19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


Download 143.49 Kb.
bet1/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
шахига



19-var.3.Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar.Sug’orish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirish texnologik jarayoni bo’lib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga yetarlicha namiqmaydigan sharoitlarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadda qo’llaniladi. Sug’orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda agromeliorativ va tashkiliy-xo’jalik sharoitlardan kelib chiqqan holda quyidagi sug’orish turlari qo’llaniladi: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish va maxsus sug’orishlar. Namiqtiruvchi sug’orishlar tuproqda va atmosferaning yerga yaqin qatlamida o’simliklarni o’sib rivojlanishi uchun tuproqning qulay suv rejimini ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. Namiqtiruvchi-sho’r yuvish sug’orishlar esa sho’rlangan yerlarda qulay tuz rejimini ta’minlashda qo’llaniladi. Maxsus sug’orishlarga nam to’plash maqsadida, shudgordan oldin va ekishdan oldin sug’orishlar, urug’ suvi berish, o’g’itlash, sovuq urishiga qarshi va provakasion sug’orishlar kiradi. Sug’orish turlari har xil bo’lishiga qaramay, ular tuproq, o’simlik va atrof muhitga kompleks ta’sir etadi. Bu hududda parvarish qilinayotgan ekinlarning barchasi sug’orish o’tkazishni talab etadi va shu sababdan bunday yerlardagi sug’orishlar yalpi (yoppasiga) sug’orishlar deb yuritiladi.Shudgordan oldin sug’orish. O’zbekistonning tekislik mintaqalaridagi sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda ekinlarni o’suv davrida sug’orishlar tugallanib, hosil yig’ib olingandan so’ng yog’inning deyarli tushmasligi oqibatida tuproqning ustki qatlamida, ayniqsa, bug’doy, yozda haydab buziladigan bedapoya va boshqa ko’p yillik o’tlardan bo’shagan dalalar tuprog’ida nam miqdori keskin kamayib ketadi. Bu hol yerga asosiy ishlov berishni qiyinlashtiradi: yer belgilangan chuqurlikda haydalmaydi, palaxsa kesaklar ko’chi


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling