19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
-var.1-savol. .O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- . 47-var. 1-savol. Tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati.
- 2-savol.. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi
. 48-var.1-savol. .O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari. Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.O’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi. Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi. Agar tuproqda nam uzoq vaqtgacha yetarli bo’lmasa, o’simliklar hayot faoliyati izdan chiqadi va so’liydi, natijada ularda gidroliz jarayoni kuchayib, sintezlash esa to’xtaydi. O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi esa transpirasiya, quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdori transpirasiya koeffisiyenti deyiladi.
. 47-var. 1-savol. Tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati.Tuproqning qattiq fazasi va har xil g’ovaklar egallagan hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapillyar, undan kattalarini nokapilyar g’ovaklik deyiladi. Nokapilyar g’ovaklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar g’ovakliklar ko’paysa, yani tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziqa rejimi eng qulay – 1:1 dan 1:3 gacha bo’lishligi belgilangan. Haydalma qatlam tuzilishini tuproq strukturasining joylashishi (zichligi)ni o’zgartirish yo’li bilan boshqarish mumkinligi aniqlangan. Malumki, tuproq uch qism yoki fazadan: qattiq, suyuq va havodan tashkil topgan. Qattik faza har xil mineral va organik moddalardan iborat bo’lib turli zichlikda bo’ladi. Tuproqning (zichligi) hajm massasi deb, strukturasi buzilmagan mutloq quruq tuproq massasining uning hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajmiy massa tuproqning barcha massa hajmini, yani uning qattiq qismi va g’ovaklarini o’z ichiga oldi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo’lib, 1 dan 1,8 g/sm3 gacha uzgarib turadi. Sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarning hajm massasi vegetasiya davomida haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 , mexanik tarkibi og’ir botqoq tuproqli yerlarda esa 1,7-1,9 g/sm3 atrofida bo’ladi. Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 g/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi. . 2-savol.. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling