22-BILET 2 - SAVOL JAVOBI -ZOVURLAR VA ULARNI TIPLARI VA VAZIFALARIZovur — yer osti va sizot suvlari sathini pasaytirish, toʻqayzor va zax yerlarni quritish maqsadlarida zax suvlarni chiqarib tashlash uchun kazilgan ariq yoki kanal. Kollektor va drenajning melioratsiya inshootlari bilan jihozlanmagan ibtidoiy shakli. Oʻrta Osiyo dehqonchiligida 3. mil. av. 2—1ming yilliklarda qurila boshlangan.[1] Zovurlar va ularning vazifasi. Sizot suvlari yuqori joylashgan bo’lib, to’shamasining tubini kappillyar namlanishdan saqlash uchun yo’l poyini baland qurishning iloji bo’lmagan hollarda zovurlar qazib sizot suvlarni pasaytiradi. Zovurlar gruntga yotqizilgan quvurlar (yopiq zovur) yoki yirik suv qochirish materiallari bilan to’ldirilgan chuqur ariqlardan iborat buladi. Yopiq zovur gruntga yotqizilgan asotsement, sopol yoki betondan tayyorlangan quvurdan tuzilgan bo’lib, suv bu quvurga bo’g’inlarning ochiq tirqishlari orqali kiradi. Tizimda, sug‘orish va sizot hamda zovur suvlarini minerallashganlik darajasini aniqlash, tuproqlarning suv fizik xossalarini tekshirish, tuproqlarning sho‘rlanish xili va darajasini aniqlash va yerni meliorativ holatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun laboratoriya tashkil qilinadi. Sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab piket, kilometr, reper ko‘rsatuv belgilari qo‘yiladi.
22-BILET 3-SAVOL JAVOBI-OCHIQ GORIZONTAL ZOVURLARNI AVZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI OCIQ ZOVURLARDAN FOYDALANISHorizontal drenaj - zax qochiruvchi drenaj turi; ortiqcha tuproqgrunt suvlarini yigʻish va ularni zaxi qochiriladigan hududdan tashqariga chiqarib yuborish uchun qurilgan ochiq kanal (zovur)lar yoki uzluksiz drenaj (suvoqar) koʻrinishida yerga yotqizilgan quvurlar tizimidan iborat. Asosiy drenalar (tartibga soluvchi qism), suv qabul qilgichlar G.d.ning asosiy qismlaridir. Gidrostatik bosim farqi taʼsirida suvning drenalarga sizilib chiqishi hisobiga yer osti suvlari sathi tartibga solinadi. Sizib chiqqan suv drenadan oʻzi oqib ketadi. Oʻrta Osiyoda G.d. eng koʻp tarqalgan boʻlib, melioratsiyalanadigan (zaxi qochiriladigan) yerlarning 85% dan koʻprogʻiga xizmat koʻrsatadi.Ochiq drenajlar bir qancha jiddiy kamchiliklari (drenajlar va zovurlar texnik holatining yomonlashishi, zax qochirish davrining uzoq davom etishi, shoʻr yuvishda suvning koʻp sarflanishi va b.) tufayli uni kamroq qoʻllash yoʻlidan borilmoqda. Oʻzbekistonda yopiq drenaj tarmoqlari 1930—40-yillarda Mirzachoʻldagi tajriba melioratsiya st-yasida qurilgan. Koʻpgina afzalliklar (uzoq foydalanish, tez va qisqa fursatda sugʻorishga imkoniyat yaratishi, suvni tejash va b.)ga ega boʻlgani uchun bunday drenajlar 60-y.larda Mirzachoʻldagi qoʻriq yerlarni oʻzlashtirishda keng joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |