19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var.3-savoli.. Iqlim mintaqalari va gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari


Download 143.49 Kb.
bet64/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
шахига

45-var.3-savoli.. Iqlim mintaqalari va gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda joylashgan (3–4 m) o’rtacha va og’ir qumoq bo’z tuproqlarda g’o’za gullash fazasigacha nisbatan erta muddatlarda bir marta 800–1000 m3/ga me’yorda, yengil qumoq tuproqlarda 14–16 kun oralatib 2 marta 600–800 m3/ga me’yorlarda sug’oriladi: birinchi sug’orish o’simlikda 3–4 chinbarg paydo bo’lganda va ikkinchi sug’orish shonalash davrida o’tkaziladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan (1 m. gacha) o’tloqi tuproqlarda birinchi sug’orish muddati orqaga suriladi, ya’ni gullashga yaqin amalga oshiriladi. Og’ir qumoq bo’z-o’tloqi tuproqlarda (sizot suvlari 2 m atrofida) g’o’za gullashgacha bir marta 800–900 m3/ga, yengil qumoq tuproqlarda esa 600–700 m3/ga me’yorda sug’orilsa kifoya qiladi. Mazkur zonadagi sho’rlanmagan yerlarda g’o’zaning gullash fazasiga qadar tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 65–70%, sho’rlangan yerlarda 70–75% dan yuqorida tutib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. G’o’zani pishish davrida yengil qumoq tuproqlarda 1–2 marta 600–700 m3/ga me’yorda sug’orish lozim. Sizot suvlari chuqurda yotgan yerlarda g’o’za avgust oyining oxirida 1 marta sug’oriladi.Mintaqaning shimoliy zonasidagi sizot suvlari 3 m. dan chuqurda yotgan tuproqlarda g’o’za 2–4–1 sxemada umumiy 6100 m3/ga me’yorda 7 marta sug’orilsa, 2–3 m chuqurlikda joylashgan yengil va o’rtacha qumoq hamda soz tuproqlar sharoitida 1–4–0 sxemada 4400–5300 m3/ga umumiy me’yorda 5 marta, 0,5–1 m chuqurlikda joylashgan gidromorf tuproqlarda esa 0–3–0 va 1–2–0 sxemada 2900–3800 m3/ga umumiy me’yorda 3 marta sug’oriladi. Respublikada g’o’zani sug’orish may oyining 3- dekadasida boshlanib, avgust oyning oxirlarida tugallanadi. G’o’za gullash davrigacha 20–25 kun

46-var. 1-savol. Tuproqning madaniyligi va uni yaxshilash usullari.Madaniylashgan tuproq - deyilganda agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari, shu tufayli unda suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshi bo’lgan, ekinlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan tuproq tushuniladi. Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi. Biologik usul - bunda, tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va chirishini boshqarish, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni ekish, almashlab ekishni joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim.Kimyoviy usul - bunda, yerga har xil mineral, bakterial o’g’itlar solinadi, gips va boshqa moddalar qo’llanilib, tuproqda o’simlik oson o’zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori ko’paytiriladi. Yer ohaklanganda tuproqning kislotaligi, gipslashda esa ishqoriyligi normallashib, o’simliklarning o’sishi uchun yaxshi muhit vujudga keladi. Fizik usul – bunda, yerga fizik-mexanik tasir etilad ya’ni yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo’lishi va uning havo, issiqlik, suv va boshqa rejimlarini boshqarishda o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mayda kartalarni yiriklashtirish, yerlarning zaxini qochirish, sho’rini yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish yuzasidan o’tkaziladigan kollektor-drenaj ishlari hamda ekin ekishdan oldin va keyin olinadigan egat va jo’yaklar ham fizik usulga kiradi. Bundan tashqari mexanikaviy tarkibi og’ir tuproqli dalalarga qum sepish, yengil tuproqli uchastkalarda kalmotaj qilish (loyqa bostirish) mumkin.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling