19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var.1-savol. Tuproqning madaniyligi va uni yaxshilash usullari


Download 143.49 Kb.
bet6/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
шахига

64-var.1-savol. Tuproqning madaniyligi va uni yaxshilash usullari. Madaniylashgan tuproq - deyilganda agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari, shu tufayli unda suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshi bo’lgan, ekinlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan tuproq tushuniladi. Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi. Biologik usul - bunda, tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va chirishini boshqarish, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni ekish, almashlab ekishni joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Kimyoviy usul - bunda, yerga har xil mineral, bakterial o’g’itlar solinadi, gips va boshqa moddalar qo’llanilib, tuproqda o’simlik oson o’zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori ko’paytiriladi. Yer ohaklanganda tuproqning kislotaligi, gipslashda esa ishqoriyligi normallashib, o’simliklarning o’sishi uchun yaxshi muhit vujudga keladi. Fizik usul – bunda, yerga fizik-mexanik tasir etiladi, ya’ni yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo’lishi va uning havo, issiqlik, suv va boshqa rejimlarini boshqarishda o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Tuproqning unumdorlik va madaniylik darajasi undagi chirindi, mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, qattiq va yumshoqligi, tuzilishi, haydalma qatlam qalinligi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Yerlarni muntazam go’nglash natijasida tuproqda chirindi, azot, fosfor va kaliyning harakatchan holatdagi miqdori ko’payib, uning singdirish sig’imi, asoslar bilan tuyinishi darajasi, nitrifikasiya qobiliyatining ortishiga olib keladi, mahalliy o’g’itlar bilan yerga ko’plab mikroorganizmlar tushadi va ular ham tuproqni madaniylashtirishda katta ahamiyatga ega.

64-var-2-savol. Tuproqdagi issiqlik manbalari. O’simliklar urug’larining unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishida issiqlikka bo’lgan talab. O’simliklarning urug’idan unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bog’liq. Har bir o’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur harorat, yani minimal harorat bilan o’rtacha sutkalik harorat orasidagi farq, foydali (effektiv) harorat deyiladi.O’simliklar turiga qarab, harorat sharoitiga turlicha munosobatda bo’ladi. Masalan, ulardan bazilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari (bahorgi don ekinlari) nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni yengil o’tkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi.O’simliklar issiqlikka bo’lgan talablariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.1.Mo’tadil iqlim poyasida o’sadigan o’simliklar; 2.Janubiy kengliklarda o’sadigan o’simliklar. Birinchi guruhga mansub o’simliklar: arpa, suli, bug’doy, javdar, ko’k nuxat, beda va boshqalarning urug’i o’rtacha temperatura 1-50 bo’lganda o’nib chiqadi, 10-120 da gullaydi va yetiladi. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’lib, maysasi 5-100da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Shuning uchun bu o’simliklarning urug’i erta bahorda-fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Kuzgi ekinlar sovuqqa ancha chidamli bo’ladi. Masalan -400 ga, qor bo’lmaganda esa -300 sovuqqa chidaydi. Chigitning o’nib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4000, gullashi uchun 4150, ko’saklar ochilishi uchun 6600, jami 15600 foydali temperatura zarur. Kechpishar g’o’za navlarining vegetasiya davri 150-160 kun, chigit unib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4150, gullashi uchun 7000, ko’saklar ochilishi uchun 720-8000, jami 1770-20000 foydali harorat kerak.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling