19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-BILET 1Tuproq unumdorligi va uning turlari


Download 143.49 Kb.
bet51/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Bog'liq
шахига

24-BILET 1Tuproq unumdorligi va uning turlari
Tuproq unumdorli - tuproqning suv, oziq moddalar va boshqa bilan taʼminlash xususiyati. Tuproq togʻ jinslaridan unumdorligi bilan farq qiladi. Unumdor tuproqlarda insonga asosiy oziqovqat mahsulotlarini beruvchi qishloq xoʻjaligi. oʻsimliklari oʻstiriladi. Yer faqat unumdorlik xususiyati tufayli qishloq xoʻjaligi.da ishlab chiqarish. vositasiga aylangan. Tuproq unumdorligi tuproqhosil qiluvchi omillar: iqlim, relyef, tuprok hosil qiluvchi jinslar, tabiiy va madaniy oʻsimliklar bilan uzviy boglik, ammo unumdorlik darajasida, ayniqsa, yerdan foydalanish xarakteri katta ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligining eng muhim omillar: oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar va ular turining yetarli miqdorda boʻlishi; oʻsimlik oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan namning mavjudligi; yaxshi tuprok, aeratsiyasi; tuproqning granulometrik tarkibi, struktura holati va tuzilishi; zaharli moddalar (kislota, ishqor, tuz va boshqalar) miqdori; tuproq reaksiyasi va boshqalardan iborat.

24-BILET 3- IQLIM MINTAQALARI VA GIDROMODUL RAYONLAR-Iqlim mintaqalari - Yer yuza sila kenglik boʻylab yoki kenglikka yaqin yoʻnalishda choʻzilgan, birbirlaridan quyoshning nur energiyasi bilan isitilishiga hamda atmosferadagi havo harakatlariga koʻra farq qiluvchi zonal mintaqalar. I.m.ning hosil boʻli-shiga asosiy sabab Yerning kurra (shar) shaklida ekanligidir. Yer yuzida ekvatorial, 2 subekvatorial (Shim. va Jan. yarim sharlar uchun), 2 tropik, 2 subtropik, 2 moʻʼtadil, subarktika, sub-antarktika, arktika va antarktika I.m. ajratilgan. Har bir zonada tuproq mexanik tarkibiga qarab yengil (qumli, qumloqi), oʻrta (yengil va oʻrtacha qumoqli) va ogʻir (ogʻir qumoqli, gilli va qatlamli) turlarga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalari har bir tuproq turi tarqalgan maydonlar, sizot suvlari sathining chuqurligiga qarab quyidagi gidromodul rayonlari ajratiladi: grunt suvlari sathi 3 m dan chuqur; 2—3 m, 1—2 m va 1 m dan kam boʻlgan rayonlar. Grunt suvlari sathi chuqurligiga koʻra yengil tuproqlarda 1, II, III; oʻrtacha tuproqdarda IV, V, va VI, ogʻir tuproqdarda VII, VIII va IX gidromodul rayonlari belgilangan. Grunt suvlari chuq. 1 m va undan yuza boʻlgan hollarda tuproqning hamma turlari X gidromodul rayonga kiritiladi.Sugʻoriladigan maydonlarning kengayishi natijasida tuproq qatlami va suvfizik va kimyoviy tarkibi turlicha boʻlgan yerlar ekinzorlarga aylanmoqda. Bunday yerlarda ekinlarni oʻstirish tuproqning shoʻrlanish darajasi va tipiga, sugʻorish suvining sifati va tuproq qatlamining tuzilishiga koʻra turli miqdorda suv talab qiladi. 



Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling