19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-savoli. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari


Download 143.49 Kb.
bet8/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Bog'liq
шахига

2-savoli. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari. Begona o’tlar ko’p qirrali biologik xususiyatga ega bo’lgani uchun ham ularga qarshi kurashish birmuncha qiyin. Shuning uchun ularning biologik xususiyatlarini har taraflama o’rganish, ularning tarqalishni oldini olish yoki qirib tashlash tadbirlarini qo’llashni ancha yengillashtiradi. Begona o’tlarning biologik xususiyatlaridan biri ularning serurug’liligidir. Masalan, bir tup yovvoyi gultojixo’roz-500000, olabuta-150000, tuyaqorin-200000, ituzum-45000 ta ayrimlari esa milliondan ortiq urug’ hosil qiladi, madaniy o’simliklarning ko’pchilligini urug’lari soni esa 200-300 tadan oshmaydi (7-jadval). Begona o’tlarning urug’i unuvchanlik qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlaydi. Tajriba ma’lumotlariga qaraganda, semizo’t urug’i 40 yildan, tugmachagulniki 57 yildan keyin o’nuvchanlik qobiliyatini 6-18,2 % saqlagan, itqo’noq urug’i-29 0S sovuqda, yantoqniki +85-95 0S issiq suvda o’nuvchanligini yo’qotmagan. Buni ularning urug’i suv, havo o’tkazmaydigan maxsus qobiqqa o’ralganligi bilan izohlash mumkin.Begona o’tlarga qarshi kurashishdagi qiyinchiliklardan biri ular urug’ining bir tekis unib chiqmasligidir, chunki ular har xil namlik va temperatura talab etadi. Masalan, yulduzo’t urug’i o’rtacha 30S da, yaltirbosh metlaniki 10-12 0S da, yovvoyi gultojixo’roz, kurmakniki 23-27 0S da, qo’ypechak, g’umayniki 25-30 0S da unib chiqadi.Eshaksho’ra urug’ining unishi uchun o’zining quruq og’irligiga qaraganda 60 %, qo’ypechak – 100%, ituzum –271,42 % suv talab qiladi.Olabuta yetilganlik darajasi har xil bo’lgan urug’ hosil qiladi. Oq rangli, yirikroq urug’lar qulay sharoit bo’lsa, pishib to’kilgan yili unib chiqadi, mayda jigarrangli urug’lar ikkinchi yili, mayda qalin pustli qora yaltiroq urug’lar esa uchinchi yili unib chiqadi. Begona o’tlarning urug’i har xil muddatlarda unib chiqaveradi.
Madaniy o’simliklarga qaraganda begona o’tlar urug’ining barvaqt yetilishi va pishishi ularga xos xususiyatdir. Hosil yig’im-terimi boshlanguncha begona o’tlar urug’i pishib, yerga to’kiladi va bir qismi hosilga qo’shilib ketib uni ifloslantiradi. Agar begona o’tlarning urug’i pishib to’kilgandan keyin bir tekisda unib chiqqanda edi, ularga qarshi kurash bir muncha yengillashgan bo’lar edi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling