19-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari va hujjatlar almashish tartibi


Download 24.07 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi24.07 Kb.
#1539119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-27 moddalar

20-modda. Soliq to‘lovchilar
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 30 — 33-moddalari.
Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan eri bo‘yicha bajaradi.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) to‘laydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 12-iyuldagi 3172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risida”gi nizom.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddalari.
21-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
(21-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi.
o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;
soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
ushbu Kodeksga muvofiq o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish;
sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish;
(21-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik;
(21-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish;
soliq munosabatlari masalalariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash;
soliq siriga rioya etish va uni saqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda va soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 24.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling