19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
- VARIANT-1.Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish.-
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-var.2.Dehqonchilikning ekstensiv tizimi.
19- VARIANT-1.Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish.-Yerni sifatli haydashda haydash usulining ham roli katta. Yer asosan 2 usulda, yani aylanma yoki (shaklli) va taxta (zagon) larga bo’lib haydaladi. Aylanma yoki (shaklli) haydash uchastkaning o’rtasi yoki chekkasidan boshlanadi. Bunda plug qayrilishlarda haydash chuqurligidan ko’tarilmay traktor buriladi, natijada traktorga zo’r keladi, u tez-tez buziladi va plug sinadi. Haydash uchastkaning o’rtasi va chetida tugallanadi. Bu usulda haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bo’lmaydi. Shuning uchun dehqonchilikda aylanma yoki (shaklli) haydash usuli man etilgan.Dala to’g’ri taxta (zagon) larga bo’lib haydalganda haydash sifatli bo’ladi. Shuning uchun yerni haydashdan oldin dala taxtalarga bo’lib chiqiladi. Traktor va plug korpuslari soniga qarab, agregatning salt yurishini kamaytirish uchun burilish joylarining kengligi 3-4 metrdan 20-25 metrgacha bo’lgani maqul. Traktorning salt yurishini, marza va egatlar sonini kamaytirish uchun taxtaning eni 40-60 m bo’lgani yaxshi. Kichik dala bitta, katta dalalar esa bir nechta taxtaga bo’linib, ichkariga yoki tashqariga ag’darib haydaladi. Aks holda marza va egatlar soni ko’payib, yerning relyefini buzadi, uni tekislash uchun ko’p mehnat sarflanadi.Yer haydash muddati har bir xo’jalikning iqlim sharoitiga va ekinlar agrotexnikasiga bog’liq. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida yer asosan, 28-32 sm chuqurlikda haydaladi. Yer soatiga 7-7,5 km tezlikda haydalsa, qatlam yaxshi ag’dariladi, uvoqlanadi va tekis chiqadi.
19-var.2.Dehqonchilikning ekstensiv tizimi.-Dehqonchilikning ekstensiv tizimi. Ekstensiv dehqonchilik siymosida haydaladigan yerlarning hammasiga yoki kup qismiga go’ng solinadi, begona o’tlardan tozalanadi va yumshatiladi. Bunga dehqonchilikning shudgor tizimi kiradi. Tuproq unumdorligi inson tomonidan boshqariladigan tabiiy omillar hisobiga tiklanadi. Doimiy ravishda yumshoq holda saqlanadigan dalalarda oziq moddalar va nam to’planadi. Dehqonchilikning shudgor tizimi lalmikor rayonlarda muhim ahamiyatga ega.Dehqonchilikning shudgorli tizimida tashlab qo’yilgan partov yerga ishlov berib begona o’tlar yo’qotiladi. Natijada, bir yildan so’ng yana ekin ekish imkoniyati tug’iladi. Dastlabki davrda ikki dalali shudgor-don almashlab ekish qo’llanilgan. Yani, yerga bir yil toza shudgor sifatida ishlov berilgan, ikkinchi yili donli ekinlar ekilgan. Keyinchalik bu tizimi ikki daladan uch dalaliga aylantiriladi. Bunda har dalaga ikki yil g’alla (birinchi yili kuzgi, ikkinchi yili esa bahorgi g’alla) ekinlari ekilib, uchinchi yili esa ekilmay shudgorga qoldirilar edi. Noqoratuproq mintaqalarida shudgorlash tizimi qator oralari ishlanadigan ekinlarni (qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, makajo’xori va boshqalarni) kiritish yo’li bilan yerning fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanadi. Masalan, 4 dalali almashlab ekish dalasida ekinlar qo’yidagicha navbatlangan: 1-dala toza shudgor, 2-dala kuzgi bug’doy, 3-dala qand lavlagi, 4 dala bahorgi bug’doy yoki arpa bo’lgan.Hozirgi vaqtda dehqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimini turli shakllari Sibirda, Shimoliy Qozog’istonda keng qo’llanilmoqda. Bu sharoitda ushbu tizim ancha intensiv bo’lganligi uchun shudgor-qator oralari ishlanadigan shakl deb nomlanadi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling