19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-savol. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi


Download 143.49 Kb.
bet31/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
шахига

. 2-savol. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.

. 3-savol. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar.Tuproqning unumdorligiga va ekinlardan muttasil yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnika chora tadbirlari orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, yerga ishlov bermasdan turib bunday yerda ekin yetishtirib bo’lmaydi. Tuproq o’simlik ildizi uchun yetarli darajada yumshoq bo’lganda, uning suv fizik xususiyatlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshi bo’ladi. Yerni ishlash deganda, uni shudgor qilish, tekislash, boronalash, kultivasiyalash, chizellash, mola bosish kabi ishlar tushuniladi. Yerni ishlashdan asosiy maqsad, zichlangan yuqori qatlamni sifatli qilib yumshatishdan iborat. Ishlash vaqtida yer ag’darib chopiladi, aralashtiriladi, yumshatiladi, natijada tuproq yumshoq, suv va havo yaxshi o’tkazadigan bo’ladi. Bir-biri bilan bog’liq holda o’tkaziladigan tuproqqa har xil mexanik ta’sir etishlarga yerni ishlash tizimi deyiladi. Yer ishlanganda tuproq (suv, havo, issiqlik va oziq) rejimlarining yaxshi bo’lishi uchun qulay sharoit yaratiladi, yani haydalma qatlam tuzilishi va uning donadorligi o’zgaradi; tuproqning qo’yi qatlamidagi oziq moddalar yuqoriga ko’tarilib, uning aylanish davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi; begona o’tlar yo’qotiladi; organik va mineral o’g’itlar va ang’iz tuproqqa qo’shiladi; tuproqning yuza qatlamida yoki o’simlik qoldiqlarida yashayetgan, ekinlarning zararkunanda va kasallik quzg’atuvchilari yo’qotiladi; yerni ekin ekishga tayyorlash, egat va jo’yak olish hamda ekinni parvarish qilishda qator orasiga ishlov berish kabi ishlar bajariladi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling