19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-VAREANT-2-savol. Sug’orish tarmoqlarining hisobiy suv sarfi


Download 143.49 Kb.
bet20/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
шахига

57-VAREANT-2-savol. Sug’orish tarmoqlarining hisobiy suv sarfi.
Egat uzunligi tuproqning mexanik tarkibi, relyefi va joyning nishobligiga bog’liq bo’lib, egat uzunligining ortishi va egatga suv sarfining kamayishi bilan sug’orish me’yori ortib boradi. Egatning suv sarfi. Sug’orishning samaradorligi va sifati, suvdan foydalanish darajasi va suvchining ish unumdorligi egatga suv berish miqdoriga ham bog’liqdir. O’zPITI ma’lumotlariga ko’ra egatning suv sarfi ortishi bilan sug’orish davomiyligi qisqaradi, lekin oqova miqdori ortib, tuproqning irrigasiya eroziyasi kuchayadi. Suv sarfi haddan kichik bo’lgan sharoitda suvni egat oxiriga yetib borish vaqti (t1) ortadi va buning oqibatida egatning bosh qismida filtrasiyaga suv sarfining ko’payishi kuzatiladi. Sug’oriladigan yerlarda suvdan foydalanish koeffisiyentini oshirish, oqova va filtrasiyaga sarfini kamaytirish, tuproqni sifatli namiqtirish maqsadida amaliyotda o’zgaruvchan oqim bilan sug’orish keng tatbiq etilmoqda. Bunda egatga dastlab nisbatan katta miqdorda (q1) suv taqsimlanadi va suvni egat oxiriga yetib borishi arafasida uning sarfi ikki barobar kamaytiriladi (q2) hamda belgilangan sug’orish me’yori to’liq berilgunga qadar jildiratib sug’orish o’tkaziladi.

3-savol. Xozirgi paytdagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolati.Qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l va sifatli hosil olish uchun yerning noqulay sharoitlarini meliorasiya qilish yo’li bilan rostlash mumkin. Meliorasiya – lotincha –melioratio co’zi bo’lib, «yaxshilash» manosini anglatadi.Meliorasiya fani – yerlarning noqulay tabiiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, unumdorligini doimo oshirib borish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan fandir.Meliorasiya fani tuproqshunoslik, agrometeorologiya, dehqonchilik, o’simlikshunoslik, agrokimyo, gidrologiya, geodeziya fanlari bilan bog’langan. Meliorasiyaning asosiy maqsadi tuproqlarning noqulay sharoitlarni (suv, havo, ozuqa, issiqlik) tubdan yaxshilash, uning unumdorligini oshirib borish, qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror, mo’l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir.Meliorasiyaning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat: 1.Sug’oriladigan yerlarni sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyalanishi va tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldini olish.2.Sho’rlangan, botqoqlangan, yemirilgan,zaharli moddalar bilan ifloslangan yerlarni tubdan yaxshilash va unumdorligini oshirish.3.Yangi yerlarni o’zlashtirish.4.Mahalliy joylarning iqlim sharoitini yaxshilash yani shamol va garmselga qarshi kurashish.5.Sel oqimi, ko’chma qumlarga hamda yer ko’chishinioldini olish va qarshi kurash.6.Yer usti, yer osti suvlarini rostlash va ulardan samarali foydalanish usullarni ishlab chiqish.7.Qo’shimcha suv manbalaridan (oqova, chiqindi) foydalanish.Demak, meliorasiyaning asosiy vazifasi malum joyning iqlimi , tuprog’i, yer usti, yer osti va sizot suvlar tartibini yaxshilashdan iborat bo’lar ekan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko’rsatilgan. Ushbu talab bo’yicha atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolgan holda yer, suv va o’simliklardan oqilona foydalanish zarurdir. Meliorasiya fanining rivojlanishiga A.N.Kostyakov, L.P.Rozov, V.D.Jurin, V.A.Kovda, V.S.Maligin, N.A.Besednov, N.F.Bespalov, V.I.Legastayev, F.Raximboyev, K.Mirzajonov, H.Axmedov va boshqa olimlar katta hissa qo’shdilar.
O’zbekistonning Respublikasida yangi agrar islohatlarning amalga oshirilishi munosabati bilan qishloq xo’jaligini yildan- yilga yangi texnika, mineral o’g’itlar va o’simliklarni himoya qilish bilan taminlash yaxshilanmoqda, keng miqyosda irrigasiya va meliorasiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo’jaligidan olinadigan mahsulotlarning 95 % ni tashkil etadi. Yerlarni meliorasiya qilish natijasida sho’rlanish, botqoqlanish, eroziya va boshqa barcha tabiiy va antropogen zararli oqibatlar bartaraf qilinadi.
Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, sug’orish ishlarini rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa meliorativ tadbirlar dehqonchilikning madaniy saviyasini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligining iqtisodiy rivojlanishiga asosiy omil bo’ladi.




Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling