Ijtimoiy menejment strategiyasining motivatsion
Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari
Download 34.32 Kb.
|
Ijtimoiy menejmentning mativatsion resursi
Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalariInnovatsiya muhitini yaratish texnologiyalari ikki bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich-ob’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi, ya’ni iqtisodiy o’zgarishlarni. Ikkinchi bosqich - odamlarni fikrlash doirasini o’zgarti-rish, boshqarishning innovatsion maqsadlarini belgilash kabi sub’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Bu ikki bosqich o’zaro uzviy bog’liq va shu bilan birga nisbatan mustaqildir. Innovatsion texnologiyalar juda tez sur’atlarda ishlab chiqilishi mumkin, lekin bu ikki bosqichning amalga oshish muddatlari o’rtasidagi farqning ortib ketishi yangi g’oyalarning talab qilinmay qolib ketishiga sabab bo’ladi. Bu muammoni baholash shuni ko’rsatadiki, yangi g’oyalarning talab qilinmasdan qolib ketish darajasi juda yuqori. Bu holat ayniqsa, Sobiq Ittifoq davlatlari va Rossiyada juda ayanchli ahvolda. Fan va intellektual qobiliyatning himoyalanmaganligi siyosiy boshqaruvchilarga noto’g’ri qarorlarini o’z vaqtida to’g’irlash imkonini bermaydi. Bu esa qarorlarni qabul qilishda mas’uliyatsizlikni vujudga keltiradi va mansabdor shaxslarning malakasiz va loqayd bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday holat bilimli boshqaruvdan mahrum bo’lgan jamiyatga juda qimmatga tushishi mumkin, chunki bunday jamiyat o’z maqsadiga turli inqirozlar va qonli to’qnashuvlar orqali erishishi mumkin. Barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim, sog’liqni-saqlash va ijtimoiy himoyaning uzoq muddatli dasturlariga ega. Bu dasturlar iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan: masalan, AQShning bir yillik ijtimoiy soha xarajatlari trillion dollar atrofida. AQShda mingdan ortiq uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqarilgan. Bu dasturlarning bajarilishi ijtimoiy sohada katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 1979 yil Yaponiyada «jamiyat ravnaqining yapon modeli» ni qurish uchun etti yillik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Industrial davlatlarda rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha yo’llanmalari bo’ycha mikro va makro darajada amalga oshiriladi. Masalan, faqatgina Yevropa Ittifoqi davlatlarida energiyani tejashga qaratilgan 600 dan ortiq dastur amal qilmoqda. Bu va boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda resurslarni tejash siyosati amalga oshirilmoqda. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, hukumat resurs tejashning hukukiy yoki ma’muriy usullaridan foydlanadi. Mamlakatda resurslardan oqilona foydalanmaslikning sababi, davlat dasturi emas, balki uni amalga oshirish mexanizmlarining byurokratlashganligi va markazlashganligidir, ba’zi hollarda xo’jalik mexanizmining o’rniga ma’muriy tartibga solish usullari qo’llanilgan. Markaziy boshqaruv organlarining noto’g’ri rejalashtirishi natijasida yuzlab milliard so’m miqdoridagi moddiy-texnik, valyuta va tabiiy resurslar noto’g’ri sarflangan. Download 34.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling