19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
-var 1-savol. Tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59-var.1-savol. Tuproq unumdorligi va uning turlari.
58-var 1-savol. Tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari.Tuproqning suvga bo’lgan talabini ifodalovchi xususiyatlarining barchasi tuproqning suv xossalarini tashkil etadi. Tuproqning asosiy suv xossalari-nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’tarish kobiliyati (kapillyarligi), tuproqning suv bug’latish xususiyati va boshqalardir. Tuproqning nam sig’imi. Tuproqning malum miqdorda o’ziga suv singdirish va ushlab turish qobiliyati uning nam sig’imi deyiladi. Tuproqning nam sig’imi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to’lik nam sig’imlariga bo’linadi. Maksimal gigroskopik nam sig’imi deyilganda - tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida uning sirtida ushlanib turgan suv miqdori tushuniladi. Kapillyar nam sig’imi. Tuproqning kapillyar kovaklarida ushlanib turgan suv miqdori tushiniladi. Kapillyar nam sig’imi kapillyar g’ovaklar hajmiga va kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bog’liq bo’ladi. To’liq nam sig’imi. Tuproqning kapillyar va nokapillyar kovaklari va hamma bushliqlari tamomila suv bilan tuyingan holdagi namlikka aytiladi. To’liq nam sig’imi tuproqning maksimal suv sig’imini ifodalaydi va kuchli yog’inda yoki yer meyoridan ortiq bostirib sug’orilganda, suvning biror tomonga sizib ketishi qiyinlashganda yoki umuman suv chetga chiqib ketmaganda vujudga keladi. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida dala nam sig’imini bilish katta ahamiyatga ega, chunki ekinlarni sug’orish meyori ana shu nam sig’imiga nisbatan aniqlanadi. Tuproqdagi kovakliklarning o’lchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7, qumlik tuproqlarda 2,5-3,0 m, og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi.
59-var.1-savol. Tuproq unumdorligi va uning turlari.Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog’liqdir. Tuproq unumdorligi deganda o’simlikni butun (vegetasiya) o’suv davri davomida suv va oziq elementlari bilan taminlash xususiyati tushuniladi. Ana shu xususiyatiga ko’ra tuproq tabiiy jinslar, toshlar, qum va boshqalardan keskin farq qiladi. Inson tuproqning unumdorlik xususiyatidan mutassil foydalanadi va ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida uning tarkibiy o’zgarishlariga tasir qiladi.Qishloq xo’jaligining barcha sohalarni rivojlanishi tuproqning unumdorligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham, tuproq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi va tuproq unumdorligi haqida g’amxurlik qilish qishloq xo’jalik bilan bog’liq barcha kishilarning kundalik vazifasidir. Tuproq unumdorligi yerga oqilona tasir etganda yaxshilanib boradi, noto’g’ri ishlov berilganda esa aksincha, pasayib boradi. Tuproq unumdorligi tabiiy va suniy turlarga bo’linadi. Tabiiy unumdorlik tabiiy omillar tasirida paydo bo’ladi. Suniy yoki samarali unumdorlik inson faoliyati ishtirokida hosil bo’ladi va u tuproqda inson tomonidan oziq elementlarining ko’paytirilishiga, suv bilan taminlanishiga, tuproq fizik xossala-rining yaxshilanishiga bog’liq. Binobarin, tuproq unumdorligi ijtimoiy, iqtisodiy tuzumga, ilm-fanning, texnika taraqqiyotining, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir.Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishning ilmiy asosda tashkil etishi, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling