19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var 1-savol. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati


Download 143.49 Kb.
bet18/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
шахига

56-var 1-savol. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati.Azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati.Azot: Azot tuproqda eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanishi manbalaridan bo’lgan nitratlar (NO-2, NO3) dan va ammoniy tuzlari (NH4) dan o’zlashtiradi. Bunday shakldagi azot tuproqda kam bo’ladi, chunki ular suvda yaxshi eriydi, o’simliklar va mikroorganizmlar ularni to’la o’zlashtiradi. Faqat dukkakdosh o’simliklar tuproqdagi azotdan tashqari, tugunak bakteriyalar yordamida atmosferadagi molekulyar azotdan ham oziqlanadi.Fosfor: Tuproqda fosfor kam harakatchan bo’ladi, tuproqqa singadi, suvda yomon eriydi, o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Tuproqda uning yalpi miqdori juda ko’p. Agar ular o’simliklar o’zlashtira oladigan holatga o’tkazilsa, yerlarga fosforli o’g’it solinmasdan ham 40-50 yil davomida ekinlardan mo’l hosil olish mumkin bo’lar edi. O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish yoki qo’ng’irroq tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi.Kaliy: Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va xarakatini faollashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi. Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal va qand lavlagi ildizida shakar to’planishida hamda o’simliklar organizmida oqsillarning taqsimlanishiga tasir etadi.

3-savol. Xozirgi paytdagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolati.Qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l va sifatli hosil olish uchun yerning noqulay sharoitlarini meliorasiya qilish yo’li bilan rostlash mumkin. Meliorasiya – lotincha –melioratio co’zi bo’lib, «yaxshilash» manosini anglatadi.Meliorasiya fani – yerlarning noqulay tabiiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, unumdorligini doimo oshirib borish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan fandir.Meliorasiya fani tuproqshunoslik, agrometeorologiya, dehqonchilik, o’simlikshunoslik, agrokimyo, gidrologiya, geodeziya fanlari bilan bog’langan. Meliorasiyaning asosiy maqsadi tuproqlarning noqulay sharoitlarni (suv, havo, ozuqa, issiqlik) tubdan yaxshilash, uning unumdorligini oshirib borish, qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror, mo’l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir.Meliorasiyaning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat: 1.Sug’oriladigan yerlarni sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyalanishi va tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldini olish. 2.Sho’rlangan, botqoqlangan, yemirilgan,zaharli moddalar bilan ifloslangan yerlarni tubdan yaxshilash va unumdorligini oshirish.3.Yangi yerlarni o’zlashtirish.4.Mahalliy joylarning iqlim sharoitini yaxshilash yani shamol va garmselga qarshi kurashish.5.Sel oqimi, ko’chma qumlarga hamda yer ko’chishinioldini olish va qarshi kurash.6.Yer usti, yer osti suvlarini rostlash va ulardan samarali foydalanish usullarni ishlab chiqish.7.Qo’shimcha suv manbalaridan (oqova, chiqindi) foydalanish.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling