19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
Tuzlarni o’simliklarga ta’siri sabablari
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-variant 1. ÒSIMLIKLAR UCHUN KERAK BÒLGAN MINEMAL, MAKSIMAL VA OPTIMAL HARORATLAR
2. Tuzlarni o’simliklarga ta’siri sabablari.-Tuzlarning o’simliklarga ta’siri turlicha bo’ladi. Tuzlar o’simliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintiz jarayonlarini buzadi.Tuz ta’sirida o’simliklarda fotosintiz kamayadi va buning natijasida quruq modda to’planishi susayadi. Shuning uchun ham sho’r tuproqlarda yetishtiriladigan ekinlarning bo’yi kalta, bargi va shohlari kichik bo’lib qoladi.O’simliklarda fotosintez jarayonining kamayishi tuproqdagi tuzlarning tarkibiga bog’liq. O’simliklarda fotosintez jarayonining kamayishi tuproqdagi tuzlarning tarkibiga bog’liq.Sulfat-xlorid tuzlari bilan sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfat bilan sho’rlangan tuproqlarga nisbatan quruq modda kam to’planadi va bunda o’simliklarning rivojlanishi ancha orqada qoladi. Tuzlar o’simliklarning hujayralariga ham ta’sir qiladi.Masalan, xlorli tuzlar bilan sho’rlangan yerlarda o’simliklarda galossukkulentlik alomati rivojlanadi, ya’ni o’simlik xujayrasi kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ular ancha yo’g’onlashadi, o’simliklarni suv so’rishi va ajratishi susayadi. Sulfatli tuzlar bilan sho’rlangan tuproqlarda o’simliklarda kseromorfizm alomatlari ko’zga tashlanadi (, ya’ni o’simlik xujayralari kichiklashadi 1-undan-qancha-olsangiz-kattalashadi-qancha-qoshsangiz-kichikl.html), barg tomirlari ko’payadi, natijada transpiratsiya intensivligi ortadi.Tuzlar o’simlikningsuvrejiminihambuzadidaryolar-suv-rejiminingelementlari.html), tuproqning sho’rlanganlik darajasi ortishi bilan uning suv sarflash qobiliyati kamayib boradi. Masalan, vegetatsiya davomida kuchsiz sho’rlangan yerlarda bir tup go’za 156,1 kg suv sarflagan bo’lsa, kuchli sho’rlash yerdagi go’za 92,35 kg suv sarflagan.
7-variant 1. ÒSIMLIKLAR UCHUN KERAK BÒLGAN MINEMAL, MAKSIMAL VA OPTIMAL HARORATLAR-O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Haroratning mikroorganizm va organik moddalarga ta’siri. Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda malum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayyan haroratda unib chiqadi (3-jadval). Agar harorat urug’ning unib chiqishi uchun yetarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa maksimal temperatura deyiladi. Tuproq og’irlik va hajm issiqlik sig’imiga ega. Masalan, 1 g tuproqni 10S qizdirishi uchun ketgan issiqlik og’irlik, 1 sm3 tuproqni 10S qizdirish uchun sarflangan issiqlik tuproqning hajm issiqlik sig’imi deyiladi. Tuproqning issiqlik sig’imi uning namligiga bog’liq. Tuproq qancha nam bo’lsa, uni qizdirish uchun shuncha ko’p issiqlik zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda nam ko’proq bo’lgani uchun yengil tuproqlarga nisbatan bahorda sekin qiziydi. Shuning uchun bunday yerlarda bahorgi dala ishlari bir necha kun keyin boshlanadi. O’simliklar va mikroorganizmlar hayotida suv va oziqa rejimlariga ko’ra tuproqning issiqlik balansi muhim rol uynaydi, shuningdek, bu rejimlar bir-biri bilan o’zaro bog’liqdir. Issiqlik balansini tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqlik tashkil etadi va u 1 sm2 kaloriya bilan ifodalanadi.Organik moddalarning mikroorganizmlar tasirida parchalanishi natijasida ham tuproqda issiqlik hosil bo’ladi. Bu biologik jarayondan issiq xonalarda ko’chat yetishtirishda (go’ng, g’o’za puchoq va har xil organik moddalar solib) keng ko’lamda foydalaniladi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling