19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


Download 143.49 Kb.
bet47/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
Bog'liq
шахига

3. ĞÒZANI suģorish rejimi-G’o’zani sug’orish rejimini iqlim, tuproq, gidrogeologik, tashkiliy-xo’jalik sharoitlar, o’simlikning biologik xususiyatlari kabi omillar belgilaydi. G’o’zani sug’orish uning suvga bo’lgan munosabatiga ko’ra o’sib rivojlanish davrlariga muvofiq amalga oshiriladi. G’o’zani gullash fazasigacha bo’lgan davrda o’simlikda 8–10 tagacha hosil shoxlari va ildiz tizimi shakllanadi. Bu jarayonni mo’tadil kechishi uning sug’orish rejimini qay darajada to’g’ri belgilanishi va ta’minlanishiga bog’liq: o’tkaziladigan sug’orishlar g’o’zani jadal o’sib ketishiga sabab bo’lmasligi, gullash fazasini o’z vaqtida boshlanishi hamda o’simlik tupining quyi yaruslaridagi hosil tugunlari va ko’saklarni deyarli to’liq saqlanishini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Sizot suvlari chuqurda joylashgan bo’z tuproqlarda g’o’za gullash-meva to’plash davrida suv bilan ta’minlanganlik mo’tadil yillari 4–5 marta, namgarchilik ko’p yillari 3–4 marta, 1 m gacha chuqurlikda yotgan yerlarda 2 marta, janubiy iqlim mintaqasida esa 4–6 marta sug’orilishi lozim.G’o’zaning pishish davri odatda avgust oyining oxiri va sentyabrning boshlarida boshlanadi. Bu davrda o’simlikning hayot faoliyati sustlashadi va shunga ko’ra uning suvga ehtiyoji ancha kamayadi. Ko’saklarning mo’tadil yetilishi uchun ushbu davrda quyidagi sug’orish rejimi qo’llaniladi: sizot suvlari chuqurda joylashgan bo’z tuproqlar sharoitida eng so’nggi sug’orish 800–900 m3/ga me’yorda 5–10 sentyabrdan kechiktirilmasdan o’tkazilishi lozim. Mashina terimiga mo’ljallangan dalalarda oxirgi suv defolyasiyadan kamida 5–10 kun avval o’tkaziladi.

2. QISHLOQ XÒJALIK EKINLARINING OZIQ ELEM. BO'LGAN TASIRI-Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.
Oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq.




Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling