19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
Qishloq xo’jalik ekinlarini tuz ta’siriga chidamliligi. -
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21- VARIANT-1.Tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati.
- 2. Tuproqning strukturasi yaxshilash usullari.
3. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuz ta’siriga chidamliligi. -Qishloq xo’jaligi ekinlarining tuzga chidamliligi. Qishloq xo’jalik ekinlarining tuzga chidamliligi deganda tuproqdagi va tuproq eritmasidagi tuzlarning o’simliklarga nisbatan ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarar yetkazmaydigan miqdori tushuniladi.Turli tuproq sharoitlarida o’suvchi o’simliklarning tuzga chidamlilik darajasi bir xil emas. Ular bir qator omillarga: o’simlik turlari va biologik xossalarga, aynan o’simliklar navi, o’simliklar yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, oziqa moddalari va namlikka, ayniqsa tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bog’liq. Madaniy o’simliklar, umuman olganda sho’rga chidamsiz yoki kam chidamliligi bilan xarakterlanadi, ular ichida dukkakli ekinlar (mosh, loviya, no’xat) tuzga juda kam chidamli hisoblanadi. Ayrim o’simliklar tuzga o’ta chidamli, masalan, lavlagi (qand lavlagi, osh lavlagi, yem sifatida ishlatiladigan hashaki lavlagi), oq jo’xori. Nisbatan sho’rga chidamli ekinlarga paxta, ayniqsa uning ingichka tolali navlari (Gossipium barbadense L) o’rta tolali navlarga (Gossipium hirsitum L) nisbatan sho’rga chidamli hisoblanadi.Sho’rga chidamlilik o’simliklarning yoshiga qarab o’zgarib turadi. Tuzning o’simliklarga dastlabki ta’siri, urug’larning unib chiqishi, nihollarning o’sishi va vegetasiyaning boshlanish davrlariga to’g’ri keladi. O’simliklarning tuzga chidamliligi borasida tuproqdagi oziqa moddalarning miqdori ham ahamiyatga ega. Yuqori unumdor tuproqlarda va dalalar organik moddalar bilan o’g’itlanganda o’simliklar tuzlarning salbiy ta’siriga kamroq duchor bo’ladilar.
21- VARIANT-1.Tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati.-Tuproqning qattiq fazasi va har xil g’ovaklar egallagan hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapillyar, undan kattalarini nokapilyar g’ovaklik deyiladi. Nokapilyar g’ovaklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar g’ovakliklar ko’paysa, yani tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziqa rejimi eng qulay – 1:1 dan 1:3 gacha bo’lishligi belgilangan. Sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarning hajm massasi vegetasiya davomida haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 , mexanik tarkibi og’ir botqoq tuproqli yerlarda esa 1,7-1,9 g/sm3 atrofida bo’ladi.Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 g/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi.Tuproqning zichligiga yerni ishlash usullari, tuproq strukturasini o’zgartirish, organik o’g’itlar solish, suvning muzlashi va boshqalar tasir etadi.2. Tuproqning strukturasi yaxshilash usullari.Madaniy o’simliklar tuproqning tuzilishiga har xil talabchan bo’ladi. Ayniqsa, ildizmevalilar kartoshka, piyoz, sabzi, lavlagi, sholg’om, turp kabi ekinlar mexanik tarkibi yengilroq, yumshoq tuproqli yerlarda yaxshi o’sib rivojlanadi va yuqori hosil oliStrukturali tuproqlar yaxshi ishlanadi, suv bilan tez to’yinadi va tarkibida kerakli miqdorda suv hamda havoni saqlaydi.nadi. Mayda chang zarrachalarini bir-biri bilan yopishib, har xil, kattalikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling