19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
- Variant1. EGATLAB SUG'ORISH TEXNIKASI USULLARI-
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. GOZANI SUĢORISG REJIMI
4- Variant1. EGATLAB SUG'ORISH TEXNIKASI USULLARI-Egatlab sug’orish yer yuzasidan sug’orishning eng takomillashgan usuli bo’lib, nishobligi 0,001 dan 0,05 gacha bo’lgan yerlarda yetishtirilayotgan qator oralari chopiq qilinadigan ekinlarni asosiy sug’orish usuli hisoblanadi. Bu usul bog’ va uzumzorlar, ayrim hollarda yoppasiga ekilgan ekinlar (boshoqli don va yem-xashak o’tlari)ni sug’orishda ham qo’llaniladi. Egatlab sug’orishda suv dala bo’yicha sug’orish egatlari orqali taqsimlanadi va suv tuproqqa egatning tubi va devorlari orqali singadi. Egatlab sug’orishda qo’shni egatlarning namiqish konturlarining o’zaro qo’shilishi yuzaga keladi. Tuproqni mexanik tarkibiga bog’liq holda bu qo’shilish sug’orish davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Yengil tuproqlarda suv gravitasiya ta’sirida uning chuqur qatlamlariga singadi.Qishloq xo’jaligi ekinlarini egatlab sug’orish tuproqni chuqur qatlamlarigacha namiqtirish imkonini beradi, bostirib sug’orishlarga qaraganda tuproq strukturasi yaxshi saqlanib qoladi, tuproq kuchli zichlashmaydi. Egatlab sug’orish tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Suv bilan 20–30% maydon bostiriladiEgatlar oralig’i – pushtalar doim yumshoq holatda bo’lib, namlikni yaxshi saqlaydi. Lekin egatning boshi va oxirida tuproqni bir xil chuqurlikda namlash imkoniyatining yo’qligi, suvchining ish unumdorligini kamligi (g’o’zani sug’orishda bir smenada 0,5–1,0 ga), nisbatan katta miqdorlarda suv berishning mumkin emasligi ushbu sug’orish texnikasining kamchiliklari. sug’orish texnikasi elementlarini to’g’ri belgilanganligiga bog’liqdir va suvning chuqur qatlamlarga sizib, bug’lanib va oqovaga chiqib isrof bo’lishini kamaytirishga imkon beradi.
2. G'O'ZANI SUĢORISG REJIMI-G’o’zani sug’orish rejimini iqlim, tuproq, gidrogeologik, tashkiliy-xo’jalik sharoitlar, o’simlikning biologik xususiyatlari kabi omillar belgilaydi. G’o’zani sug’orish uning suvga bo’lgan munosabatiga ko’ra o’sib rivojlanish davrlariga muvofiq amalga oshiriladi. G’o’zani gullash fazasigacha bo’lgan davrda o’simlikda 8–10 tagacha hosil shoxlari va ildiz tizimi shakllanadi. Bu jarayonni mo’tadil kechishi uning sug’orish rejimini qay darajada to’g’ri belgilanishi va ta’minlanishiga bog’liq: o’tkaziladigan sug’orishlar g’o’zani jadal o’sib ketishiga sabab bo’lmasligi, gullash fazasini o’z vaqtida boshlanishi hamda o’simlik tupining quyi yaruslaridagi hosil tugunlari va ko’saklarni deyarli to’liq saqlanishini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. G’o’zani juda erta va katta me’yorlarda sug’orish tuproq haroratini pasayishiga sabab bo’ladi, tuproq ortiqcha zichlashib ketadi, uning havo va oziq rejimlari yomonlashadi, tuproqda kechuvchi mikrobiologik jarayonlar susayadi. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda yotgan yerlarda g’o’za gullashgacha bir marta, markaziy mintaqada ikki va janubiy mintaqada 2–3 marta sug’oriladi. Sizot suvlari 1–2 m chuqurlikda yotgan o’tloqi tuproqlarda bir marta sug’orish kifoya qilsa, 1 m gacha chuqurlikda joylashgan tuproqlarda esa ekin sug’orilmaydi yoki gullashga yaqin bir marotaba sug’oriladi. Sizot suvlariSizot suvlari chuqurda joylashgan bo’z tuproqlarda g’o’za gullash-meva to’plash davrida suv bilan ta’minlanganlik mo’tadil yillari 4–5 marta, namgarchilik ko’p yillari 3–4 marta, 1 m gacha chuqurlikda yotgan yerlarda 2 marta, janubiy iqlim mintaqasida esa 4–6 marta sug’orilishi lozim.G’o’zaning pishish davri odatda avgust oyining oxiri va sentyabrning boshlarida boshlanadi Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling