19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var.2.O’simliklar hayotida atmosfera hamda tuproq havosining ahamiyati va uning kimyoviy tarkibi.-


Download 143.49 Kb.
bet62/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
шахига

20-var.2.O’simliklar hayotida atmosfera hamda tuproq havosining ahamiyati va uning kimyoviy tarkibi.-Malum vaqt ichida tuproqqa havo kirishi va uning miqdori hamda tarkibining o’zgarishi havo rejimi deyiladi. Tuproq havosi uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, har qanday tuproqda ham malum miqdorda havo bo’ladi. U tuproqning namlikdan holi bo’lgan g’ovak va bo’sh joylarini egallaydi.Tuproqdagi gazsimon havo o’simliklar hayoti uchun zarur omillardan bo’lib, o’simliklar ildizining nafas olishida va tuproqdagi har xil mikroorganizmlar hamda jonivorlarni kislorod bilan taminlaydigan manba hisoblanadi. Binobarin, o’simliklarning normal o’sishi, rivojlanishi uchun tuproqda yetarli miqdorda havo bo’lishi shart. Tuproq havosi tarkibidagi kislorod, tuproqdagi har xil mineral va organik moddalarni oksidlaydi. Natijada oksidlangan bazi bir elementlar eruvchan holatga o’tsa, ayrimlari aksincha, havo yetarli bo’lmagan tuproqda o’simliklar hayoti uchun zararli bo’lgan har xil kimyoviy birikmalar hosil qiladi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun zararli hisoblangan azot anaerob sharoitda gaz holatdagi birikmalarga o’tib, tuproqdan atmosferaga erkin holda chiqib ketadi.Tuproqda atmosferadan kirgan havo va tuproqdagi har xil kimyoviy jarayon natijasida hosil bo’lgan gazlar uchraydi. Tuproq havosida karbonat angidrid ko’paysa, undagi fiziologik jarayon aktivligi sustlashadi, o’simliklar ildizining nafas olishi qiyinlashadi, urug’larning unishi sekinlashadi, mikrobiologik faoliyat to’xtaydi. Chunki, o’simliklar karbonat angidridni o’zlashtirganda nafas olish jarayoni sodir bo’lib, bunda kislorodni ham singdiradi va malum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi.

20-var.3.Tuproq oziq rejimini boshqarish usullari-Ekinlardan mo’l va sifatli hosil olishda tuproqning oziq rejimini boshqarish va uni o’rganish katta ahamiyatga ega. Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni qo’yidagi guruhlarga bo’lish mumkin:1) Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish.2)Tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini o’zlashtiradigan holatga o’tkazish.3)Oziq moddalarni o’simliklar osono’zlashtirishi uchun sharoit yaratish.4) Tuproqdagi oziq moddalar miqdorini kamayishiga qarshi kurashish.Malumki, asosan yerga mineral o’g’itlar solish orqali tuproq oziq moddalarga boyitiladi. Ammo, yuqorida keltirilgan tadbirlar hamda tuproqda atmosfera azotining fiksasiyasi hisobiga to’planishi bevosita dehqonchilik madaniyatiga va qo’llanilayetgan agrotexnika tadbirlariga bog’liq. Yuqorida aytib o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, dehqonchilikda to’g’ri almashlab ekish tizimini joriy qilish va ekinlarni tegishli ravishda navbatlash, tuproqni azot bilan boyitadigan ekinlar ekish, shuningdek, tuproqni malum bir tizim asosida ishlash hisobiga tuproqning oziqa rejimini yaxshilash hamda o’g’itlarning samaradorligini oshirish mumkin. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qanchalik zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shunchalik zarurdir. Shuning uchun ham, ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda tuproqning oziqa rejimlarini boshqarish katta axamiyatga ega.




Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling