19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-VAREANT-2-savoli. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari


Download 143.49 Kb.
bet23/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
шахига

52-VAREANT-2-savoli. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari.Begona o’tlar ko’p qirrali biologik xususiyatga ega bo’lgani uchun ham ularga qarshi kurashish birmuncha qiyin. Shuning uchun ularning biologik xususiyatlarini har taraflama o’rganish, ularning tarqalishni oldini olish yoki qirib tashlash tadbirlarini qo’llashni ancha yengillashtiradi. Begona o’tlarning biologik xususiyatlaridan biri ularning serurug’liligidir. Masalan, bir tup yovvoyi gultojixo’roz-500000, olabuta-150000, tuyaqorin-200000, ituzum-45000 ta ayrimlari esa milliondan ortiq urug’ hosil qiladi, madaniy o’simliklarning ko’pchilligini urug’lari soni esa 200-300 tadan oshmaydi (7-jadval). Begona o’tlarning urug’i unuvchanlik qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlaydi. Tajriba ma’lumotlariga qaraganda, semizo’t urug’i 40 yildan, tugmachagulniki 57 yildan keyin o’nuvchanlik qobiliyatini 6-18,2 % saqlagan, itqo’noq urug’i-29 0S sovuqda, yantoqniki +85-95 0S issiq suvda o’nuvchanligini yo’qotmagan. Buni ularning urug’i suv, havo o’tkazmaydigan maxsus qobiqqa o’ralganligi bilan izohlash mumkin. Begona o’tlarga qarshi kurashishdagi qiyinchiliklardan biri ular urug’ining bir tekis unib chiqmasligidir, chunki ular har xil namlik va temperatura talab etadi. Masalan, yulduzo’t urug’i o’rtacha 30S da, yaltirbosh metlaniki 10-12 0S da, yovvoyi gultojixo’roz, kurmakniki 23-27 0S da, qo’ypechak, g’umayniki 25-30 0S da unib chiqadi.Eshaksho’ra urug’ining unishi uchun o’zining quruq og’irligiga qaraganda 60 %, qo’ypechak – 100%, ituzum –271,42 % suv talab qiladi. Hosil yig’im-terimi boshlanguncha begona o’tlar urug’i pishib, yerga to’kiladi va bir qismi hosilga qo’shilib ketib uni ifloslantiradi. Agar begona o’tlarning urug’i pishib to’kilgandan keyin bir tekisda unib chiqqanda edi, ularga qarshi kurash bir muncha yengillashgan bo’lar edi.

52-var.1-savol. Tuproq unumdorligi va uning turlari.Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog’liqdir. Tuproq unumdorligi deganda o’simlikni butun (vegetasiya) o’suv davri davomida suv va oziq elementlari bilan taminlash xususiyati tushuniladi. Ana shu xususiyatiga ko’ra tuproq tabiiy jinslar, toshlar, qum va boshqalardan keskin farq qiladi. Inson tuproqning unumdorlik xususiyatidan mutassil foydalanadi va ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida uning tarkibiy o’zgarishlariga tasir qiladi. Qishloq xo’jaligining barcha sohalarni rivojlanishi tuproqning unumdorligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham, tuproq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi va tuproq unumdorligi haqida g’amxurlik qilish qishloq xo’jalik bilan bog’liq barcha kishilarning kundalik vazifasidir. Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishning ilmiy asosda tashkil etishi, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi. Suniy yoki samarali unumdorlik inson faoliyati ishtirokida hosil bo’ladi va u tuproqda inson tomonidan oziq elementlarining ko’paytirilishiga, suv bilan taminlanishiga, tuproq fizik xossala-rining yaxshilanishiga bog’liq. Binobarin, tuproq unumdorligi ijtimoiy, iqtisodiy tuzumga, ilm-fanning, texnika taraqqiyotining, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir.




Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling