19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
-VARIANT-3-savol. Qishloq xõjalik ekinlarini tuz ta'siriga chidamliligi
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50-var.1-savol. Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta’siri hamda almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari.
51-VARIANT-3-savol. Qishloq xõjalik ekinlarini tuz ta'siriga chidamliligi. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish va sho’r yuvish meyorlarini to’g’ri belgilash uchun tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorini aniqlash ishning maqsadi hisoblanadi.Tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorini aniqlash tuproqqa meliorativ baho berish va uni yuvish meyorini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi suv miqdori tuproqning mexanik tarkibiga va uning adsorbsiyalash xususiyatiga bog’liqdir. Tuproq tarkibidaga tuz va suv miqdorlarini aniqlash, tuproqning hajmiy massasini, namligini, tuz miqdorlarini % va hisobiy qatlam qalinligi bo’yicha ma’lumotlarni olish lozim. Suv va tuz miqdorlarini aniqlash uchun 1 ga maydondagi h qatlam qalinligidagi d hajmiy massadagi tuproqning og’irligini quyidagi ifoda orqali hisoblaymiz:V = F x h x dBu yerda: V – tuproq og’irligi, t/ga,F – 1 ga maydon yuzasi, 10000 m2 h – hisobiy qatlam qalinligi , m,d – tuproqning hajmiy massasi, t/m3.Agar hisobiy qatlam 10 sm tuproq hajmiy massasi 1,30 t/m3 bo’lsa 1 ga maydondagi tuproq og’irligi quyidagiga teng:V = F x h x d = 10000 x 0,1 x 1,30 = 1300 t/ga.Demak, 10 sm qalinlikdagi 1,30 t/m3 hajmiy massadagi tuprpokning og’ir ligi 1 gektarda 1300 tonnaga teng. Agar uning 19,6 % ini namlik tashkil etsa, 1 gektardagi suv miqdori Wv quyidagiga teng. Agar tuproq tarkibidagi tuz S 0,85% ni tashkil etsa, 1 gektar maydonida Wc = 100 x 0,1 x 1,30 x0,85 = 11,05 tonna tuz bo’lar ekan. Tuproq tarkibidagi tuz miqdori Ws ham xuddi shunday ifoda yordamida aniqlanadi:Ws = 100 x h x d x c,Bu yerda: Ws – tuproq tarkibidagi tuz miqdori, t/gas – tuproq tarkibidagi tuz miqdori, %
50-var.1-savol. Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta’siri hamda almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari.Almashlab ekishda o’tmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega. O’tmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga aytiladi. Beda o’simligi katta agrotexnik va xo’jalik ahamiyatiga ega. 1.Tuproqning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, donador holatga aylantiradi, chunki uning ildiz tizimi kuchli rivojlangan.2.Serbargliligi, tuproq yuzasini Quyosh qizdirishidan saqlab, butun o’suv davrida tuproq yuzasiga tuzlarning ko’tarilishini to’xtatadi, bu jihatdan meliorativ tadbirni o’tkazdi. 3.Yer osti suvlari sathining pasayishiga olib keladi, chunki bu o’simlik massasi orqali gektariga 12-15 ming m3 suv bug’lantiradi, biologik drenaj rolini uynaydi, zaharli tuzlar kamayadi.4.Ildizda tugunak bakteriyalar rivojlanib azot to’plasa, ildiz qoldig’ida ham 2-2,5% gacha azot to’playdi. Ikkalasi hisobiga har gektarida 500-600 kg gacha azot to’plashi mumkin.5.Bedapoyada gumus miqdori ko’payadi, 3-yillik bedapoyaning 20-25 sm da 8-15 t/gacha gumus ko’payadi. Bu hisobda tuproqning barcha xossalari, ayniqsa suv balansi yaxshilanadi.6.Beda ildizi chirishi bilan tuproqda harakatchan fofor miqdori oshadi. 7.Beda vilt va boshqa kasalliklarni kamaytiradi.8.Beda mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi.9.Beda yuqori mahsuldorli yem-xashak ekinidir. U oqsil va karotinga boydir. Meliorativ jihatdan noqulay bo’lgan yerlarda 1:3:4; 1:3:5; shamol eroziyasi yoki qumli tuproqlarda 3:3; 3:4; 3:3:1 tizimlari qo’llanilgani maqul.Dehqonchilikda tuproq unumdorligiga qarab almashlab ekishning hozirgi vaqtda tavsiya etilayetgan 8-dalali (3:4:1) va 6-dalali (2:3:1) sxemalarining rotasiyalarini keltiramiz. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling