19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
ALMASHLAB EKISH va uning ahamiyati -
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.XOZIRGI PAYTDAGI SUĞORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV holati
2. ALMASHLAB EKISH va uning ahamiyati -Almashlab ekish, yani dalalarga ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish, yerga organik o’g’itlar solish, yerni ekishga sifatli tayyorlash va urug’ni o’z vaqtida yuqori agrotexnika qoidalari asosida ekish, o’simliklarni o’z vaqtida parvarish qilish, tuproqning suv rejimiga foydali tasir etuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.Almashlab ekish dalalarida ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish ham yerni organik moddalar bilan boyitish, dalalarga vaqti-vaqtida qator oralari ishlanadigan ko’p yillik dukkakdosh ekinlar ekish, ulardan ko’kat o’g’it sifatida foydalanish tuproq havo rejimini yaxshilashda asosiy omillardan hisoblanadi.Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqni ohaklash, ishqoriylarni gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziqa rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Tuproqning oziqa rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlarini ekish yaxshi tasir etadi. Almashlab ekish natijasida begona o’tlar miqdori 30-50% gacha kamayadi, o’g’itlar samaradorligi 30-40% oshadi, har bir gektar ekin maydoniga sarflanayotgan suv 10-25% gacha tejaladi. Almashlab ekish ta’sirida ko’p yillik yem-xashak ekinlari botqoqlanish va sho’rlanish jarayoni ya’ni tuz to’planishini kamaytiradi, natijada ekinlarning hosildorligi 10-35% gacha oshadi. Dala almashlab ekish. Bunda umumiy maydonning yarmidan ko’pida don va texnik ekinlar ekiladi. Ular asosan bug’doy, g’o’za, zig’ir va hokoza ekinlardir. Yem-xashak almashlab ekishda umumiy ekin maydoning ko’pini yem-xashak ekinlari tashkil qiladi. Ular ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: ferma oldi va pichan tayyorlash (yaylov)
3.XOZIRGI PAYTDAGI SUĞORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV holatiYerlarni meliorativ holatini yaxshilash, sug’orish ishlarini rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa meliorativ tadbirlar dehqonchilikning madaniy saviyasini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligining iqtisodiy rivojlanishiga asosiy omil bo’ladi.Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar qishloq xo’jaligidan olinadigan umumiy mahsulotlarning 95% ini tashkil etadi.Yildan-yilga bajarilayotgan ishlarni masshtabining oshishiga qaramasdan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini ahvol katta xavotirli. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydonidan 49% i har xil darajada sho’rlangandir. Shu jumladan 18% kuchli va o’rtacha sho’rlangan yerlar, 23% dan ortiq yerlar past bonitetli darajada baholanadi1. Gidrotexnik meliorasiya- bu suv omborlari, sug’orish tarmoqlari, suv chiqarish inshoatlari va tuproq tarkibidagi sizot suvlarini chiqarib tashlash uchun kollektor-zovur tarmoqlari, selga qarshi inshoatlarni loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshiradi.2.Suv xo’jalik meliorasiya – bu zax qochirish inshoatlaridan to’g’ri foydalanish, suvdan samarali, tejab-tergab foydalanish, suv isrofgarchiligiga qarshi kurash tadbirlarni o’z ichiga oladi.3. Agromeliorasiya- bunda agrotexnik tadbirlarni o’tkzish yo’li bilan mikroiqlim, tuproq xossasi va sizot suvlari tartibi yaxshilanadi4. Biologik meliorasiya –bunga tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun turli organik moddalar solish (go’ng, lignin, maydalangan g’o’zapoya, organik chiqindilar) va beda ekini ishtirokidagi. 5.Kimyoviy meliorasiya – bunda kimyoviy birikmalar qo’shish yo’li bilan noqulay tuproq xossalari yaxshilanadi. Sho’rtob tuproqlarni ohaklash, gipslash.. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling