19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Download 85.02 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1572938
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
19-mavzu

Ulug’bek davrida maktab islohoti
Ulug’bek Movаrounnаhr shаhаrlаrini, xususаn Sаmаrqаnd vа Buxoroni ilm-u mа’rifаt dаrgohigа аylаntirishgа intilаdi. Uning fаrmoni bilаn 1417-yildа Buxorodа, 1417-1420-yillаrdа Sаmаrqаnddа vа 1433-yildа G’ijduvondа mаdrаsаlаr qаd ko’tаrаdi. Hаtto Buxoro mаdrаsаsining dаrvozаsigа «Bilim olish hаr bir musulmon аyol vа erkаkning burchidir» degаn kаlimа o’yib yozib qo’yilаdi.
Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma'lum va mashhuri uning “Ziji” bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”dir. “Ziji jadidi ko‘ragoniy” deb ham ataladi. “Ziji”dan tashqari uning qalamiga mansub riyoziyot asari — “Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bag‘ishlangan “Risolai Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonning Aligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba' ulus” asaridir.
Ulug‘bek “Ziji” o‘rta asrlardagi eng mukammal asar bo‘lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o‘ziga jalb etdi. Eng avval, bu asar Samarqandda Ulug‘bek atrofida to‘plangan olimlar ijodiga katta ta'sir ko‘rsatdi.
Аllоmа o’z dаvlаtidа tа’lim sоhаsidа jiddiy islоhоtlаrni tаshkil etdi. U mаdrаsаlаrni dаvlаt tа’minоtigа o’tkаzdi, mudаrris (o’qituvchi)lаrgа оylik ish hаqi bеlgilаgаn, shоgird (tаlаbа)lаrgа stipеndiya аjrаtgаn.
Muhаmmаd Tаrаg’аy Ulug’bеk mаdrаsа o’quv rеjаsigа quyidаgi fаnlаr: аrаb tili, аdаbiyot, Qur’оn, Hаdis, ritоrikа, mаntiq, fаlsаfа, fikh (qоnunchilik), mеtаfizikа, mаtеmаtikа, аstrоnоmiya, tibbiyot, gеоgrаfiya, tаriх kаbi fаnlаrni kiritаdi.
Mutаfаkkir tоmоnidаn bаrpо etilgаn hаmdа o’zi bеvоsitа tа’lim bеrgаn mаdrаsаlаrdа o’qish quyidаgi bоsqichlаrdаn ibоrаt bo’lgаn:
1. «Аndа» (kichik) – o’qish muddаti 2 yil.
2. «Аust» (o’rtа) – o’qish muddаti 3 yil.
3. «А’lо» (оliy) – o’qish muddаti 3 yil.
Bundаy yondаshuvdа, bugungi kun nuqtаi nаzаridаn аytgаndа, bаkаlаvriаt vа mаgistrаturа ko’zgа tаshlаnаdi. Аyni vаqtdа ulаr o’rtа аsr Yevropa univеrsitеtlаri uchun hаm хоs bo’lgаn.
5-masala. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari
O’zbek mumtoz adabiyotida alohida o’rin tutgan, Temuriylar avlodining so’nggi vakillaridan Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan, o’zining g’oyat samarali faoliyati bilan tarixda o’chmas iz qoldirgan shaxsdir.
Otasi Umarshayx Temurning chevarasi, Farg’ona viloyatida hokim, onasi Qutluq Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo’lgan. Bobur saroy muhitida tarbiyalandi va o’qidi, yoshligidan ilmga, she’riyatga berildi. Dovyurakligi, jasurligi va epchilligi tufayli uni «Bobur» (ya’ni yo’lbars) deb atadilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur ilm va fanning, san’atning, umuman hayotning hamma sohalari bilan yaqindan qiziqqan. G’ayrat va tashabbus, sinchkovlik va iste’dod Zahiriddin Muhammad Boburni rivojlangan feodal davrining ulug’ namoyondalaridan biriga aylantirdi. U har bir sohani aniq bilishga intilgan, undagi nuqsonlarni ko’ra bilgan va masalaning mohiyatini tezda tushunib etgan.
Jahon sharqshunoslari tomonidan olim sifatida e’tirof etilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur fanning ko’pgina sohalari bo’yicha qimmatli ishlarni amalga oshirgan. Yaqin va O’rta Sharq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat qilgan.
Masalan, o’zbek olimi, geografiya fanlari doktori, professor H. Hasanov uni faqat davlat arbobi emas, balki mashhur lashkarboshi tarixchi, geograf, biolog, musiqa va me’mor ham bo’lganini ta’kidlaydi.
Bobur ijodiyoti asosan uning lirik she’rlari va adabiy-tarixiy asari «Boburnoma» bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning xotiralaridan tashkil topgan va temuriylar davlatining tanazzulga ketish davrini o’zida ifodalagan, qomusiy xarakterdagi «Boburnoma» kitobi ilmiy-tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa sohalariga taaluqli qimmatli ma’lumotlar bor. Bundan tashqari, mazkur asar eski o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Hindistonning tabiiy manzaralarini ham, mahalliy aholining kiyinishi va urf-odatlarini ham, hayvonlari, qushlari hamda ularning qiliqlarini ham tasvirlaydi. O’zi tilga olgan narsalarni teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur o’rta asrlardagi Hindiston xalqlari tarixini o’zidan besh asr ilgari yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi mahorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari doktori S. Azimjonova shu masalani tahlil qilib, chiqargan xulosasida aytganidek, hind xalqi hayotning turli tomonlariga taaluqli materiallarning izchil bayon etilishi, originalligi va ishonarliligi jihatidan Beruniyning ma’lumotlariga faqat «Boburnoma» dagi ma’lumotlarni tenglashtirish mumkin. Beruniy va Bobur qadimiy hamda o’rta asrlardagi Hindiston tarixiga qiziquvchilar uchun asosiy manba sifatida xizmat qila oldi.
Iste’dod sohibi bo’lgan Bobur 12 yoshida podsho bo’lganidan boshlab, to umrining oxirigacha o’zi ko’rgach voqealarni, o’zi qatnashgan hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga dahldor bo’lgan yuzlab tarixiy shaxslar hayotini, fan uchun muhim ahamiyatga molik ko’plab dalillarni adabiy shaklda yoritgan «Boburnoma» va she’rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va qonunshunoslikka bag’ishlangan «Mubayyin» arab alfavitini o’zgartirish to’g’risidagi «Hatti Boburiy» aruz vazni va qofiya masalalariga doir «Mufassal», shuningdek, musiqa va harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir ham o’zining ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab qolmoqda. Uning ko’p qirrali merosida pedagogikaga oid biror maxsus kitob yoki risola mavjud bo’lmasa-da deyarli hamma asarlarida hayotga va vatanga muhabbat hislarining yaqqol ifodasini insonning yuksak burchi va kishilarning ma’naviy qiyofasi haqidagi teran fikr-mulohazalarni, fan va dinga munosabat masalalarini yaxshi xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va ma’rifatni egallashga chaqiriqni, axloqiy va estetik g’oyalarni, jo’shqin va mazmundor hayot kechirishga targ’ib qilishni va hokazolarni ko’rish mumkin.
Fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlagan Bobur adabiyot, san’at va ilm ahli bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga homiylik qildi: ilmiy-adabiy suhbatlar, mushoiralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga berilgan odamlar juda kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini quyidagicha ta’kidlaydi:

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling