19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


IQLIM MINTAQALARI VA gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari


Download 143.49 Kb.
bet43/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
шахига

2.IQLIM MINTAQALARI VA gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda joylashgan (3–4 m) o’rtacha va og’ir qumoq bo’z tuproqlarda g’o’za gullash fazasigacha nisbatan erta muddatlarda bir marta 800–1000 m3/ga me’yorda, yengil qumoq tuproqlarda 14–16 kun oralatib 2 marta 600–800 m3/ga me’yorlarda sug’oriladi: birinchi sug’orish o’simlikda 3–4 chinbarg paydo bo’lganda va ikkinchi sug’orish shonalash davrida o’tkaziladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan (1 mgacha) o’tloqi tuproqlarda birinchi sug’orish muddati orqaga suriladi, ya’ni gullashga yaqin amalga oshiriladi. Og’ir qumoq bo’z-o’tloqi tuproqlarda (sizot suvlari 2 m atrofida) g’o’za gullashgacha bir marta 800–900 m3/ga, yengil qumoq tuproqlarda esa 600–700 m3/ga me’yorda sug’orilsa kifoya qiladi. Mazkur zonadagi sho’rlanmagan yerlarda g’o’zaning gullash fazasiga qadar tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 65–70%, sho’rlangan yerlarda 70–75% dan yuqorida tutib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi.G’o’zani gullash-meva to’plash davrida navbatdagi sug’orishlar 18–24 kun oralatib o’tkaziladi. Sug’orishlarning gallik me’yori og’ir qumoq tuproqlarda 1000–1200 m3/ga, sizot suvlari 1 m. gacha chuqurlikda joylashgan o’tloqi va o’tloqi-botqoq tuproqlarda 800–900 m3/ga. ni tashkil etadi. Sizot suvlari 1–2 m chuqurda yotgan yerlarda g’o’za 20–22 kun oralatib 2–3 marta 1000 m3/ga me’yorlarda sug’oriladi.G’o’zani pishish davrida yengil qumoq tuproqlarda 1–2 marta 600–700 m3/ga me’yorda sug’orish lozim. Sizot suvlari chuqurda yotgan yerlarda g’o’za avgust oyining oxirida 1 marta sug’oriladi.
Qoraqalpog’iston respublikasining janubiy zonasidagi sizot suvlari 2–3 m chuqurlikda joylashgan og’ir qumoq va soz tuproqlarida g’o’za 2–3–0 sxemada umumiy 5100 m3/ga me’yorda 5 marta sug’orilsa, sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan (0,5–1 m) yengil qumoq va qumloq hamda og’ir qumoq va soz tuproqlarda 1–3–0 sxemada tegishli ravishda 3400 va 4400 m3/ga umumiy me’yorda sug’oriladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli bunday yerlarda g’o’za pishish davrida sug’orilmaydi. Sug’orishlarning gallik me’yori 800–1200 m3/ga. ni tashkil etadi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling