19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var.3.Qishloq xo’jalik ekinlarini tuz ta’siriga chidamliligi


Download 143.49 Kb.
bet5/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
шахига

14-var.3.Qishloq xo’jalik ekinlarini tuz ta’siriga chidamliligi. Qishloq xo’jaligi ekinlarining tuzga chidamliligi. Qishloq xo’jalik ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi tuzlarning o’simliklarga nisbatan ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan miqdori tushuniladi.Turli tuproq sharoitlarida o’suvchi o’simliklarning tuzga chidamlilik darajasi bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o’simlik turlari va biologik xossalarga, aynan o’simliklar navi, o’simliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari va namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog’liq. Madaniy o’simliklar, umuman olganda sho’rga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no’xat) tuzga juda kam chidamli hisoblanadi. Ayrim o’simliklar tuzga o’ta chidamli, masalan, lavlagi (qand lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo’xori. Nisbatan sho’rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium barbadense L) o’rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho’rga chidamli hisoblanadi.Sho’rga chidamlilik o’simliklarning yoshiga qarab o’zgarib turadi. Tuzning o’simliklarga dastlabki ta’siri, urug’larning unib chiqishi, nihollarning o’sishi va vegetasiyaning boshlanish davrlariga to’g’ri keladi.O’simliklar uchun nisbatan zararsiz bo’lgan sulfat tuzlari ko’p bo’lgan tuproqlarda (Farg’ona vodiysi, Buxoro viloyati) ekinlarning tuzga chidamliligi yuqoriroq, xlor tuzlari ko’p bo’lgan tuproqlarda esa kamroq. O’simliklarning sho’rga chidamliligini belgilovchi muhim omil bu – tuproq namligi hisoblanadi. Tuproqlarda tuzlar tarkibining bir xilda bo’lishiga qaramay, o’simliklarning tuzga chidamliligi tuproq namining ortib borishi bilan ko’payadi, chunki bu vaqtda tuproq eritmasining konsentrasiyasi ortadi.



14-var.2. ZOVURLAR ULARNING TIPLARI va vazifalariZovurlashtirish deb, sug’oriladigan dehqonchilikda yerning sho’rlanishi va botqoqlanishiga qarshi kurashda sizot suvlarini suniy yo’l bilan chiqarib tashlash usuliga aytiladi. Zovurning asosiy maqsadi- tuproqning tuz va suv rejimini tubdan yaxshilash uchun tuproq-gruntidan meyoridan ortiqcha sizot suvlarini chiqarib tashlashdir. Ularning asosiy vazifasi:1) Tuproqdan ortiqcha zararli tuzlarni yuvib chiqarib tashlash; 2) Sizot suvlarini maqbul chuqurlikda saqlab turish.3)Chuchuklashtirilgan yoki sizot suvlar sathini tuproqning qayta sho’rlanishi hamda botqoqlanishiga imkon bermaydigan va unumdorligini taminlaydigan darajada saqlash. Zovurlar yerning sho’rlanishi va botqoqlanishiga qarshi kurashdagi asosiy gidrotexnik tadbir bo’lib, ular suv-xo’jalik va agromeliorativ tadbirlar bilan qo’llaniladi. Zovurlarning ahamiyati shundaki, ular tuproq-gruntdagi ortiqcha minerallashgan sizot suvlarni va sho’r yuvish davomida suvda erigan tuzlarni dalalardan tashhariga chiqarib, tuproq ni tuz va suv rejimlarini rostlab turadi. Hozirgi paytda Respublikamizda barcha sho’r yerlar zovurlashtirilgan, ularning umumiy uzunligi 120 ming km.-dan ortiqdir, yoki har bir gektar yerdagi ularning solishtirma uzunligi 15-30 m. ni tashkil qiladi. Zovurlashtirilgan yerlarda sho’r yuvishning samaradorligi keskin oshadi, yer zararli tuzlardan tez tozalanadi va qayta sho’rlanishni oldini oladi.2 guruhga bo’linadi1) Tabiiy zovurlar (daryolarning eski qurigan o’zanlari)2) Sun’iy zovurlar. navbatida 4 tipga bo’linadi;1) ochiq zovurlar- ochiq bo’ylama chuqurlar orqali sizot suvlarining chiqishi.
2) yopiq zovurlar- yopiq quvurlar orqalisizot suvlarni chiqarish.
3) Tik (vertikal) zovurlar- maxsus quduqlardan sizot suvlarni nasoslar yordamida tortib chiqarish.
4) Aralash zovurlar – ochiq yoki yopiq zovurlarga qo’shimcha o’rnatilgan tik quduqlar va ulardan cizot suvlarni tabiiy bosim bilan chiqishi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling