19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-VAR-2-savol.. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi


Download 143.49 Kb.
bet16/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
шахига

58-VAR-2-savol.. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.

59-VAR-2-savol. O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Haroratning mikroorganizm va organik moddalarga ta’siri. Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda malum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayyan haroratda unib chiqadi (3-jadval). Agar harorat urug’ning unib chiqishi uchun yetarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa maksimal temperatura deyiladi. Issiqlik sharoiti tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda o’simliklar uchun yaroqli holatdagi oziq moddalar hosil bo’ladi, tugunak va erkin yashovchi bakteriyalar atmosfera azotini to’playdi va hokazo.Tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik singdirishi, tarqatishi va nurlantirishi uning issiqlik xossalari deyiladi. Quyosh radiasiyasi tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai hisoblanadi. Tuproqning issiqlik sig’imi uning namligiga bog’liq. Tuproq qancha nam bo’lsa, uni qizdirish uchun shuncha ko’p issiqlik zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda nam ko’proq bo’lgani uchun yengil tuproqlarga nisbatan bahorda sekin qiziydi. Shuning uchun bunday yerlarda bahorgi dala ishlari bir necha kun keyin boshlanadi. Tuproq og’irlik va hajm issiqlik sig’imiga ega. Masalan, 1 g tuproqni 10S qizdirishi uchun ketgan issiqlik og’irlik, 1 sm3 tuproqni 10S qizdirish uchun sarflangan issiqlik tuproqning hajm issiqlik sig’imi deyiladi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling