19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-BILET 1-SAVOL JAVOBI-TUPROQNING TUZILISHI STRUKTURASI AHAMIYATI VA YAXSHILASH USULLARI


Download 143.49 Kb.
bet54/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
Bog'liq
шахига

26-BILET 1-SAVOL JAVOBI-TUPROQNING TUZILISHI STRUKTURASI AHAMIYATI VA YAXSHILASH USULLARITuproqning qattiq fazasi va har xil g’ovaklar egallagan hajmlarining nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapillyar, undan kattalarini nokapilyar g’ovaklik deyiladi. Nokapilyar g’ovaklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar g’ovakliklar ko’paysa, yani tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziqa rejimi eng qulay – 1:1 dan 1:3 gacha bo’lishligi belgilangan.Haydalma qatlam tuzilishini tuproq strukturasining joylashishi (zichligi)ni o’zgartirish yo’li bilan boshqarish mumkinligi aniqlangan. Malumki, tuproq uch qism yoki fazadan: qattiq, suyuq va havodan tashkil topgan. Qattik faza har xil mineral va organik moddalardan iborat bo’lib turli zichlikda bo’ladi. Mayda chang zarrachalarini bir-biri bilan yopishib, har xil, kattalikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo‘lishida organik modda elimlovchi vazifasini o‘taydi. CHirindi qancha ko‘p bo‘lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo‘ladi. Kesaklar yirik-maydaligiga qarab qo‘yidagilarga bo‘linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25) va mikrostruktura (diametri 0,25 mm dan kichik), mikrostruktura o‘z navbatida dag‘al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrostrukturaga (0,01 mm dan kichik) bo‘linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Suvga bo‘ktirilganda tuproq agregatlari mayda zarrachalarga bo‘linib ketsa, u strukturasiz tuproq deyiladi.

26-BILET 2-SAVOL JAVOBI QISHLOQ XÒJALIK EKINLARINI OZIQ ELEMENTLARIGA BÒLGAN TALABI Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) tuproqni oziq moddalar bilan boyitish; 2) tuproqdagi o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradigan oziq elementlarini o‘zlashtiradigan holatga o‘tkazish; 3) oziq moddalarni o‘simliklar oson o‘zlashtirishi uchun sharoit yaratish; 4) tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liqO‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling