Ijtimoiy menejment strategiyasining motivatsion


Download 34.32 Kb.
bet1/3
Sana15.01.2023
Hajmi34.32 Kb.
#1094141
  1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy menejmentning mativatsion resursi

. IJTIMOIY MENEJMENT STRATEGIYASINING MOTIVATSION


RESURSI


REJA:



    1. Motivatsion faoliyat tushunchasi

    2. Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari

    3. Motivatsion resurslardan foydalanishning O’zbekistondagi ahvoli



Motivatsion faoliyat tushunchasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chi qarishni tabiiy rivojlantirish imkoniyati bo’lmaganligi sababli ijtimoiy chora-tadbirlardan keng foydalanish talab etiladi.


Ishlab chiqarish va jamiyatning butun intellektual imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlikning yo’qligi o’tish davrining eng katta muammolaridan biridir. Bu holat esa, jamiyatning zamonaviy bozordan uzoqlashtirmoqda. Ishlab chiqarish vosita- larini kollektiv va aralash mulkchilik tasarrufiga o’tkazish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bu o’z navbatida «yashirin» iqtisod uchun katta to’siq bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga soliq tizimining mukammal emasligi ham sabab bo’lmoqda. Juda ko’p holatlarda qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtai nazaridan qabul qilinmaydi. Ko’pgina tadbirkor rahbarlar qonunda belgilangan hususiy, kollektiv, aralash mulkka asoslangan imtiyozlardan o’z maqomini har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq muddat foydalanmoqda.
Ishlab chiqarish rivoji uchun huquqiy asoslar bo’lishi kerak. Qonunchilikdagi ma’lum bir kamchiliklar sababli davlat mulkiga asoslangan korxonalar boshqalarga nisbatan murakkab ahvolga tushib qoldi. Odamlarning ko’pchiligi rivojlanish uchun boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik usulidan foydalanishni taklif etishadi. Lekin, ma’muriy buyruqbozlik usuli tartib intizomni kuchaytirgani bilan unda iqtisodiy manfaatdorlik yo’q.
Mamlakatning sanoat ishlab chiqarish sohasi boshqaruv sub’ektlari tomonidan iqtisodiy nochor ahvolga keltirilgan. Iqtisodiy rivojlanish uchun ijtimoiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini tiklash zarur.
Bu masalani echishning yagona yo’li, g’arbda keng qo’llani-ladigan innovatsion ijtimoiy texnologiyalarni qo’llash. Masalan: «Natija bo’yicha» universal texnologiya odamlarning turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy tizimlarni tashkillashtirish darajasini yuksaltirish orqali halqni intellektual va jismoniy rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan»1.
Bu nazariyaning asosiy printsiplari va texnologik ta’mi-noti Rossiya sanoat sotsiologlari tomonidan ishlab chiqilgan lekin amalda tadbiq qilinmagan.
Bu nazariyaning asosiy maqsadlari uning asosiy resurs-laridan kelib chiqqan holda belgilanadi:
ishchilarning ijodiy potentsiali; rahbarga bo’lgan talablar;
har bir a’zoning natija uchun kurashishi;
erkin tanlash jarayonida ijodiy imkoniyatlarni qo’llash.
Ishga bo’lgan ijodiy stimul yaratish bu jamiyatga qilingan hayriya yoki
«modda» emas, balki ijtimoiy faktorning mehnatga ta’sir darajasini ortib borishi bilan bog’liq qadamdir. Bu sohadagi qoloqlik davlatning dunyo bozoridagi o’rnida juda tez o’z aksini topadi. Bu holat mamlakatning jahon bozorida o’z mavqeini yo’qotish, informatsion va texnik tobeinligini oshirishga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda, jamiyat tez rivojlanishi uchun, mulkga odamlarni birgalikda egalik qilishni ta’minlash orqali ularning mehnatga bo’lgan munosabatini o’zgartirish va tovarlar sifatini oshirish kerak. Bu esa o’z navbatida yangiliklarni tezroq joriy etilish imkonini beradi.
Mamlakatni rivojlantirishning yangi texnologiyasi jahon va mahalliy tajribaga asoslangan holda yaratilgan. Bu texno-logiyaning asosiy printsipi mehnat kollektivlarining mustaqil-ligini ta’minlash orqali ularni ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egalariga aylantirish. Mehnat kollektivlarining musta-
qilligi huquqiy ta’minlangan bo’lishi kerak.
Sobiq Ittifoqdagi iqtisodiy islohotlarni inqirozga uchrashining asosiy sababi ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan hukumatning korxonalariga mustaqil xo’jalik yuritishga imkon bermaganligidir. Kolxoz va sovxozlarni isloh qilish yo’llari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning asosiy maqsadi, erni o’z egasiga berishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishni hususiylashtirish tabiiy ravishda mahalliy o’z-o’zini boshqarish tizimiga ham ta’sir ko’rsatadi. Hududiy korporativ mulkchilikni shakllantirish mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini yaratadi, ya’ni xalqning o’zi turli yig’in referendumlarda qaysi boshqaruv organi, qanday masalalarni hal etishini belgilaydi. Aynan shu omil asosida, mahalliy moliyaviy struktura tashkil topadi, ya’ni moliyaviy zahiralar chet-eldagi banklarga emas, balki raqobat-bardosh tovarlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishga jalb etiladi.
Yuqorida keltirilgan barcha iqtisodiy choralar jamiyatda ishchi, mulkdor, tadbirkor kabi mehnatga layoqatli o’rta qatlamni yaratishga qaratilgandir. Bu esa o’z navbatida ichki bozorni rivojlantirishning asosiy mezonidir.
Mehnat va tabiat resurslaridan samarali foydalanish jamiyatdagi ahvolni
tubdan o’zgartirish imkonini beradi, ya’ni aholi turmush darajasini oshirish va xavsizligini ta’minlashga turtki bo’ladi. Mehnat jamoalari, mahalliy birlashmalarning daromad manbaining bo’lishi va moliyaviy resurslarning to’planishi turli hududlarning intellektual potentsialidan to’laroq foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun ham, jamoalardagi o’z-o’zini boshqarish to’laligicha ma’muriyat zimmasiga yuklatilgandir.
Bu muammo dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda davlat mulkining bir qismini bosqichma-bosqich korporativ mulkka aylantirish orqali o’z echimini topishi mumkin. Davlat mulkini korporativ mulkka aylantirish oldingi iqtisodiy islohotlar davrida ham, keyingi xususiylashtirish jarayonida ham talab darajasida amalga oshirilmadi.
Mulkchilikning ijara ko’rinishi korporativ mulkga o’tish-ning iqtisodiy asosi hisoblanadi. Ijara qishloq xo’jaligida juda samarali qo’llanilmoqda. Unda mehnat jamoasi davlatdan er va ishlab chiqarish vositalarini ijaraga oladi. Ijaraga oluvchi xo’jalik sub’ekti mulkni iqtisodiy mas’uliyat evaziga mustaqil tasarruf etish huquqiga ega. Ijaraga olish tajribasiga ega xo’jalik sub’ektlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda faolroq va ildamroq qatnashishmoqda. Bunday holat nafaqat markaz bilan pereferiyalar o’rtasidagi munosabatlarni, balki boshqaruv tizimini tubdan o’zgartiradi, ya’ni boshqaruvda ma’muriy buyruqbozlik usulidan asta-sekin voz kechish imkonini beradi. Bu esa markaziy boshqaruv organlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilashni taqozo etadi. Buning natijasida jamiyatning siyosiy holatida ham tub o’zgarishlar yuz beradi, ya’ni huquq va majburiyatlar yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga belgilanadi.
Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy asos-siz hech qaysi davlat rivojlana olmaydi. Bu holat ayniqsa Sobik Ittifoq davlatlariga xosdir. Buning uchun har bir aholi punktidan markazgacha bo’lgan boshqaruv organlarining o’zaro munosabatlari tizimini o’zgartirish talab etiladi. Hududiy viloyat boshqaruv organlarining vakillari mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining roziligi bilan tashkil etilishi kerak. Hududiy boshqaruv apparati tuman, shaxar vakillar kengashi belgilagan vazifalarini bajarishi kerak. O’z navbatida vakillar kengashi esa mehnat birlashmalari tomonidan tartibga solinishi kerak.
Boshqaruv quyidan yuqoriga bo’lganda, uning har bir bo’g’inining faoliyati ma’lum organlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa ularning aholi oldidagi mas’uliyatini oshiradi. Farb munitsipal menejmenti tajribasiga ko’ra mahalliy mehnat birlashmalarining boshqaruv apparati mahsus shartnoma asosida boshqaruvchi mutaxassislar tarkibidan tashkil topadi. Boshqaruv apparatining o’zgarishi boshqaruvchilarga o’z mutaxasisliklari bo’yicha boshqa bo’g’inda o’z faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradi. Bu esa boshqaruv apparati a’zosi bo’lishga bo’lgan intilishni ma’lum darajada pasaytiradi.
Yuqorida boshqaruv munosabatlarining byurokratiya, pora-xo’rlik, korruptsiya, mas’uliyatsizlik kabi unsurlariga barham berishga qaratilgan zamonaviy mexanizmi ko’rib chiqildi.



Download 34.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling