaydi. 280 dan ortiq ilmiy asar yozgan, bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Ayniqsa, «Kitob ul-insof», «Donishnoma» asarlari dunyoga mashhurdir. XVII asrga qadar Evropa mamlakatlarida meditsinaning asosiy qo’llanmasi bo’lib xizmat qilgan 5 kitobdan iborat «Qonun» asarini alohida ko’rsatish mumkin. Ibn Sino meditsinani turli sohalarini boyitdi, turli kasalliklarning sababini aniqladi, yangi dori-darmonlar topdi.
Ibn Sino tilshunoslik, poeziya nazariyasi, muzikashunoslik va boshqalar bilan ham shu-ullanadi. «Arab tili», «SHe’r to’g’risida kitob», «Muzika haqida risola» kabi asarlar yaratdi.
Ibn Sinoga qarshi xuruj va ig’volar uning hayot ekanligidayoq boshlangan edi. U hasrat qilib shunday yozadi:
«Ulug’landimu maydonim hamon ibor
Qimmatim oldin yo’qdir xaridor».
U johillikni qoralab bir ruboyisida:
«Ikki-uch nodon kim chunun hisoblar,
Jahlidan oqili jahondir ular.
Eshak bo’lchunki u eshaksimondir
Eshak bo’lmaganni kofirga jo’yar».
Ibn Sino o’zining axloq to’g’risidagi fikrlarida insoniylik fazilatlarini ulug’laydi. U kishilarning kundalik amaliy ishlarida eng zarur axloqiy munosabatlarga kamtarlikka, izzat, hurmat, jasurlik, to’g’rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor beradi. Insonni kishilar o’rtasida o’zini tutishi, oila a’zolarining o’zaro munosabati, jamiyatda turli tabaqalarning munosabatlari maxsus yoritilgan. Tarbiyada aqliy: axloqiy va jismiy kamollikni uyg’unligini asoslashga harakat qilgan. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlansagina samarali bo’lishini ta’kidlaydi.
Ibn Sino o’zining ko’p tarmoqli mahsuldor bisoti bilan jahon madaniyati, fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. «Olimlar boshlig’i», «Tabiblar podshosi» nomi bilan mashhurdir. Uyg’onish davri rasmlarida mashhur qadimgi inson olimlari Arestotel, Gepen, Gippokrat, Pitolome, Evklid bilan bir qatordan o’rin olgan. Cherkov ruhoniysi Yakov Fridrix Reyman 1725 yilda yozgan «Ateizm va ateistlar umumiy tarixi» kitobida Jordano Bruno va Koperniklar bilan Ibn Sinoni ham xudosiz deb ataydi. Lekin uning dunyoqarashi idealistik jihatdan cheklangan edi. Uning 1000 yillik yubileyini jahon xalqi tomonidan nishonlanishi Ibn Sino merosining qimmatini ko’rsatadi. O’rta Osiyo xalqlarining buyuk mutafakkiri, entsiklopedist olim va shoir Umar Xayyom (1048 yilda Nishopurda tug’ilgan). Asosiy bilimni nishopurda Balx, Buxoro, samarqandda oladi.
Zamonasining barkamol olimlaridan bo’lib etishadi. U mashhur matematik, faylasuf, astronom va she’riyat osmonining yorqin yulduzlaridan biri, u 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qiladi, matematika va astronomiya sohasida katta ilmiy tadqiqod ishlari olib boradi. U 1077 yilda Evklid kitobidan bir necha geometrik shakllarni sharhlab ildiz topish yo’llarini ko’rsatib bergan. Ibn Sino asarlarini ko’p yillar targ’ib qiladi. Ibn Sinoni ustozi deb biladi.
1079 yilda yangi isloh qilingan kalendar taklif qilingan. Bu kalendar Evropada 500 yil keyin qabul qilingan Grigoryan kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Umrining oxirida faqirlikda umr kechirgan bo’lsada, ilmiy ishlarni davom ettirgan. O’z atrofiga shogirdlar yig’ib lektsiyalar o’qiydi, bir guruh olimlarni tarbiyalab chiqaradi. 1123 yilda Nishopurda vafot etadi. Umar Xayyom o’zining jahonshumul ilmiy asarlari bilan emas, nodir poetik asarlari bilan olamga mashhur bo’ldi. Uning ruboiylari deyarli hamma jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan.
Qisqa, ammo vazmin she’rlar kishilarni og’ir kurashlardan iborat bo’lsada, insonga eng mahbub narsani mana shu real hayotni sevishga, kerak bo’lsa shu g’oya uchun o’limga tik borishga chorlaydi. U o’zi ko’ngil taskin uchun yozgan ruboiylarini hech kimga ham o’qib bermagan. Kitoblar hoshiyasida yon daftarida bitilgan.
U ko’p ruboiylarida insoniy fazilatlarini ulug’laydigan falsafiy fikrlarini ilgari surgan. Insonlarni do’stlik va inoqlikka chaqirgan mutafakkir:
«Do’stlar, inoqlikni qilingiz bunyod,
Tez-tez diydor ko’rib o’zni aylang shod.
Soqiy toza mayni suzganda, aylang
Men bechorani ham duo birla yod»-degan edi.
Jahon xalqlari uni sevib o’qimoqdalar, yod olmoqdalar.
XII asr O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarqqiyotida katta o’rin egallagan yangi bir bosqich bo’ldi. Bu bosqichda O’rta Osiyo jahon madaniyati taraqqiyotining yirik va markaziy o’choqlaridan biri bo’ldi. O’rta Osiyo olimlari jahon ilm-fanini o’z kashfiyotlari va o’lmas ilmiy asarlari bilan boyitdilar, uning bir necha asrlik taraqqiyotiga samarali ta’sir etdilar. Shu bilan birga, O’rta osiyo xalqlari madaniy hayotning arxitektura, tasviriy san’at, naqqoshlik, o’ymakorlik kabi boshqa sohalarida ham benihoya katta yutuqlarga erishdilar. Boshqa xalqlar bilan iqtisodiy madaniy aloqalarning kengayishi fanning turli tarmoqlarini taraqqiyotiga asos bo’ldi. Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Bog’dod, Shom va boshqa shaharlardir. Sharq olimlari hamkorligining markaziga aylandi. XII asr Sa’diydan boshlangan ta’limiy, tarbiyaviy masalalarni badiyotda aks ettirish an’anasi ko’zga tashlanadi. Yu.X. Hojib, A. Yugnakiy, A. Yassaviy, S. Boqurg’oniy asarlarida pedagogik nazariyani, ta’lim-tarbiyani mohiyati, qonunlarining yoritilishini ko’rsatish mumkin.
Ammo, feodal iste’dodining keyingi bosiqichlarida ilm-fanning rivojlanishiga to’siqlar paydo bo’ldiki, bu olimlarning ijod qilishiga to’sqinlik qildi. Ulug’ olimlarning ko’p noyob asarlari yo’qotib yuborildi, ularni maktab va madrasalarda o’qitish qat’iyan man qilindi. X asr shoiri Shahid Balxiy o’z davri olimlarining ahvoli haqida bunday degan edi:
«Donishu xosta ast nargisu gul,
Ki ba yak joy nashkufand bo ham
Har kiro donish ast, xosta ...
V-on kiro xosta ast, donish kam».
(Olimlik bilan boylik nargis guli bilan atir gulidir, ular hech qachon birgalikda ochilmaydi. Kim olim bo’lsa, unda boylik yo’q, kim boy bo’lsa, unda bilim yo’q).
Lekin moddiy muhtojlik ham, ma’naviy to’sqinliklar ham olimlarning ilmiy faoliyatini tamomila bo’kib qo’ya olmadi, ular har qanday sharoitda ham yangi asarlar yaratib, ixtirolar qildilar. Shunga ko’ra ham, yuqorida zikr etilgan Shahid Balxiy: «Ey bilim, men sendan qanday voz kechaman, hamma qimmat sen tufaylidir, sensiz menga xazina kerak emas, shunday faqir hayot kechirsam ham, faqat sen bilan bo’lsam mayli. Ma’lumotli kishi uchun etarli mulozim uning ma’lumotidir, ilmsizga ming kishi mulozim bo’lsa ham, u yolg’izdir», degan edi.
1.Ta’limiy-axloqiy qarashlaming paydo bo‘lishi.
2.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari
3.Unsurul Maoliy Kaykovus “Qobusnoma” asari
4. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”, Muslihiddin Sa’diy. “Guliston”asarlari

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling