19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-savoli.. Iqlim mintaqalari va gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari


Download 143.49 Kb.
bet9/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
шахига

3-savoli.. Iqlim mintaqalari va gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda joylashgan (3–4 m) o’rtacha va og’ir qumoq bo’z tuproqlarda g’o’za gullash fazasigacha nisbatan erta muddatlarda bir marta 800–1000 m3/ga me’yorda, yengil qumoq tuproqlarda 14–16 kun oralatib 2 marta 600–800 m3/ga me’yorlarda sug’oriladi: birinchi sug’orish o’simlikda 3–4 chinbarg paydo bo’lganda va ikkinchi sug’orish shonalash davrida o’tkaziladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan (1 m. gacha) o’tloqi tuproqlarda birinchi sug’orish muddati orqaga suriladi, ya’ni gullashga yaqin amalga oshiriladi. Og’ir qumoq bo’z-o’tloqi tuproqlarda (sizot suvlari 2 m atrofida) g’o’za gullashgacha bir marta 800–900 m3/ga, yengil qumoq tuproqlarda esa 600–700 m3/ga me’yorda sug’orilsa kifoya qiladi. Mazkur zonadagi sho’rlanmagan yerlarda g’o’zaning gullash fazasiga qadar tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 65–70%, sho’rlangan yerlarda 70–75% dan yuqorida tutib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. G’o’zani gullash-meva to’plash davrida navbatdagi sug’orishlar 18–24 kun oralatib o’tkaziladi. Sug’orishlarning gallik me’yori og’ir qumoq tuproqlarda 1000–1200 m3/ga, sizot suvlari 1 m. gacha chuqurlikda joylashgan o’tloqi va o’tloqi-botqoq tuproqlarda 800–900 m3/ga. ni tashkil etadi. Sizot suvlari 1–2 m chuqurda yotgan yerlarda g’o’za 20–22 kun oralatib 2–3 marta 1000 m3/ga me’yorlarda sug’oriladi. G’o’za gullash davrigacha 20–25 kun oralatib sug’orilsa, gullash-meva to’plash davrida sug’orishlar oraligidagi davr 15–20 kunni tashkil etadi.Markaziy iqlim mintaqasida g’o’zani sug’orish soni va umumiy me’yori shimoliy mintaqadagiga nisbatan birmuncha oshiriladi.

62-var 1-savol. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.
O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir.
Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling