19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


Sug’oroish tizimlarining foydali ish koeffisiyenti va uni oshirish tadbirlari


Download 143.49 Kb.
bet40/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
шахига

2. Sug’oroish tizimlarining foydali ish koeffisiyenti va uni oshirish tadbirlari.Tizimning texnik holatini ko’rsatuvchi asosiy kattalik – bu uning foydali ish koeffisiyentidir. U tizimga olinayotgan suvning qancha qismi ishlatilganligi va qancha qismi isrofgarchiliklarga sarflanishini ko’rsatadi.Sug’orish tizimining FIK kanal o’zani tuprog’ining mexanik tarkibi, kanalning suv sarfi, uzunligi, ish davri va sizot suvlarning joylashgan chuqurligiga bog’liq ravishda turlicha qiymatlarga ega. Xo’jaliklararo sug’orish tizimlarini FIK ning eng katta qiymatlari 0,9 ga, xo’jalik sug’orish tizimlariniki 0,8 ga, sug’orish texnikasiniki esa 0,8 ga teng.Muvaqqat sug’orish tarmoqlarida suvning solishtirma isrofgarchiligi kuchli suv o’tkazuvchanlikka ega tuproq o’zanli doimiy kanallardagiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Xo’jalik sug’orish tizimlarining FIK ni oshirish uchun birinchi navbatda tizimning barcha bo’g’inlarida bo’ladigan suv isrofgarchiliklarini mumkin qadar kamaytirish talab etiladi.
Mavjud sug’orish tizimlarini takomillashtirish – kanallarning FIK ni oshirish, sug’orishni zamonaviy usullarini tatbiq etish evaziga tizimning FIK ni 0,50–0,60 dan 0,70–0,85 gacha, YeFK ni 0,40–0,50 dan 0,70–0,85 gacha oshirish ta’minlanadi.

3. TUPROQDA TUZLARNI YÒL QOYILISHI BÒLGAN MIQDORI-Tuproqda tuzlarning yo’l quyilishi mumkin bo’lgan miqdorini aniqlash mashg’ulot maqsadi hisoblanadi.Tuproq tarkibida massasiga nisbatan 0,3 foizgacha suvda eruvchan tuzlar (qattiq qoldiq mavjud bo’lsa ham ular o’simliklarga zararli tasir ko’rsatmaydi. Shuning uchun bunday tuproqlar sho’rlanmagan deb hisoblanadi. Tuproq tarkibida tuzlar miqdori 0,3 foizdan oshsa, tuzlar o’simliklarga zararli tasir ko’rsata boshlaydi. Shuning uchun bunday tuproqlar sho’rlangan tuproqlar deb hisoblanadi.Sho’rxok tuproqlardan farqlanuvchi sho’rtob tuproqlar ham uchraydi. Sho’rtoblar deb, illyuvial qatlamning tarkibida ko’p miqdorda singdirilgan holatdagi almashinuvchi natriy bazan esa, ancha miqdorda singdirilgan magniy saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Sho’rxoklardan farqli o’laroq, sho’rtoblarda oson eriydigan tuzlar eng ustki qatlamda emas, balki biroz chuqurroqda mavjud bo’ladi.sho’rlanish darajasi miqdoriy ko’rsatgichlarining o’ziga xos ko’rsatgichlari mavjud. Xloridli tip sho’rlanishga kiradigan Mirzacho’l tuproqlari sharoitida g’o’zani ekishdan oldin tuproqda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan tuzlar miqdori 0,3-0,4% ga yoki xlor bo’yicha 0,01-0,02% bo’lsa, Farg’ona vodiysining sulfatli tuproqlarida bu ko’rsatgichlar tegishli ravishda 0,6-0,8% va 0,3-0,4% ni tashkil etadi. Chunki kalsiy kationi tuproq singdiruvchi kompleksidan natriy kationini doimo siqib chiqarib turadi.Tuproqka melorativ baho berish va uning tuz rejimini o’rganish uchun undagi tuzlarni sifat va miqdorini bilish katta ahamiyatga egadir. Chunki kalsiy kationi tuproq singdiruvchi kompleksidan natriy kationini doimo siqib chiqarib turadi.
Tuproqka melorativ baho berish va uning tuz rejimini o’rganish uchun undagi tuzlarni sifat va miqdorini bilish katta ahamiyatga egadir.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling